0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Amirlik  tashqi 
siyosatining  asosiy 
tamoyillari
71


cha  musulmonlarning  amiri  (mang‘itlar  o‘zlarini  shunday  deb  hisob- 
laganlar)  sifatida  musulmonlarning  Astraxon  orqali  Makkaga  Haj 
safariga  borib  kelishlarini  ta’minlab  turishni  yo‘lga  qo‘yishdan  iborat 
bo!lgan.
Buxoro-Rossiya 
munosabatlari
Mang‘it  amirlari  Rossiya  bilan  munosabatlarga 
doimo  katta  ahamiyat  berdilar.  (Buning  sa- 
bablarini  avvalgi  mavzularda  bilib  olgan  edi- 
ngiz.)  Ikki  davlat  o‘rtasidagi  o‘zaro  manfaatli  munosabatlaming  qaror 
topishida  elchilar  almashinuvi  muhim  rol  o‘ynadi.  Ayniqsa,  XVIII 
asrning  so‘nggi  choragida  elchi  Ernazarbiyning  Rossiyaga  ikki  bor 
tashrifi  bu  o ‘rinda  tengsiz  bo‘ldi.  Ernazarbiy  (Ernazar  Maqsutov)  keng 
dunyoqarashga  va  bilimga  ega  diplomat  va  savdogar  edi.  U  har  ikki 
davlat  o‘rtasida  o‘zaro  ishonchga  asoslangan  munosabat  qaror  topishi 
uchun  astoydil  harakat  qildi.  Ikki  davlat  o‘rtasidagi  munosabatlarni 
mustahkamlash  ishiga  qo‘shgan  hissasi  uchun  Ernazarbiyga  hatto 
Rossiya  imperatori  Yekaterina  II  Buxoroda  madrasa  qurish  uchun 
pul  ham  ajratdi.  Ana  shu  pulga  qurilgan  va  Ernazarbiy  nomi  bilan 
ataluvchi  madrasa  hozirgacha  qad  ko‘tarib  turibdi.
U  elchi  sifatida  savdo  aloqalarini  rivojlantirishdan  tashqari  Astra­
xon  shahrida  Rossiya  tomonidan  jome  masjidi  qurdirishga  hamda 
amiriik  fuqarolarining  Astraxon  orqali  Haj  safariga  erkin  borib  kelish- 
larining  kafolatlanishiga  erishdi.
Ernazarbiy  elchiligidan  Doniyolbiy  siyosiy  maqsadlami  ham  ko‘z- 
lagan  edi.  Chunonchi,  Buxoro-Usmonli  davlati  munosabatlari  haqida 
rus  hukumatining  qanday  fikrda  ekanligini  bilish  maqsadida,  uning 
topshirig‘iga  ko‘ra,  elchi  rus  hukumatiga  Buxoroning  Usmonli  dav­
lati  bilan  do‘stlik  aloqalarini  mustahkamlashga  harakat  qilishini  ham 
ma’lum  qildi.  Shuningdek,  Rossiya  orqali  Istanbul  shahriga  borish 
uchun  ruxsat  so‘radi.  Albatta,  rus  hukumati  Buxoroning  asosiy  raqib- 
laridan  biri  Usmonli  davlati  qatorida  turishini  istamas  edi.  Shuning 
uchun  ham  rus  hukumati  Doniyolbiyning  barcha  iltimoslarini  bajardi.
Buxoro—Rossiya  siyosiy  munosabatlarida  1797-yilda  amir  Shoh- 
murod  yuborgan  Polvonquli  qurchi  elchiligi  alohida  o‘rin  egallaydi. 
Polvonquli  elchiligining  yuborili shiga  Eronning  Buxoro  amirligi  xavf- 
sizligiga  tahdid  sola  boshlaganligi  sabab  bo‘ldi.  Bu  davrda  Kavkazda 
Rossiya-Eron  munosabatlari  ham  keskinlashgan  edi.  Amir  Shohmurod 
bu  omildan  foydalanishga  qaror  qildi  va  Buxoro-Eron  o‘rtasida  urush
72


kelib  chiqqudek  bo‘lsa,  birgalikda  harakat  qilishni  taklif  etdi.  Biroq 
Yevropadagi  muammolari  bilan  band  bo‘lgan  Rossiya  bu  taklifni 
qabul  qilmadi.  Amir  Haydar  va  Amir  Nasrullo  hukmronligi  davrida 
ham  Rossiya-Buxoro  munosabatlari  davom  etdi.  Har  ikki  tomon 
bir-biriga  elchilar  yuborib  turishdi.  Amir  Haydar  yuborgan  elchilar 
Rossiya  hukumati  oldiga  Ural  daryosining  Osiyo  qit’asi  qismidan 
amirlik  savdogarlariga  haq  to ‘lamasdan  chorva  mollari  boqishlari 
uchun  joy  ajratib  berish,  Buxoroga  po‘lat  sotish,  savdo  karvonlarining 
talanishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  kabi  masalalarni  qo‘ydilar.
Ko‘tarilgan  masalalardan  chorva  mollari  boqishga  ajratiladigan 
yerlar  nchun  haq  to‘lamaslik  iltimosi  qabul  qilinmadi.  Savdo  karvon- 
lari  qaroqchilariga  birgalikda  qarshi  kurashga  rozilik  berildi.
Amir  Nasrullo  hukmronligi  davrida  yuborilgan  elchilar  rus  hukumati 
oldiga,  asosan,  Buxoro  tovarlaridan  olinayotgan  boj  to ‘lovlarini  ka- 
maytirish,  tog‘-kon  ishlari  olib  borish  uchun  mutaxassislar  yuborish 
hamda  amirlikka  zambarak  quroli  sotish  kabi  masalalarni  qo'ydilar.
Bu  davrda  Buyuk  Britaniya  josuslari  va  tovarlarining  0 ‘rta  Osi- 
yoga  kirib  kelishining  kengayishi  Rossiyani  xavotirga  solib  qo‘ydi. 
Chunonchi,  Banoras  (Hindiston)dan  kiritilayotgan  ingliz  tovarlari  bu 
yerda  o‘z  narxidan  6 - 9   marta  arzon  bahoda  sotila  boshlandi.
Amir  Nasrulloning  tog‘-kon  mutaxassislari  yuborish  to ‘g‘risidagi 
iltimosi  qabul  qilindi.  Ular  Buxoroga  qaytib  kelayotgan  savdo  karvo- 
niga  qo‘shib  jo ‘natildi.  Biroq  karvon  yo‘lda  hujumga  uchradi  va 
muhandislar  ekspeditsiyasi  katta  qiyinchiliklar  bilan  Orenburgga  qay­
tib  ketdi.
1858-yilda  Buxoroga  polkovnik  Ignatyev  boshchiligida  Rossiya 
elchilari  keldi.  Bu  Buxoro  amirligining  mustaqil  davlat  maqomidagi 
oxirgi  elchilik  bo‘ldi.  Muzokaralar  davomida  Rossiya  bilan  savdo-so- 
tiq  ishlarida  Buxoro  savdogarlariga  katta  imtiyozlar  berildi.
Ayni  paytda,  Amir  Nasrullo  Buyuk  Britaniya  elchilarini  qabul  qil- 
masligini,  Afg‘oniston  amiridan  ularni  Buxoroga  o‘tishlariga  ruxsat 
bermasligini  so‘rashini  ma’him  qildi.  Biroq  Rossiya  imperiyasi  hukm- 
ron  doiralari  o4zlarini  Buxoro  amirligiga  qanchalik  do‘st  qilib  ko‘r- 
satmasinlar,  ular  0 ‘rta  Osiyoni  butunlay  bosib  olishga  zimdan  tay- 
yorgarlik  ko4rmoqda  edilar.  Shuning  uchun  ham  Rossiya  Ignatyev 
elchiligidan  keyin  boshqa  elchi  yubormadi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish