0 ‘zbekiston respublikasi oliy ya



Download 12,24 Mb.
bet31/64
Sana13.07.2022
Hajmi12,24 Mb.
#786257
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Bog'liq
Ish yuritish (A.Hasanov, R.Ishmuxamedova)

A g a r m e ’ y o riy h u jja tn in g q a b ul q ilin is h i m a z k u r o rg a n to - m o n id a n ilg a ri q a b u l q ilin g a n m e 'y o r iy h u jja t la r o z k u c h in i


yo'qotishi e'tirof etilishini yoki ularga tegishli o ‘zgartirish va qo'shimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan me'yoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
Me’yoriy hujjatga:
— me'yoriy hujjatni chiqarish uchun asoslar (vazirlik va idora vakolati, me'yoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan boshqa holatlar);
— mazkur organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha ilgari qabul qilingan me'yoriy lnijjatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
— ushbu masala bo‘yicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlar va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni o'zgartirish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb e'tirof etish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma'lumotlar mavjud bo‘lgan ma'lu- motnoma ilova qilinadi.
Tayyorlangan me'yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirilishi kerak.
Taqdim etilgan me'yoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qo‘yi!gan, ilova qilingan ma'lu- motnoma esa imzolangan bo‘lishi kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan me'yoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan o'tkazadi.
Zarurat bo‘lsa, ekspertizadan o'tkazishda Adliya vazirligi qo'shimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, me'yoriy huj- jatlar bo‘yicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huqu- qiga ega bo‘ladi.
Agar taqdim etilgan me'yoriy hujjat 0 ‘zbekiston Respub- likasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo'lgan va
„Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar me'yoriv hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro'yxatidan o ‘tkazish to‘g‘- risida“gi Nizomning II bo'limida ko'rsatilgan talablarga javob


bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat ro ‘yxatidan o ‘jt- kazadi. j
M e’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. j
Me’yoriy hujjat, agar hujjatning o‘zida yanada kechroq muddjat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o ‘tkazilgan kundan
boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi va bajarilishi kerak. j
Agar m e’yoriy hujjat 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldajgi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, „Vazirliklar, davlat qo'm italari ya idoralar m e’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davljat ro'yxatidan o ‘tkazish to ‘g‘risida“gi Nizomning II bo'lim i talab- lariga javob bermasa yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan b o ‘lsa, m e’yoriy hujjatni ro 'yxatdan o 'tkazish rad etilisjhi mumkin. i
Davlat ro'yxatidan o'tkazish rad etilgan m e’yoriy hujjatiar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organga qaytariladi. j
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan m e’yoriy hujjat! ar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangm taqdirda davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlami, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlarini, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarini, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga kofra qabul qilingan me’yoriy hujjatlami mukammallashtirish va davjlat ro‘yxatidan o'tkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydjan
oshmasligi kerak. j
M e’yoriy hujjatning asl nusxasi davlat ro'yxatidan o‘tkazil- gandan keyin unga berilgan ro‘yxatdan o ‘tkazish tartib raqajmi bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, ikki nusxasi hisobga olish va e’lon qilish uchun Adliya vazirhgida qoladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari o‘zgargan taqdiida vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z me’yoriy hujjatlarini qonunchilikka muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun tegishli o‘zgartirish va qo'shimchalami 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya

www.ziyouz.com kutubxonasi



vazirligiga taqdim etishlari kerak. 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat ro'yxatidan o ‘tkazilgan me'yoriy hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
Vazirliklar va idoralar ushbu holda o‘n kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat ro'yxatidan o‘tkazish ucluin o‘zlari qabul qilgan me'yoriy hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi me'yoriy hujjatni davlat reestridan chiqarishga haqlidir. bu me'yoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Me'yoriy hujjatga o‘zgartirish va qo'shimchalar kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Nizoli masalalar paydo bo'lgan, sluiningdek. me'yoriy hujjatni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha nte'yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini to‘xtatishga haqlidir. Mazkur bandda va mazkur Nizomning 20- bandida nazarda tutilgan me'yoriy hujjatning amal kelishini to‘xtatib qo'yish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga jo'natiladi.
Me'yoriy hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlari o‘z kuchini yo'qotgan deb hisoblanishi, ularning tarqatilishi, ularga o'zgartirish va qo‘shim- chalar kiritilishi haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi kerak. Me'yoriy hujjatni manfaatdor shaxslarga yetkazish m e’yoriy hujjatning matni bilan to ‘siqsiz (erkin) tanishish huquqini beruvchi har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Mazkur qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi vazirlik yoki idora tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko'rilmaguncha me'yoriy
hujjatning amalda bo'lishini to‘xtatib qo'yishga haqlidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 12,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish