@TDIU_ARM
188
namat, atlas, chopon, do‘ppi mahsulotlari hamda gazlamaga gul bosish hajmiga ko‘ra
uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarish O‘zbekistonda Farg‘ona mintaqasidan keyin
ikkinchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shu bilan birga mintaqada
hunarmandchilikning qator soha va tarmoqlarini bo‘sh rivojlanganligi yaqqol ko‘zga
tashlanadi chunonchi uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda charmdo‘zlik, egar-jabdug‘
anjomlari yasash, zargarlik, pichoqchilik, kondakorlik, temirchilik, tunikasozlik kabi
hunarmandchilik sohalari bo‘sh rivojlangan. Umuman olganda, Zarafshon mintaqasi
hunarmandchilik sohasining rivojlanganlik darajasiga binoan O‘zbekistonda barqaror
uchinchi o‘rinni egallaydi. Lekin ikkinchi o‘rinni egallab turgan Toshkent
mintaqasidan 7 punktga orqada qolgan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rindagi Quyi Amudaryo
mintaqasidan uning ustunligi 9,3 punktga ega.
Mirzacho‘l va Janubiy mintaqalarni hunarmandchilik bo‘yicha mamlakatdagi
mavqelari ancha past, mos holda 0,9 va 0,6 % bilan belgilanadi. Lekin shunga
qaramasdan ikkala mintaqada ham nisbatan yaxshi rivojlangan hunarmandchilik
sohalari mavjud. Shundaylar qatoriga Mirzacho‘l va Janubiy mintaqalarda
pichoqchilik, kandakorlik, temirchilik, tunikasozlik, yog‘och o‘ymakorligi,
yog‘ochga bezak berish, sandiqchilik, beshikchilik, milliy cholg‘u asboblari yasash,
eshik-rom yasash, mebelchilik kabi sohalar tashkil etmoqda.
Hunarmandchilikning hududiy tarkibini o‘rganganda uni tashkil bo‘lishida
ustun ahamiyat kasb etuvchi omillarni ko‘rsatish zarur. Shular qatoriga joyning
ijtimoiy-geografik o‘rni, uni jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, xalq mentaliteti
va boshqa shu kabilar kiradi.
O‘
zbekiston hududi qadimgi Movaraunahr sivilizatsiyasining markazida va
Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan. Mana shu holat O‘zbekistonda
hunarmandchilikning rivojlanishi darajasini, uning tarmoqlari tarkibini belgilab
beradi.
Farg‘ona mintaqasi milliy hunarmandchilikda o‘ziga xos mintaqa hisoblanadi.
Milliy hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda Andijon va Farg‘ona
viloyatlari yetakchilik qilishiga qaramay Namangan viloyati milliy hunarmandchilik
mahsulotlari ishlab chiqarish turiga ko‘ra mintaqada yetakchi maqomga ega.
189
Chust o‘zining pichoqchiligi, kulolchilik va yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha
viloyatda alohida maqomga ega bo‘lsa, Namangan shahrining o‘zida xalq cholg‘u
asboblari, so‘zana to‘qish, kulolchilik, do‘ppi tikish, shoyi va atlas to‘qish,
Shningdek, yog‘och o‘ymakorligi va yog‘och buyumlari yasash bo‘yicha mintaqada
o‘
ziga xos o‘rin tutadi.
Mintaqaning Andijon viloyati Andijon shahrida do‘ppi tikish, kulolchilik,
gilam to‘qish, so‘zana to‘qish va metal buyumlar yasashda; Shahrixonda
pichoqchilik, teriga badiiy ishlov berish, shoyi va atlas to‘qish, do‘ppi tikish kabi
hunarmandchilik mashg‘ulotlari ommaviylashgan.
Farg‘ona viloyatida hunarmandchilik eng rivojlangan shahar bu Marg‘ilon
bo‘lib, unda mischilangarlik, kulolchilik, gilam to‘qish, do‘ppi tikish, shoyi va atlas
to‘qish, so‘zana to‘qish va Farg‘ona shahrida qisman pichoqchilik kabi
hunarmandchilik ishlab chiqarishi shakllangan.
Bunda mamlakatda mavjud hududlarning ijtimoiy-geografik o‘rni, ya’ni
ularni
yashash va turmush kechirish uchun qulay bo‘lgan voha
va vodiylarda joylashganligi,
Shu bilan birga cho‘l-yaylov, tog‘ oldi va tog‘ hududlarida ham yangi aholi
manzillarining vujudga kelganligi kabi xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda xohlagan hunarmandchilik markazini olib qaraganda, uni “Ipak
yo‘liga”, sivilizatsiyaga aloqador ekanligini bilish mumkin. Lekin
ana shunday
mintaqalarning ichida ham o‘ziga xos “lider” shaharlarning mavjudligi e’tiborga
molik bir holatdir. Chunki, Farg‘ona vodiysida bunday “Lider”lar
qatorida Andijon,
Farg‘ona yoki Namangan shaharlari emas, balki boshqa Shahrixon, Asaka
shaharlarining yetakchilik qilishi qandaydir bir kutilmagan holatdek tuyuladi. Lekin,
aslida vodiy ushbu markazlarning ijtimoiy-geografik o‘rni, demografik salohiyati,
band aholining tarkibi kabi omillar bilan asoslanishi mumkin.
O‘
zbekistonda yuqorida aytib o‘tilgandek, hunarmandchilik keng amaldagi
barcha tarmoqlari mavjud. Lekin ularning rivojlanganlik holati va darajasi bir-biridan
keskin farq qiladi. Bunda “Talab
-taklif” kategoriyalari bilan birga mintaqada bo‘lib
o‘
tgan chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, iqtisodiy islohotlar muhim rol o‘ynab
kelmoqda.
@TDIU_ARM
190
Ota-bobolarining an’analarini davom ettirayotgan Marg‘ilon shahar kosib
hunarmandlari milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini
rivojlantirishga
munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. “Hunarmand” uyushmasi va “Yodgorlik”
firmasida ko‘plab mohir ustalar mehnat qilmoqdalar. “Ustoz-shogird” maktablarida
mehr bilan kasb-kor o‘rgatilmoqda, Marg‘ilon atlaslari, adraslari, ipak gilamlari,
zargarlik va misgarlik buyumlari jahon ko‘rgazmalarida namoyish etilmoqda.
Marg‘ilon shahrida har yili hunarmandlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning
an’anaviy ko‘
rik tanlovlari o‘tkazilmoqda. Hozirgi davrda ham Marg‘ilonning usta
hunarmandlari ajdodlar an’anasini davom ettirib, sifatli,
nafis shoyi gazlamalar va
atlaslari bilan jahon bozoriga chiqmoqdalar. Ulardan mohir atlaschi Turg‘unboy
Mirzahmedov, chitgar Solijon Ahmadaliev, zargar Abduhamid Abdujabborovlar
BMTning “Xalqaro usta” unvoniga sazovor bo‘
ldilar.
Muqaddas ziyoratgohlar har bir xalqning tarixi va urf-odatlari, diniy qarashlari
hamda milliy ruhiyatini, azaliy orzu armonlarini o‘zida mujassam etadi. Binobarin,
mamlakatda yuz bergan urushlar, qonli to‘qnashuvlar, tabiiy ofatlar, ijtimoiy-
iqtisodiy to‘qnashuvlar yoxud shaxsiy oilaviy muosabatlarni boshidan kechirayotgan
davrlarda, insonlar uchun muqaddas ziyoratgohlar boshpana vazifasini ham bajarib
kelgan.
Muqaddas joylarni ziyorat qilish va shu asnoda diniy peshvolar va xalqning
ishonchini qozonish har davrda ham hukmron sulolalar tashqi va ichki siyosatining
muhim belgilaridan biri bo‘lib kelgan. Asrlar o‘tgan sari mazorlar haqida
tushunchalar kishilar ongida muqaddas joy sifatida shakllanib, tabiat yodgorliklari,
ko‘hna manzilgohlar, arxeologik va madaniy me’moriy obidalar muqaddas
ziyoratgohlar sifatida e’zozlanib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: