Yo‘riqnoma - muassasalar, tashkilotlar, korxonalar, ularning bo'linmalari, xizmatlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar faoliya- tining tashkiliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, moliyaviy va boshqa alohida jihatlarini tartibga soluvchi qoidalar ifodalangan huquqiy hujjat.
Yo'riqnomalar qonun hujjatlari hamda boshqaruv hujjat- larining u yoki bu faoliyat sohasida qo'llanish tartibini ham tu- shuntiradi.
Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29 -m artdagi 140-son Qarori bilan tasdiqlangan 0 ‘zbekiston Respublikasi vazirliklari. davlat qo'mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma Boshqaruvni hujjatlar bilan ta'minlash davlat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha davlat standartlari, mahkamaviy arxivlarning asosiy ish qoidalari va hokazolarni belgilaydi.
Yo‘riqnomalar tashkilotning umumiy blankasida hujjat turi ko'rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Yo‘riqnoma talablari tatbiq etiladigan masalalar (faoliyat sohasi) uning sarlavhasida aniq belgilanishi lozim. Odatda, yo‘riqnoma uning sarlavhasida ko‘r- satilgan masalalar (faoliyat sohasi) boMinmaning qaysi rahbarining asosiy vazifalari jumlasiga kirsa, shu rahbar tomonidan imzolanadi. Ish yuritish bo'yicha yo'riqnomani ish yuritish (boshqaruvni hujjatlar bilan ta'minlash) xizmatining rahbari, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha yo‘riqnomani —bosh buxgalter imzolaydi. Yo‘riqnoma barcha manfaatdor tarkibiy boMinmalarning rahbarlari, yuridik maslahatchi, yo'riqnoma mazmunini tashkil etuvchi masalalar bo‘yicha rahbar o'rinbosari bilan kelishiladi. Yo'riqnomalar ham tasdiqlanishi lozim bo'lib, bu ko‘pincha rahbar buyrugM bilan amalga oshiriladi. Mazkur buyruqda yo‘riqnomani amalga kiritish tartibi va muddatlari tushuntiriladi hamda mas'ul
ijrochilar ko'rsatib o‘tiladi.
Yo riqnoma matm nomlari ularda ko tariladigan masalalar mazmuni bilan belgilanadigan bo'limlardan tashkil topadi, biroq birinchi bo‘lim doim „Umumiy qoidalar“ deb ataladi. Unda hujjatni chiqarish maqsadlari va sabablari, u tatbiq etiladigan soha, undan foydalanish tartibi, yo‘riqnomaning majburiylik darajasi, uni ishlab chiqishga asos bo‘lgan hujjatlar hamda umumiy xususiyatga ega bo‘lgan boshqa ma'lumotlar bayon etiladi. Bolimlar arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar va kichik bandlarga ajratilishi mumkin. Har qanday huquqiy hujjatda bo‘lganidek, yo‘riqnomada ham matn bayon etish uslubiga ko‘ra farmoyish xususiyatiga ega bo‘ladi va uchinchi shaxs nomidan birlik yoki ko‘plik sonda bayon etiladi, masalan: „Tashkilotning ishga qabul qilingan barcha yangi xodimlari ushbu Yo‘riqnoma bilan tanishtirilishi lozim“ .
Yo‘riqnoma — uzoq vaqt foydalaniladigan hujjat. Yo‘riq- nomaga barcha o ‘zgartirishlar rahbar buymg'i bilan kiritiladi va u bekor qilingunga yoki yangi yo‘riqnoma tasdiqlangunga qadar amal qiladi.
Lavozim yo‘riqnomasi yo'riqnoma turlaridan biri hisoblanadi. Lavozim yo‘riqnomasi —tashkilot xodimning tashkiliy-huquqiy holatini, uning majburiyatlari, huquqlari va javobgarligini tartibga
solish maqsadida chiqaradigan huquqiy hujjat.
Lavozim yo‘riqnomasi namunaviy va muayyan (konkret) bo‘ladi. Namunaviy lavozim yo‘riqnomasi mazkur tashkilot qaysi tarmoqda faoliyat ko‘rsatishidan qat'i nazar, majburiyatlar, huquqlar va javobgarlikning bir xil majmuiga ega bo‘lgan lavozimlar uchun ishlab chiqiladi. Masalan, g‘aznachi (kassir)ning namunaviy lavozim yo‘riqnomasi yaratilishi mumkin. Biroq namunaviy lavozim yo‘riqnomasining mavjudligi muayyan lavozim yo'riqnomasini ishlab chiqishga hojat yo'qligini anglatmaydi. Bunday lavozim yo'riqnomalari tashkilot shtatlar ro‘yxatida nazarda tutilgan barcha lavozimlar uchun ishlab chiqilishi lozim, namunaviy lavozim yo‘riqnomalari esa ularni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Lavozim yo‘riqnomasi amalda lavozimning tavsifi hisoblanadi. U ish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shtatdagi xodimlar tarkibiy bo‘linma oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishlari uchun zauir.
Iashkmy hujjat siratidagi lavozinr yo nqnomasida xodimmng tashkiliy-huquqiy holati mustahkamlanadi. Buyo'riqnoma xodimni attestatsiyadan o'tkazish, uning javobgarligini belgilash, shu- ningdek, xodim va ish beruvchi o‘rtasida chiqqan mehnatga doir nizolarni hal qilish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.
Lavozim yo'riqnomasi, odatda, xizmatchilarning „rahbarlar“ toifasiga (tashkilot, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga) tuzil- maydi.
Mazkur xizmatchilarning funksiyalari, vazifalari, huquqlari va javobgarligi tashkilot to‘g‘risidagi nizomlarda (ustavda) yoki tarkibiy bodinma to‘g‘risidagi nizomda „Rahbariyat“ bo'limida qayd etiladi. Xo'jalik xizmatlari va yordamchi xizmatlarning xodimlari (shuningdek, pudrat shartnomasi yoki mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan xodimlar) uchun ham belgilangan shakldagi lavozim yo‘riqnomalari tuzilmasligi mumkin. Bunday hollarda rasmiy- lashtirish tartibi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksional majburiyatlar ishlab chiqilishi mumkin. Bosh mutaxas- sislar uchun lavozim nizomlari ishlab chiqilishi mumkin. Hujjatning nomi har xil bo‘lsa-da, u doim bir vazifani bajaradi - xodimning muayyan ish joyidagi funksiyalari, majburiyatlari, huquqlari va javobgarligini tartibga soladi.
Boshqa tashkiliy hujjatlar singari, lavozint yo'riqnomalari ham uzoq vaqt foydalaniladigan hujjat hisoblanadi va yangi lavozim yo‘riqnomasi bilan almashtirilgunga qadar amal qiladi. Lavozim yo‘riqnomasini qayta ko'rish zarurati bo‘linma va tashkilot tarkibi va funksiyalari o‘zgarishi, shtatlar qisqartirilishi, bajariladigan ishlar texnologiyasi o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin. Odatda, lavozim yo‘riqnomalari har 3—5 yilda qayta ko‘riladi (ularga tuzatishlar kiritiladi). Lavozim yo'riqnomasini tuzishda nanuinaviy yoki andaza lavozim yo'riqnomasi, ular bo‘lmagan taqdirda — Rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar lavozimlarining kvalifikatsion madumotnomasidagi lavozimning tarif-kvalifikatsion tavsifi olinadi. Biroq mazkur tavsif matnining tuzilishi lavozim yo'riqnomasi matnining tuzilishidan farq qiladi va muayyan xodimning lavozim yo‘riqnomasini tuzish ucluin zarur bo‘lgan jami axborotga ega bo'lmaydi. Yetishmagan axborot boshqa tashkiliy hujjatlar, chunonchi: tashkilot tuzilishi va shtatlar soni, tarkibiy bo'linma to‘g‘risidagi nizomdan olinadi.
iia r qanday rasmiy hujjat singan, iavozim yo nqnomasi ham tashkilotning umumiy blankasida hujjat turi ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi lozim. Xodimning lavozim yo'riqnomasi bir xillashtirilgan shaklga ega.
Lavozim yo‘riqnomasini, odatda, mazkur bo'linmaga muta- saddilik qiluvchi rahbar o‘rinbosari yoki rahbaming o‘zi tasdiqlaydi. Lavozim yo‘riqnomasi tarkibiy bo‘linma rahbari tom onidqn imzolanadi. J
Lavozim yo‘riqnomasini kelishish belgilangan tartibda amalga oshiriladi, biroq, mazkur hujjatning xususiyatini hisobga olgandja, u kadrlar xizmati va yuridik xizmat boshliqlari hamda xodim bilan u o‘z funksional majburiyatlarini bajarish chog'ida bog‘liq bo‘lgdn boshqa shaxslar bilan kelishilishi shart. J
Zarur holda kelishish tamg‘asi hujjatning sirtiga qo'yilishi hain mumkin, lekin bunday hollar juda kam uchraydi. j
Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, lavozim yo'riqnomasiniqg sarlavhasi „kimning lavozim yo‘riqnomasi?“ degan savolga javob berishi lozim. Masalan, buxgalteming lavozim yo‘riqnomasi, yuridjok maslahatchining lavozim yo'riqnomasi va sh.k. !
Lavozim yo'riqnomasining matni quyidagi namunaviy bo‘lim- lardan tashkil topadi: j
1. Umumiy qoidalar. j
2. Funksiyalar. J
3. Lavozim majburiyatlari. j
4. Huquqlar. I
5. Javobgarlik. !
6. 0 ‘zaro munosabatlar (lavozim bo‘yicha aloqalar). !
Ko‘rsatib o‘tilgan bo‘limlarga ba’zan boshqa bo‘limlar, masalan,
„M ehnatgahaqto‘lashshartlari“, „Ishnitashkiletish“, „Tasdiqlash va o‘zgartishlar kiritish tartibi“, „Faoliyatni nazorat qilish, tekshi- rish va taftish qilish“ qo'shimcha qilinadi. !
Lavozim yo'riqnomasining yuqorida sanab o‘tilgan namunaviy bo'limlari, qoida tariqasida, xodimning tashkiliy-huquqiy holatijii belgilash uchun kifoya qiladi, yangi bo'limlarning qo‘shimcna qilinishi, odatda, boshqa hujjatlar — mehnat shartnomasi, shaxsiy moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma, mukofotlash to‘g‘risidagi nizom, ish reglamentida mavjud axborotni takrorlaydi (1-ilova). \
www.ziyouz.com kutubxonasi
Lavozim yo riqnomasiga qo shimcha bo limlar kintishda ayrim norm alar va qoidalarni belgilashda qaram a- qarshiliklar yuz bermasligi uchun ularning mazmunini vuqorida sanab ohilgan hujjatlar bilan solishtirib ko'rish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |