0 ‘zbekiston respublikasi oliy ya



Download 12,24 Mb.
bet9/64
Sana13.07.2022
Hajmi12,24 Mb.
#786257
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
Ish yuritish (A.Hasanov, R.Ishmuxamedova)

Nazorat savollari


1. Hujjatlarni bir xillashtirishning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
2. Hujjatlami bir xillashtirishni amalga oshirishda nimalar hisobga olinadi?
3. Hujjatlar tizimi deganda nima tushuniladi?
4. Qanday hujjatlar tizimlari mavjud?
5. Standart nima?
6. Standartlashtirishga doir me'yoriy hujjatlami qaysi davlat orgajni
ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ulaming talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kim olib boradi?


TASHKILIY-BOSHQARUV HUJJATLARI-
3-BOB. NING ASOSIY TURLARINI
RASM IYLASHTIRISH QOIDALARI


3.1 . Tashkiliy hujjatlar

Tashkiliy hujjatlar (ba’zan ular tashkiliy-huquqiy hujjatlar deb ataladi) tashkilotni tuzish, uning tarkibini, shtat bo'yicha xodimlar soni hamda ularning lavozimlar bo'yicha tarkibini, tarkibiy bo'linmalar, maslahat organlari, hay'atlarning vazifalarini, ish rejimini belgilash, mehnatni tashkil etish va vazifalarni xodintlar o‘rtasida taqsimlash, tashkilotni qayta tashkil etish va tugatish tar- tibini belgilash uchun zaair.


Tashkiliy hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
— ta'sis shartnomasi; tashkilot ustavi;
— tashkilot to‘g‘risidagi nizom;
— tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari, kollegial va maslahat organlari to‘g‘risidagi nizomlar;
— ish reglamentlari, ichki mehnat tartibi qoidalari;
— xodimlar to‘g‘risidagi nizom;
— shtatlar tarkibi va soni; shtatlar ro'yxati;
— muayyan faoliyat yo'nalishlariga doir yo'riqnomalar;
— xodimlarning lavozim yo'riqnomalari;
— eslatmalar.
Har qanday tashkiliy hujjat ijro etish uchun majburiy qoida- lardan tashkil topadi. Amalda tashkiliy hujjatlar mahnuriy huquq normalarini amalga oshiradi va tashkilot faoliyatining huquqiy negizi hisoblanadi.
Tashkiliy hujjat umumiy blankada muayyan hujjat turi ko‘r- satilgan holda rasmiylashtiriladi.
Tashkiliy hujjatlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular faqat tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
Tashkiliy hujjatlar tashkilot yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan hujjatning o'ziga tasdiqlash tamg‘asini qo'yish yoki farmoyish hujjati (yoki boshqa hujjat, masalan, majlis bayon- nomasi) chiqarish yo‘li bilan tasdiqlanishi mumkin.
Tashkiliy hujjatlarni boshqa hujjat bilan tasdiqlash yuqori
tashkilot tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin.


lasnKiiiy nujjatlar matni, odatda, muraKKab tuzilisnga ega bo‘ladi. U o‘z sarlavhalariga ega bo'lgan, arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlarga (kichik bandlarga) ajratilgan bo‘limlar- dan (ba’zan kichik bo'limlardan ham) tashkil topadi. Tashkiliy hujjatlar har bir turi boiimlarining nomlari har xil boiadi. Masa- lan, yo‘riqnomada boiimlarning nomlari mazkur yo‘riqnomada faoliyatning qaysi yo‘nalishi yoritilayotganiga bogiiq boiadi. Tashkiliy hujjatlar matnining mazmuni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boiishi lozim, shu bois tashkiliy-boshqaruv hujjatlarining mazkur guruhida namunaviy va andaza tashkiliy hujjatlar ko‘p qoilaniladi (masalan, 0 ‘rta maxsus o ‘quv yurti to ‘g‘risidagi namunaviy nizom). Bunday namunaviy tashkiliy hujjatlar muayyan hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boiib xizmat qiladi. Tashkilotda muayyan hujjatlarni ishlab chiqish uchun eng malakali mutaxassislar va tarkibiy boiinmalarning rahbarlari jalb qilinadi. Tashkiliy hujjatlar tashkilotda belgilangan kelishish tartibidan o‘tadi va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvo- fiqligi tekshiriladi.
Kelishish barcha manfaatdor boiinmalar va shaxslar, yuridik xizmat (yuridik maslahatchi), tashkilot rahbarining o‘rinbosari yoki tashkilot faoliyatining muayyan yo'nalishi uchun javob beruvchi o'rinbosarlardan biri bilan amalga oshiriladi.
Tashkiliy hujjatlar to ular bekor qilingunga yoki yangi huj- jatlar bilan almashtirilgunga qadar amal qiladi. Tashkiliy hujjatlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularga butun hujjatni qayta ishlashga zarurat bo‘lmagan holda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mumkin. 0 ‘zgartish va qo‘shimchaiar kiritishning takro- riylik darajasi tashkilot faoliyati shart-sharoitlarining o ‘zgarishi hamda amaldagi qonun hujjatlarining o‘zgarishi bilan belgilanadi. Tashkilot qayta tuzilgan holda yangi tashkiliy hujjatlar ishlab chiqiladi va ular muvofiqlashtirish va tasdiqlashning belgilangan tartibidan o‘tadi.
0 ‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda tashkiliy hujjatlarni qayta ko‘rish tartibi ularning turi bilan belgilanadi. Masalan, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan tashkiliy hujjat —tarkibiy bo‘linma to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar shu rahbarning buyrugfi bilan kiritiladi. Agar tashkiliy hujjat, masalan, ustav yuqori tashkilot tomonidan yoki tashkilot boshqaruvining


oliy organi (aksiyadorlar yoki lshtirokchilar umumiy yig llishi qarori) bilan tasdiqlangan bo'lsa, unga o'zgartishlar ularni ntazkur organlar tomonidan tasdiqlash va bu haqda davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga albatta xabar berish yo'li bilan kiritiladi.
Asosiy tashkiliy hujjatlar jumlasiga ta'sis hujjatlari — ta'sis shartnomasi, ustav yoki nizom kiradi.
Ta'sis hujjjati turining nomini, hujjatning matni va uni tuzish tartibini belgilovchi umumiy qoidalar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida keltirilgan. Kodeksga binoan, yuridik shaxs hisoblanuvchi tashkilot „ustav asosida yoki ta'sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta'sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo'lmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkin1' 1.
Ta'sis hujjatlarining matnida quyidagilar ko'rsatilishi lozim:
— yuridik shaxsning uning tashkiliy-huquqiy shakli ko'rsatilgan nomi; tijoratchi bo'lmagan tashkilotlar, shuningdek, unitar korxonalar hamda qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa tijorat tashkilotlarining nomlarida yuridik shaxs faoliyatining xususiyatiga ishora bo'lishi lozim;
— yuridik shaxsning joylashgan manzili. Agar qonunga muvofiq yuridik yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, yuridik shaxsning joylashgan manzili u davlat ro'yxatidan o'tgan joy bilan belgilanadi;
— yuridik shaxs faoliyatining predmeti va maqsadlari (tijoratchi bo'lmagan unitar korxonalar uchun);
— yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi;
— qonunda tegishli turdagi yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan boshqa ma'lumotlar.
Yuridik shaxsning ta'sis shartnomasi uning muassislari (ish- tirokchilari) tomonidan tuziladi, ustavi esa — tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq bir muassis tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs shu muassis tasdiqlagan ustav asosida ish olib boradi.

10 ‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 43-modda. O'zR Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi 257-son Qarori bilan 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan.




l a sis snartnom asiaa muassisiar yundiK snaxs tasnKU etisn majburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o ‘z mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni ishtirokchilar o ‘rtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, m uassislar (ishtirokchilar)ning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qo‘yiladi.
Ustav —bu korxona, tashkilot, muassasani tashkil etish tartibi, uning vakolatlari, tarkibi, funksiyalari, vazifalari va huquqlarini belgilovchi huquqiy hujjat. Ustav tashkilotlar, korxonalar, muassasalar faoliyatini ularning mulk shakli va faoliyat sohasidan qat’i nazar tartibga soladi. Biroq ustav matni barcha tashkilotlar, korxonalar, muassasalar uchun yagona bo‘lishi mumkin emas. Davlat korxonasi ustavi matnining tuzilishi o‘rta maxsus o‘quv yurti ustavi matnining tuzilishidan farq qiladi.
Davlat korxonasi ustavi matnining namunaviy tuzilishi Tashkiliy boshqaruv hujjatlarining bir xillashtirilgan tizimida belgilab qo‘yilgan, barcha turdagi t a ’lim muassasalarining ustavlarini (matnda keyingi o ‘rinlarda „Ustav“ deb yuritiladi) ishlab chiqishda, bu muassasalar qaysi mulk shakliga mansubligi va qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat'i nazar, „Ta’lim to‘g‘risida“gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.6-bandi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son Qarori bilan tasdiqlangan „Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi“ qoidalariga asoslangan tartib qo‘llaniladi.
Har bir ta’lim muassasasi o‘z Ustaviga ega boiishi lozim. Bu Ustav taiim turi hamda taiim muassasasida kadrlar tayyorlash xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

Download 12,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish