01. Shikastlangan tayanch-xarakat apparati faolyatini tiklashda


Suyaklarning tuzilishi va tarkibi



Download 473,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana16.03.2022
Hajmi473,73 Kb.
#496254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
shikastlangan tayanch-xarakat apparati faolyatini tiklashda davolash gimnastikasining samaradorligi

Suyaklarning tuzilishi va tarkibi. Odam tanasidagi barcha suyaklar 
birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani 
bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko`mik qismida qonnning 
shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. 
Odam tanasida jami 206 ta suyak bo`lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq 
suyaklardan tashkil topgan. Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar 
umumiy tana vazning 18 %, ayollarda 17 % , Yangi tug`ilgan bolalarda tahminan 
14 % ni tashkil etadi.
Har bir suyak suyak to`qimasi, suyak usti pardasi va suyak miyasidan 
tuzilgan bo`lib, qon va limfa tomirlari hamda nerv tolalari bilan ta'minlangan. 
Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda yoki suyak usti pardasi bilan qoplangan. 
Bu parda biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, unda qon, limfa tomirlari va nerv 
tolalari bo`ladi. Bu parda suyakni oziq modda bilan ta'minlashda, singanda, 
yorilganda jarohatning bitishida katta rol o`ynaydi.
Suyak tarkibida 60 % mineral moddalar 30 % organik moddalar, 10 % suv 
bo`ladi. Organik moddalardan oqsillar, uglevodlar, fermentlar bo`ladi. Meniral 
moddalar suyaklarga qattiqroq, organik moddalar qayishqoqlik beradi. Bola 
tug`ilganida yoki yosh bolalarda suyak to`qimasida ko`proq organik moddalar ko`p
bo`ladi. Shuning uchun ham ularning suyaklari nisbatan qayishqoq va elastik 
bo`ladi. Masalan: bolalarnnig noto`g`ri harakat qilishi yoki o`tirishi, yotqizish 
oqibatida ayrim qismlari qiyshayib qolishi mumkin.
Suyaklarning o’sishi va rivojlanishi. Ona qornidagi hayot davrida suyaklar 
tog’ay to’qimasidan hosil bo’ladi. Tog’ay to’qimasining suyak to’qimasiga 
aylanishi asta-sekin, 7-8 haftaligidan boshlanadi. Tug’ilish vaqtiga kelib 
suyaklarda hali tog’ay qismlar ko’p bo’ladi. Uzun naysimon suyaklarning uchi 
uzoq vaqtgacha tog’ayligicha qoladi va ko’pgina suyaklarda suyaklanishning 
ayrim markazlari o’rtasida tog’aydan iborat qismlar bo’ladi. Ichki sekresiya bezlari 
funksiyasi pasayganda, vitaminlar va ayniqsa D vitamin yetishmaganda 
suyaklanish kechiqadi va qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari qobig’ining 
funksiyasi oshganda tezlashadi. 


16 
Yangi tug’ilgan bolaning naysimon suyaklarida qon tomirlarga boy qizil 
ko’mik bo’lib, unda qon hosil bo’ladi. Olti oylikdan boshlab yog’ to’qimasiga 
aylana boshlaydi. 12-13 yoshlarga kelib bu almashinish deyarli tugallanadi. 
Yangi tug’ilgan bolaning bo’yi o’rtacha 50 sm bo’ladi. Bir yoshgacha u har 
oyda 2 sm dan o’sib boradi. Birinchi yil oxiriga kelib bo’yi 74-75 sm gacha yetadi. 
Undan keyin har yili uning o’sishi 5-7 sm ni tashkil qiladi. Bolalikning ayrim 
davrlarida bo’yga o’sish tezlashadi. Suyaklarning o’sishi murakkab jarayon bo’lib, 
bunda suyak moddalarini sintezlovchi hujayralar (osteoblastlar) va yemiruvchi 
hujayralar (osteoklastlar) baravariga ishtirok etadi. Bolalar suyagida osteoblastlar 
ko’p bo’lib, ular o’sishning tezlashishini ta'minlaydi. Jismoniy mashqlar va mehnat 
suyaklarning rivojlanishiga katta ta'sir ko’rsatadi. 

Download 473,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish