Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini 2014-yil 11-mart oyida qabul qilingan.
Ushbu Qonunning maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishini ta’minlash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olish huquqining kafolatlarini ta’minlash;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’uliyatini oshirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish tartibini belgilash.3
Bu qonunda ya’ni Davlat organlari va tashkilotlatini ochiq ishlashi quyidagicha bo’lishi mumkin ya’ni davlat tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkunligi,uning uz vaqtida berilishi va ishonchliligi hamda ularning faoliyati oshkoraligi,davlat organlari va tashkilotlari haqida ma’lumot ,axbarotlar qidirish,ularni olish va tarqatish erkinligi, davlat tomonidan qabul qilinayotgan,o’zgartirilayotgan yoki qo’shimchalar kiritalayotgan qonunlar haqida axbarot, davlat tomonidan o’tkazilayotgan seminarlar,uchrashuvlar,kengashlar,konfrensiyalar haqida ma’lumotlar. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborot ro‘yxatini ushbu qonunda ko’rsatilganidek tatbiq etadi.Yaqinda davlat boshqaruv organlari va tashkilotlar faoliyatini ochiqligi to’g’risida president farmoni qabul qilindi.unda quyidagilar takidalandi.”O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni” Agentlikning davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash borasidagi vazifalarini belgilash maqsadida:
a) Agentlik zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan ma’lumotlarni Internet tarmog‘iga joylashtirish (e’lon qilish) bo‘yicha majburiyatlari hisobini yuritish;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko‘maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlaridan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqarish;
Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini uzluksiz to‘ldirish, takomillashtirib borish va yangilab borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilariga “davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi” madaniyatini singdirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar xalq oldida hisobdorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish;
b) Agentlik tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash boshqarmasi tashkil etilsin;
v) Agentlik:
davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarni muntazam ravishda buzayotgan aybdor mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
har yili faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha erishgan asosiy yutuqlar hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan kamchiliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot tayyorlasin va o‘z rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilib borsin;
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun amalga oshirilishi ustidan nazoratni, shuningdek, Jahon odil sudlov loyihasining “Hukumatning ochiqligi” indikatori bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilsin.4
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqga xizmat qilishi kerak” Albatta xalq davlat organlariga emas, davlat xalqqa xizmat qilish kerak.Bu asosiy qonunimizda belgilangan O’zbekistion Respublikasini konstitutsiyasining 2-moddasida ko’rsatilgan “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqorolar oldida mas’uldirlar”. Davlat so’ziga e’tibor bersak –bu muayyan bir hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilotdir, ya’ni bo’ysinuvchi va buo’ysindiruchilardan iboratdir.Davlat bu jamiyat degani ham dir, ko’pgina rivojlangan,ravnaq topgan, o’z o’rniga ega davlatlarda xalq manfaatlari birinchi navbatda turadi.Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joylarda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari aholi murojaatlari bilan ishlashda rasmiyatchilik, sansolarlik kabi illatlarni bartaraf etishga xizmat qilib, yillar mobaynida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklarni samarali hal etish imkonini bermoqda.
i
i1 SH.A.Saydullayev Davlat huquq nazariyasi T.: TDYU ,2020 Bet-83
2 X.T.Odilqoriyev Davlat huquq nazariyasi T.: Adolat,2021 bet-118
3 https://lex.uz Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligi to’g’risida
4 https://lex.uz O’zbekiston Respublikasini 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni
Do'stlaringiz bilan baham: |