193
Vertikal kondensatorning texnik tavsifi
Umumiy sovutish yuzasi, m
2
............................150
Trubkalar soni, dona........................................661
Trubkalar diametri, mm...................................20/25
Rekuperatsiya qurilmalari.
Havo-bug’ (gaz-havo) aralashmasidan erituvchini
ajratish qurilmalari uch xil bo’ladi: rekuperatsion
sovitish qurilmalari, absorbtsion
rekuperatsion qurilmalari, adsorbtsion rekuperatsion qurilmalari.
Gaz-havo aralashmasini sovitish jarayoni deflegmator deb ataluvchi
rekuperatsion apparatlarda olib boriladi. Ular
aralashadigan yoki yuzali
kondensatorlaridan iborat. Birinchisida gaz-havo aralashmasi biror-bir nasadka
(Rashig halqasi, koks va bosh.)da sovituvchi agent bilan bevosita sovitiladi. Yuzali
deflegmatorlarda bug’ kondensatsiyasi trubalarning yuzasida sodir boradi. Bu ikki xil
deflegmatorlardan yuza apparatlar afzalroq hisoblanadi.
Chunki ularda erituvchi
kondensati aralashtiruvchi sovituvchi agent bilan aralashmaydi.
Ikkala turdagi deflegmatorlarda ham sovituvchi agent sifatida 10-12
0
C haroratli
suv yoki namokob ishlatiladi. Bunday eritmalar sifatida -10...-15
0
C gacha sovitilgan
CaCl
2
eritmasi q
о
’llanilib, ular gaz-havo aralashmasini past haroratgacha sovitadi.
Natijada bug’lar t
о
’liq kondensatlanadi.
Yog’ ekstraktsiyalash korxonalarida namakob bilan sovitiladigan yuza
deflegmatorlari keng qo’llaniladi. Bunday qurilmalar
НД
-1250 ekstraktsiyalash
liniyasida o’rnatilgan.
Rekuperatsion sovitish qurilmalari 1 sovitkich va 2 deflegmatordan iborat.
Sovituvchi agent sifatida sovuq suv (harorati 10-12
0
C) yoki namokob (harorati -10...-
15
0
C cha sovutilgan holda) ishlatiladi.
Gaz-havo aralashmasini sovitish qurilmasi deflegmator
ishini engillashtirish va
bug’- havo aralashmasi tarkibidagi erituvchining bir qismini kondensatsiyalash uchun
mo’ljallangan.
194
НД
-1250 takomillashtirilgan ekstraktsiyalash liniyasida sovitkichlar yuzasi 150
m
2
bo’lgan vertikal kondensatorlarga almashtirilgan (87-rasm).
Yuzali sovitish deflegmatori bu vertikal trubali issiqlik almashinuv qurilmasi.
Uning ichida sovutish yuzasi 18 m
2
, diametri 25...30 mm bo’lgan 37 dona trubkalar
joylashgan. Gaz-havo aralashmasi trubalar oralig’iga yuqoridan pastga yuboriladi,
sovitiladi va apparatning pastki qismidan patrubka orqali chiqariladi. Namakob ostki
patrubka orqali trubkalar ichiga gaz-havo aralashmasiga qarama-qarshi beriladi va
qopqoqdagi ustki patrubkadan chiqib ketadi. Hosil bo’lgan
kondensat suv ajratish
qurilmasiga yuboriladi. Kondensatsiyalanmagan gaz-havo aralashmasi keyingi
deflegmatorlarga yuboriladi. Namakob kompressor uskunaning sovitish kamerasiga
qaytariladi.
Deflegmator muz bilan qoplanganda suv bug’lari bilan isitiladi.
Qurilmaga kirayotgan gaz-havo aralashmasining harorati 40
0
C,
chiqishdagi
harorat 0...10
0
C, namakob harorati kirishda 0
0
C, chiqishda 5
0
C bo’ladi.
Deflegmatorda gaz-havo aralashmasi tarkibidagi 60...70% erituvchi ushlab qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: