Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida umumiy ma’lumot
Aholisi soni
1 817,5 (shahar aholisi – 888,3, qishloq aholisi –
914,1) ming kishi
Yer maydoni
166,6 ming km.kv.
Ma’muriy
-hududiy bo‘linishi
14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124
fuqarolar yig‘ini
Markazi
Nukus shaxri
Chegaralari
Qozog‘iston
Respublikaci,
Turkmaniston
Respublikaci, Xorazm viloyati, Navoiy viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida,
Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Shimoldan
va g‘arbdan Qozog‘iston Respublikasi, janubdan Turkmaniston Respublikasi,
sharqdan O‘zbekistonning Navoiy viloyati va janubiy-sharqdan Xorazm viloyati
bilan chegaradosh.
Qoraqalpog‘iston umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat.
Respublikaning aholisi 01.01.2017y holatiga 1 million 817 ming kishidan ziyoddir.
Respublikada 14 (Amudaryo, Beruniy, Qorao‘zak, Kegayli, Qo‘ng‘irot,
Qonliko‘l, Muynoq, Nukus, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Sho‘manoy,
Ellikqal’a) tuman va Nukus shahri, 386 ta MFY va OFY lari mavjud. Respublikaning
oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan
tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga
Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, yirik
konsyern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining tarkibiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi poytaxti - Toshkent
207
shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston
Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘istonning poytaxti Nukus shahrida yirik sanoat korxonalari,
banklar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya,
YOzuvchilar, Kompozitorlar, Arxitektorlar uyushmalarining bo‘lim va filiallari, teatr
va muzeylar, kinostudiya, ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2003 yilda Nukus shahri mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan katta hissasi, iqtisodiy-
ijtimoiy hayotning ko‘plab sohalarida qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlari hamda
millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan “Do‘stlik” ordeni bilan
mukofotlandi.
Mintaqada sanoat, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,
savdo, xizmat ko‘rsatish, san’at, sport kabi sohalar izchil rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |