7.2.Shnekli inaktivator
Namlash va isitish bir va ikki shnekli namlash-isitish qurilmalarida amalga
oshiriladi. Ikki shnekli namlash-isitish qurilmasi inaktivator
(
46-rasm) deb aytiladi.
Uning afzalligi shundaki uning devorlariga va o’qiga yanchilma yopishib qolmaydi,
ishlatish va nazorat qilish oson. Inaktivator ikkita 2 tarnovdan iborat bo’lib, ular
ichiga ikkita 10,11 shnek o’rnatilgan. Shnek o’qi qisqichlar va podshipnik orqali
korpusga biriktirilgan. Tarnovlar 9 qopqoq bilan yopilgan holda ishlatiladi.
Bug’ sachratgich (8) burchak ostida qiya qilib o’rnatilgan bo’lib bu uni tezkor
ishlov berishini ta’minlaydi va tiqilib qolishni oldini oladi. Bug’ sachratgichlar
98
tarnovlarning ikkala tomoniga ham o’rnatilgan bo’lib ular bug’ yuborish quvuri bilan
birlashtirilgan.
Inaktivatorni ustki qopqog’iga yanchilmani yuborish uchun 3 patrubka va
ortiqcha bug’ni chiqarib yuborish uchun 1 patrubka o’rnatilgan. Qurilmaning oxirgi
tomonida xom ashyoni chiqarish joyida 6 kurak o’rnatilgan bo’lib u mahsulotni 5
chiqarish patrubkadan bo’shatadi. Kurakdan keyin shnek o’qiga orqa tomonga
aylanadigan 7 o’ramlar o’rnatilgan. Ular mahsulotni tiqilib qolishiga yo’l qo’ymaydi.
Tarnovlarni ostidan isitish uchun 4 bug’ quvuri o’rnatilgan bo’lib, unga bug’
yuborish uchun patrubka va kondensat chiqishi uchun patrubka mavjud. Shnek
elektrodvigatel va uzatma orqali bir-biriga qarama-qarshi aylanma harakatlanadi.
Namlash-isitish va qovurish qurilmalari konstruktiv jihatidan quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
-xom ashyoni harakatini uzluksiz ta’minlash;
-ishlov berilayotgan yanchilmaga suvni bir tekis tarqatilishini ta’minlash;
-yanchilmani va mezgani bir tekis qizishi uchun aralashtirish;
-aralashtirgichlar aylanish sonini va qurilmaga berilayotgan va qurilmadan
chiqarilayotgan mahsulotni miqdorini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lish;
-qovurish vaqtida mezganing haroratini va namligini avtomatik boshqarish.
Ish unumdorligiga ko’ra shnekli o’qlarning aylanish tezligi 45, 46, 61 va 62
ayl/min tashkil etadi. Chiqayotgan mahsulotning harorati 80…85
0
C, namligi
kungaboqar urug’i uchun 8…9%, paxta chigitida I-III- navlarda 11,5…13%, IV-
navda 13,5…17,5% bo’lishi kerak.
46-rasm.Shnekli inaktivator.
1- bug’ni chiqarib yuborish uchun patrubka, 2-tarnov, 3- yanchilmani yuborish uchun
patrubka, 4- bug’ quvuri, 5-mahsulot chiqarish patrubkasi, 6- kurak, 7-o’ram, 8-
bug’ sachratgich,
9-qopqoq, 10, 11- shneklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |