MUHOKAMA VA TAHLILLAR
Abu Mansur Moturidiy shaxs ma’naviyati va unga ta’sir etuvchi omillar hamda
ularning diniy
-
falsafiy jihatlarini bir qancha yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganadi.
Inson erkinligi masalasi.
Abu Mansur Moturidiy, eng avvalo, insonlarning
xatti
-
harakatlarini ontologik jihatdan aniq haqiqat sifatida qabul qiladi va bu fikrni
asoslashga harakat qiladi.
Uning fikricha, har bir inson o‘z harakatlarining haq
iqiy
egasidir. Insonning o‘z xatti
-
harakatlarining mutlaq sohibi ekanligi, ham aqlan, ham
ruhan erkinligi Qur’on oyatlari bilan ochiq
-
oydin ma’lum qilingandur. Shu
56
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat
-
yengilmas kuch”, T.: “Ma’naviyat” nashriyoti 2008 y. 39
-bet
57
F.Mu
hammadiyev “Mutafakkirlar”, “Movarounnahr” nashriyoti T; 2011, 45b
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
331
w
www.oriens.uz
May
2022
haqiqatdan kelib chiqib, Alloh taolo insonlarga o‘zining imkoniyatlari doirasida
ma’lum bir vazifa va mas’uliyatlarni yuklagan. Buning natijasi o‘laroq, bajarilgan
yoki tark etilgan xatti
-
harakatlar evaziga jazo va ajrlarni marhamat etgan. Inson
muayyan harakat va faoliyatni amalga oshirishi uchun unga harakatdan oldin amalda
ma’lum bir kuch va q
udrat berilgan. Insonning harakatlari unga berilgan shu kuch
-
qudrat va uni amalga oshirishga undovchi shaxs irodasining natijasidir. Bu jarayon
inson harakatlarining asosi va uning zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatlarining
majmuidir. Bular bilan inson ma’lum bir harakatga yuzlanib, o‘z ixtiyori bilan uni
tanlaydi va amalga oshiradi. Bandaning barcha yaxshi yoki yomon amallarini yaratish
Alloh taoloning qudrati bilan bo‘ladi. Demak, insonning xatti
-
harakatlarida ikki jihat
bor: insonning roli va Allohning qud
rati. Abu Mansur Moturidiy, bu masalada oʻz
davriga qadar ilgari surilgan taqdirni inkor etish va majburlash gʻoyasini qabul
qilganlarning qarashlarini butkul rad etib, amallar ham insonga, ham Allohga tegishli
ekanligini taʼkidlaydi. Mazkur masalaning yec
himi sifatida u yangicha bir fikrni
ilgari suradi. Abu Mansur Moturidiyning qarashlariga ko'ra, ma’lum bir harakatga
murojaat qilish, uni tanlash hamda o’z xohish va irodasi doirasida bajarish insonning
shaxsiy ishi. Har bir narsaning yaratuvchisi bo‘lgan
Alloh, insonning harakatini ham
yaratuvchisidir. Demak, ijod nuqtai nazaridan harakatga ta’sir etuvchi kuch Allohga
tegishlidir. Boshqacha qilib aytganda, harakat amalga oshirilish jihati bo‘yicha
insonga, yaratilish xususiyati bo‘yicha Allohga tegishlidir
. Inson ruhiyatidagi bu
sheriklik alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan hamda mas’uliyatni bartaraf etmaydigan
hamkorlikdir.
Shaxs etikasi tahlili. Narsalarning go‘zalligi yoki xunukligini shuningdek,
foydali yoki zarar ekanligini umuman aql tamoyillari bilan tushunish mumkin. Biroq,
aql ularni barcha jihatlari va tafsilotlari bilan aniqlay olmaydi. Chuqur izlanish va
tafakkurdan so‘ng bilishi yoki payg‘ambarning xabari orqali bilishi mumkin.
Shariatning bu boradagi bayonoti ta’kid va tasdiqdir. Shariat ham b
iror narsani
yaxshiligi uchun buyurib, yomon va zararli bo‘lgani uchun uni harom qiladi. Din bu
borada aql bilan birlashgan. Qolaversa, axloqiy tuyg‘u insonga xos bo‘lib, inson
tabiatan axloqiy mavjudotdir. Ba’zi narsalarning go‘zalligi va ba’zi narsalarni
ng
xunukligi tabiatan aqlda aniq namoyon bo‘lganligi sababli, aql ularni idrok etadi,
tahlil qiladi, muayyan harakatga undaydi yoki qaytaradi. Masalan, mavjud
ne’matlarga shukr qilishning haqiqati, adolatning go‘zalligi, noshukurlikning
xunukligi, zulm va
yolg‘onning chirkin illat ekanligi va xokazo. Faqat aql oxiratda
mukofot yoki jazolanadigan halol yoki harom amal qilish huquqiga ega emas, bu
hokimiyat Allohnikidir. Demak, aql ilmi oxirat uchun jazo va ajr miqdorini belgilay
Do'stlaringiz bilan baham: |