0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

75


Adabiyot
ijod  etgan  tarixchi  olim  Muhammad  Ya’qub  ibn  Doniyolbiy  „Gulshan 
ul-muluk“  („Podshohlar  gulshani“)  nomli  asar  yozib  qoldirdi.  Bu  asar 
ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  birinchi  qismi  Buxoroning  qadimgi  tarixi, 
uniag  hukmdorlari  shajarasi  bayoniga  bag‘ishlangan.  Asarning  ikkinchi 
qismida  esa  0 ‘rta  Osiyoning  XVIII  va  XIX  asr  boshlaridagi  tarixi 
bayon  etilgan.  XIX  asrda  yozilgan  Mirzo  Shams  Buxoriymng  „Bayoni 
ba’zi  havodisoti  Buxoro,  Ho‘qand  va  Qoshg‘ar“  (..Buxoro,  Qo‘qon  va 
Qashqaming  ayrim  voqea-hodisalari  bayoni“)  asari,  shuningdek,  Mir 
Olim  Buxoriyrimg  „Fathnomayi  sultoniy“,  Muhammad  Hakimxonning 
„Yilnomalar  to‘plami“,  shuningdek,  bu  davrda  bitilgan  „Tarixi  Amir 
Haydar“  kabi  asarlar  tariximiz  uchun  muhim  manbalar  hisoblanadi.
Bu  davr  adabiyotida  o‘z  davrining  mashhur  shoir  va 
yozuvchilari  ijod  qildilar.  Ulardan  biri  o ‘ziga  xos 
iste’dod  egasi  Muhammadniyoz  Nishotiy  edi.  Shoir  1778-yilda  o‘zining 
ajoyib  ,,Husn-u  Dil“  dostonini  yaratdi.  0 ‘zbek  adabiyotining  katta 
yutug‘i  sanalgan  bu  asami  shoir  majoziy  shaklda  yozgan.  Doston 
qahramonlari  -   Aql,  Husn,  Yurak,  Xayol,  Vafo,  Nazar,  Ishq  va  bosh- 
qalarning  har  biri  g‘oyat  go‘zal  insoniy  fazilatlarga  ega.  Raqib,  Fa- 
sod,  Nafs  obrazlari  esa  salbiy  sifatlar  hamda  turli  yovuzliklarning 
timsoli  edi.
Dostonda  odamlar  va  davlatlar  orasidagi  nizolar.  baxillik  va  bosh- 
qa  axloqiy  qusurlar  qoralandi.  Yaxshilik  va  yomonlik  o‘rtasidagi  qa- 
rashlarda  xayrli  intilishlar,  aql  va  oliyjanob  niyatlar  ustun  keladi. 
Bundan  tashqari,  Nishotiyning  adabiy  ijodidagi  yana  bir  o‘ziga  xoslik -  
adabiyotda  munozara  janri  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‘shganligidir. 
Bu  o ‘rinda  uning  „Qushlar  mnnozarasi“  majmuasi  katta  ahamiyatga 
ega.  Asarda  o‘sha  davrdagi  ijtimoiy  tuzumga  xos  illat,  jaholat,  man- 
sabparastlik  majoziy  shaklda  tanqid  qilingan.  Mehnat  ahlining  kam- 
tarligi  esa  ulug‘langan.  Asarda  laylak,  zog‘,  bulbul,  tovus,  to ‘ti, 
humo  kabi  jami  14  ta  qush  o‘rtasida  bo‘lib  o‘tgan  bahs  tasvirlangan.
Bu  davming  yana  mashhur  shoirlari  Mujrim  Obid  va  Vola\m 
edi.  Mujrim  Obidtling  asarlarida  jamiyatdagi  ijtimoiy  tengsizlik,  ado- 
latsizlik  va  odamlar  fe’lidagi  illatlar  tanqid  ostiga  olinadi.
Volaning  (1770-1842)  ko‘zi  tug‘ma  ojiz  boTsa-da,  tabiat  unga 
kuchli  iroda,  aql,  xotira  va  qobiliyat  hamda  yoqimli  ovoz  in’om  et­
gan  edi.  Shoir  o‘z  she’rlaridan  2  ta  devon  tuzdi.  Bizgacha  3  ming 
misra  she’rlari  yetib  keldi.  0 ‘z  she’rlarida  xalq  boshiga  tushgan  kul- 
fat  va  mashaqqatlami  kuyladi.
76


Buxoroda  xattotlik,  miniatura  hamda  qo‘lyoz-
Tasviriy  san’at 
maiarni  naqshli  bezash  san’ati  rivojlandi.  Bu 
sohaning  qator  yetuk  bilimdonlari  zamonasiga 
yarasha  yodgorlik  qoldirdilar.  Chunonchi,  Amir  Haydar  davrida  ijod 
qilgan  Mir  M a’sum  Olamiyon  „Axloqi  Muhsiniy“  kitobiai  hamda 
Sa’diyning  she’riy  asarlarini  rasm  bilan  bezadi.
Mirzo  Sodiq  Jondoriy  Nasrulloxon  amirligi  davrida  qo'lyozma 
kitoblarga  lavhalar,  Sa’diy  va  Hofiz  asarlariga  turmush  manzaralari 
tasvirlangan  rasmlar  ishladi.
Yirik  olim,  shoir  Ahmad  Donish  (1827-1897)  20  yil  mobaynida 
Buxoro  saroy  kutubxonasida  xattotlik  va  rassomlik  bilan  shug‘ullandi. 
U  tibbiyot  va  riyozat  fan lari,  me’morchilik  va  musiqa  san’atini  ham 
o‘rgandi.  Ahmad  Donish  ko‘chirgan,  bezagan  yoki  rasm  ishlagan 
qo‘lyozmalar  ichida  „Shohi  darvesh“,  „Ajoyib  at-tabaqot“  va  boshqa 
asarlar  buning  dalilidir.
Buxoro  yuksak  ustozona  musiqa  san’atining  markazlaridan  biri 
bo‘lgan.  Chunonchi,  Buxoroda  vujudga  kelgan  ,,Shashmaqom“  buning 
yorqin  dalilidir.  Buxoro  Shashmaqomi  Buzruk,  Rost,  Navo,  Dugoh, 
Segoh  va  Iraq  maqomlaridan  iborat  bo‘lib,  250  dan  ortiq  har  xil 
shakldagi  kuy  va  ashula  namunalaridan  tashkil  topgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh. Mirziyoyev  bunday  degan 
edi:  „Xalqimiz  badiiy  tafakkuri  mahsuli  bo'lgan  ,,Shashmaqom“,  ya'ni 
olti  maqomni,  ta ’bir joiz  b o ‘Isa,  olti  azim  daryoga  qiyoslash  mumkin. 
Bu  daryolar  asrlar  davomida  jahon  madaniyat  ummoniga  quyilib, 
uni  har  tomonlama  to ‘Idirib,  boyitib  kelmoqda.  Shuning  uchun  ham 
bu  muazzam  musiqiy  durdona  YUNESKO  tomonidan  jahon  madaniy 
merosi  ro ‘yxatiga  kiritilgani  chuqur  та ’no  va  ahamiyatga  ega “.
Maqom  ashulalarining  she’riy  matni  Rudakiy,  Jomiy,  Navoiy,  Fu- 
zuliy,  Bedil,  Bobur,  Nodira  va  Mashrab  singari  turkiy  va  forsiy  tilli 
mumtoz  shoirlaming  lirikasidan  tuzilgan.  Shashmaqom  og‘zaki  tarzda 
ustoz-shogird  an’anasi  shaklida  avloddan  avlodga  o‘tib  kelmoqda.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish