0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


tibda  hal  etilishi  belgilab  qo‘yilganligini  aniqlab,  mazkur  modda-



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

tibda  hal  etilishi  belgilab  qo‘yilganligini  aniqlab,  mazkur  modda- 
laming  mazmunini  o'rganib  keling.
31-  §.  Qoraqalpoqlarda  madaniy  va  ma’naviy  hayot
Turmush  tarzi
Qoraqalpoqlar  uzoq  yillar  davomida  ko'chman- 
chilik  turmush  tarzidan  o‘troqlikka  o‘tish  jarayo- 
nini  boshidan  kechirdilar,  Aholining  asosiy  qismi  o'tov  va  paxsa 
wylardan  iborat  ovullarda  yashardi.  Keyinchalik  qo'rg'on  (qal’a)  va 
shaharlar  vujudga  keldi.
Qoraqalpoqlar  bir  necha  urug‘lardan  iborat  bo‘lib,  har  urug‘  a’zo- 
si  o‘z  urug‘ining  mustahkamligini  ta’minlashga  intilardi.  Bir  urug‘
8—0 ‘zbekiston  tarixi,  8-sinf
113


ichida  o‘zaro  nikoh  taqiqlangan.  To‘yda  baxshilar  dostonlardan  qo‘- 
shiqlar  kuylashardi.  aytishuvlar  avjiga  chiqardi.  Polvonlar  kurashga 
tushardi.
Qoraqalpoqlar  qishlovni  ko‘pincha  dengiz  va  daryo  bo‘ylarida 
o‘tkazganlar.  Arava,  qctyiq,  sol  va  ot  asosiy  transport  vositasi  bo‘lgan. 
Qoraqalpoqlar  kiyim-kechagida  milliylikka  alohida  e’tibor  berganlar. 
Bu  narsa,  ayniqsa,  ayollar  va  qiz  bolalar  savkeli  (qalin  bo‘zdan  tiki- 
lib,  kumush  va  maijonlar  bilan  bezatilgan  bosh  kiyim)da  yaqqol  na- 
moyon  bo‘lgan.
Qoraqalpoqlar  Q o’ng'irot,  Chimboy,  X o ja yli  kabi  yi- 
Shaharlar 
^   shaharlarni  bunyod  etganlar.  Shulardan  Qo‘ng‘irot 
va  Chimboy  qoraqalpoqlarning  ma’muriy  markazlari  edi.  Bu  shaharlar 
XVII  asr  oxiri  -   XVIII  asr  boshlarida  barpo  etildi.  Xo‘jayli  shahri 
Orol  va  Xiva  oralig‘idagi  savdo  markazi  bo‘lib,  bojxona  shu  shahar- 
da  joylashgan.  Shaharlar  baland  devorlar  bilan  o‘rab  olingan.  Sha- 
har  ichkarisida  ko‘rkam  binolar,  saroylar  barpo  etilgan.  Janaqal’a
Oydo'stqal’a,  Ernazarqal’a,  K o ‘k o ‘zakqal’a,  Eshonqal’a  kabi  qal’a 
shaklida  qurilgan  shaharlar  qoraqalpoq  xalqi  tomonidan  yaratilgan 
me’morchilik  madaniyati  yodgorliklari  hisoblanadi.
Shaharlarda  XIX  asr  boshlarida  318  ta  maktab,  Qoraqum  eshon, 
Qalila  oxun,  Egambergan  oxun,  Oyimbet  eshon  mavzclarida,  Eshon- 
qal’ada  madrasalar  mavjud  bo‘lgan.  Hunarmandlar  12-13  yoshli  bo- 
lalarni  shogirdlikka  qabul  qilib,  ularga  hunar  sirlarini  o‘rgatganlar. 
Qoraqalpoq  yoshlari  Xiva  va  Buxoro  madrasalarida  ham  ta’lim  olgan- 
lar.
.  . 
Qoraqalpoqlarning  xalq  og‘zaki  ijodi  juda  boy.
Qoraqalpoq  folklor  namunalari  20  jildligi- 
san  a  va  musiqa 
n[ng  nasy,r  etilgani  fikrimizning  dalilidir.  Ular
so‘z  ustalari  bo‘lgan  chcchanlarni,  baxshi  (jirov)larni  sevadilar.  El 
oqsoqollari,  rahbarlari  yonidan  qissaxonlar  arimagan.  0 ‘zbeklaming 
Afandisi  kabi  qoraqalpoqlarning  qiziqchisi  -   0 ‘mirbek  laqqisi  bor. 
0 ‘mirbek  laqqi  o‘z  latifalarida  jamiyatdagi  kamchiliklar  ustidan  ku- 
luvchi  xalq  qahramoni  sifatida  gavdalanadi.  U  adolatsiz  amaldorlar, 
qozilar,  so‘zi  bilan  ishi  mos  kelmaydigan  ruhoniylarning  kirdikorlarini 
fosh  qilib,  mardlik,  to ‘g‘rilik,  haqiqat,  adolatni  kuylagan.  Latifalarini 
yengil  mutoyiba,  achchiq  hajv  bilan  ixcham  ifodalab,  tinglovchilarni 
xursand  qilgan.
114


Qahramonlik  dostonlari  „Qirqqiz",  „Alpomish",  ,,Qublon“,  „Mast- 
poshsho",  ,,Edigey“  dostonlarida  qoraqalpoqlarning  voqealarga  boy 
tarixi  kuylanadi.  Masalan,  .,Edigcy“  dostonida  Amir  Temur,  To‘xtamish 
faoliyati  bilan  bog‘liq  voqealar  bayon  etilsa,  „Qirqqiz“da  qoraqalpoq 
xalqining  ozodlik  kurashi,  Xorazm  xalqining  Eron  shohi  Nodirshohga 
qarshi  kurashi  o‘z  badiiy  ifodasini  topgan.
Qoraqalpoqlarning  xalq  qo‘shiqlarida  el-yurt  yo‘lboshchilari,  qahra- 
monlari  — Maman  botir,  Esangeldi  mahram,  Oydo‘stbiy,  Emazarbiylar 
ulug‘lanadi.
Qoraqalpoqlar  tasviriy  san’atidagi  o‘ziga  xoslik,  ayniqsa,  ular  to ‘- 
qigan  gilam  va  kashta  buyumlarda  yorqin  ifodasini  topgan.  Ularga 
tushirilgan  naqshli  bezaklar  suv  ramzini  aks  ettiruvchi  to!lqin  ko‘ri- 
nishiga  ega  bo‘lgan.  Bu  bejiz  emas  edi.  Chunki  qoraqalpoqlar  qadim- 
dan  daryo  va  ko‘l  bo‘ylarida  yashab  kelganlar.  Bundan  tashqari,  qo­
raqalpoq  tasviriy  san’atining  yana  bir  o‘ziga  xosligi  uning  qadama 
naqshli  yog‘och  o‘ymakorligida  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.
Qoraqalpoqlar  qo‘shiqchiligi  mazmuniga  ko‘ra  xalq,  tarixiy  va  ma- 
rosim  qo‘shiqlariga  bo‘lingan.  Ular  qo'biz,  dutor,  g'ijjak,  surnay,  no- 
g'ora  kabi  musiqiy  cholg!u  asboblari  yordamida  ijro  etilgan.  Doston 
ijrochilari  jirovlar,  baxshilar  va  qissaxonlar  deb  ataluvchi  uch  guruhga 
bo‘linganlar.  Ular  bir-biridan  aytadigan  dostonlarining  mazmuni,  ijro 
etish  uslublari,  kuy  va  musiqiy  cholg‘u  asboblari  bilan  farq  qilganlar. 
Masalan,  jirovlar  qahramonlik  dostonlarini  qo‘biz  jo ‘rligida,  baxshilar 
esa  dutor  va  g‘ijjak  jo ‘rligida  ijro  etganlar.  Qissaxonlar  esa  doston 
qo‘lyozmalarini  zo‘r  mahorat  bilan  o‘qib  yoki  yoddan  aytib  berganlar.
XVIII—XIX  asrning  birinchi  yarmida  qora­
qalpoq  adabiyotining  ko!zga  ko‘ringan  bir 
nechta  namoyandalari  qalam  tebratganlar- 
kim,  ularning  nomlari  bugungi  kunda  ham  ardoqlanadi.  Ulardan 
biri  Jiyen  Jirov  (1730-1784)  mashhur  baxshi,  hajvchi  shoir  sifati- 
da  kamol  topdi.  „Hoy  yigitlar,  yigitlar“  va  „Yuragimda  k o ‘p   do- 
g ‘im “  kabi  qator  she’rlarida  jamiyatdagi  nohaqliklami,  hukmron 
tabaqalarning  kirdikorlarini,  xalqqa  o‘tkazgan  jabr-zulmlarini  fosh 
etadi.  Qoraqalpoqlar  —  erksevar  xalq.  Shuning  uchun  ham  ular  do- 
imo  o‘z  erklari  uchun  ozodlik  kurashi  olib  borgan.  Ma’lumki,  qo- 
zoqlarning  Kichik  Juz  xoni  Abulxayrxonga  qarshi  olib  borilgan 
urushda  qoraqalpoqlar  yengilgan  edi.  Bu  mag!lubiyat  natijasida  ular

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish