0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

73


Buyuk  Britan iy a -  
Rossiya  raqobatchiligi
Buyuk  Britaniya 
ckspcditsiyalari
XIX  asrning  birinchi  yarmida  Buyuk  Bri­
taniya  va  Rossiya  o‘rtasida  0 ‘rta  Osiyo- 
da  raqobat  kuchayib  ketdi.  Bunga  bu  ikki 
mustamlakachi  davlatlarning  o'zbck  davlatlari  hisobiga  yangi  mus- 
tamlakalarga  ega  bo‘lishga,  ularning  bozorlarini  va  boy  xomashyo 
manbalarini  qo‘lga  kiritishga  intilishlari  sabab  bo‘ldi.
Hindistonda  mustahkam  o‘mashib  olgan  Buyuk  Britaniya  Rossiya- 
ning  o‘zbek  davlatlaridagi  ta’sirini  yo‘qqa  chiqarish  hamda  ularni 
o‘z  ta’sir  doirasiga  olish  maqsadida  maxsus  ekspeditsiyalar  yubora 
boshladi.  Ekspeditsiyalar  zimmasiga,  ayni  paytda,  mahalliy  nufuzli 
kuchlar  bilan  aloqa  o'rnatish  vazifasi  ham  yukiatildi.
Buyuk  Britaniya  dastiab  1825-yilda  zobit 
U. Murkford  boshchiligida  ekspeditsiya  yubor- 
di.  Ekspeditsiya  natijasida  inglizlar  Buxoro 
amirligini  har  tomonlama  o‘rganishga  va  mahalliy  hukmdorlar  orasida 
o‘zlariga  tarafdor  guruhni  shakllantirishga  muvaffaq  bo‘ldilar.
Murkford  ekspeditsiyasidan  xabar  topgan  Rossiya  tashvishga  tushdi. 
Natijada,  Rossiya  hukumati  Buxoro  amiri  Haydarga  inglizlarning  Bu- 
xorodagi  xatti-harakatidan  noroziligini  bildirdi.
1832-yilda  Aleksandr  Byorns  boshchiligida  navbatdagi  ingliz  mis- 
siyasi  Buxoroga  keldi.  U  o ‘zini  arman  savdogari  deb  tanitdi  va  Bu­
xoro  amirligi  qo‘shbegisi  bilan  aloqa  bog‘lay  oldi.  Buyuk  Britaniya 
hukumati  Hindiston  bilan  0 ‘rta  Osiyo  o ‘rtasida  savdo  aloqalarining 
kengayishiga  o‘zining  o‘zbek  davlatlaridagi  ta’sirini  qaror  toptirishning 
asosiy  yo‘li  deb  qarar  edi.  Shuning  uchun  ham  Buyuk  Britaniya  hind 
savdogarlariga  o‘zbek  davlatlari  bilan  savdo-sotiq  aloqalarini  yo‘lga 
qo‘yishlarida  katta  yordam  ko‘rsatdi.
A. Byorns  mamlakat  hududida  katta  razvedka  ma’lumotlari  ham 
to!play  oldi.  Bu  elchilik  missiyasi  0 ‘rta  Osiyoda  Buyuk  Britaniya 
savdosining  rivojlani shiga  yordam  berdi.
1839-yili  Buyuk  Britaniya  Afg‘onistonga  qarshi  harbiy  harakatlar 
boshlaganida  Rossiya—Buyuk  Britaniya  munosabatlari  yanada  keskin- 
lashdi.  Agar  Afg‘oniston  bosib  olingudek  bo‘lsa,  navbat  Olrta  Osiyoga 
kelishi  mumkin  edi.
Rossiyaning  Qrim  urushidagi  mag‘lubiyati  0 ‘rta  Osiyoning  Rossiya 
uchun  siyosiy  va  strategik  ahamiyati  qanchalik  katta  ekanligini  ko‘r- 
satdi.
74


Rossiyaga  Buyuk  Britaniya  harbiy  flotining  Qora  dengizdan  xavf 
solish  imkoniyatini  yo‘qqa  chiqara  oladigan  omil  zarur  edi.  0 ‘rta 
Osiyoni  egallash  ana  shunday  omil  bo‘la  olardi.  Chunki  Rossiya  Bu­
yuk  Britaniya  uchun  o‘ta  muhim  bo‘lgan  Hindistonga  bevosita  tahdid 
solish  imkoniga  ega  bo‘lardi.  Buyuk  Britaniya  esa  buni  aslo  ista- 
mas  edi.  Rossiyaning  Hindistonga  tahdid  solishi  mumkinligi  Buyuk 
Britaniyani  Qora  dengiz  sohillariga  tutash  Rossiya  hududlariga  xavf 
solish  imkoniyatidan  mahrum  etdi.  Ikkinchidan,  0 ‘rta  Osiyoni  egallash 
rivojlanib  borayotgan  Rossiya  sanoatini  arzon  xomashyo  bilan  to‘la 
ta’minlash  imkonini  ham  berardi.  Ana  shu  ikki  omil  bundan  keyin 
Rossiyaning  Ocrta  Osiyo  davlatlari,  jumladan,  Buxoro  amirligiga  nis- 
batan  tutadigan  bosqinchilik  siyosatini  belgilab  berdi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish