69
14.3.Yumshoq va qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda
xavfsizlik qoidalari
Kavshar tayyorlashda rezina qulqoplar va himoya kuzoynaklaridan
foydalanish kerak.
Kavsharlash lampasi qo`llanilganda quyidagilar man qilinadi: idishidan
yoki birikmalaridan yonilg`i silqiydigan lampalardan (foydalanish; lampaga
olov yaqinida va gorelka sovib ulgurmaganida snilg`i tuldirish; kerosinda
ishlaydigan lampani benzin bilan to`ldirish (bu portlashga va yong`in chiqishiga
sabab bo`lishi mumkin); yonib turgan lampaga kerosin quyish; kosacha chetiga
qadar to`ldirib
denaturat quyish; idishga haddan tashqari ko`p havo haydash,
lampani quradan va boshqa olov manbalaridan o`t oldirish; lampani ochiqolov
yoki qizib cho`g` bo`lgan
buyumlar yonida ushlab turish; forsunkan i tozalash
uchun lampadagi bosimni oshirish (bunda portlash yuz berishi mumkin).
Yong`inning oldini olish maqsadida yaqiniga metall yoki g`isht ekran
qo`yiladi.
Lampa bilan oson alangalanuvchan materiallar orasidagi masofa kamida 5
m bo`lishi kerak.
Yong`in chiqqan hollarda foydalanish uchun ish o`rni yaqinida quruqqum
saklanishi lozim.
Ish tugagach, gorelkadan yonilg`i chiqishiga to`liq chek qo`yuvchi rostlash
murvati yopilgandan keyingina lampani o`chirish mumkin.
Lampa o`chirilib, gorelka soviganidan keyingina idishdan havo
chiqaruvchi
murvat
yerdamida
havoni
chiqarib
yuborishga
yo`l
qo`yiladi.
Kavsharlagich bilan ishlashda:
o`ta qizigan kavsharlagichni suyuklik bilan sovitmaslik kerak;
kavsharlanishiga
qadar
alangalanuvchan
materiallar
oldindan
tozalamasdan va yuvib tashlamasdan hamda oson
alangalanuvchan materiallar
yaqinida, mahalliy havo so`rish yo`kligida kavsharlash ishlarini olib borish man
qilinadi;
ish tugagach, qo`llarni yaxshilab sovunlab yuvish kerak.
Kislotalardan foydalanishda:
Kislotalar
yoki
eritmalar
bilan
ish
boshlashdan
oldin
vannalardagi shamollatish qurilmalari va yogoch panjaralar sozligini
tekshirish kerak (shamollatmasdan ishlash taqiklanadi);
-xurushlash eritmalarini tayyorlashda faqat sovuq eritmalarnigina
aralashtirish zarur;
-xlorid va sulfat kislotalar tiqinlari ishqalab moslangan shisha
idishlarda sakdanishi kerak. Mexanik shikastlanishlardan
himoyalash
maqsadida
idish
yumshoq
narsa
to`shalgan
to`qima
savatga
joylashtiriladi;
-yog`sizlantiriladigan eritmalar tayyorlashda kaustik sodani faqat sovuq
suvga qo`shish zarur; uni issiq suvga qo`shish taqiklanadi;
-kuyib qolmaslik uchun suvni kislotaga quyish man qilinadi,
chunki bunda shiddatli reaksiya yuz berib, kislota sachraydi.
Kislotani
70
suvga ingichka okimcha tarzida quyish va eritmani shisha tayoqcha bilan;
aralashtirib turish kerak;
-qalay - qo`rg`oshin qotishmalari va kislotalar bilan ishlagandan keyin
qo`llarni yaxshilab yuvish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: