bordi. Chunki Rossiya sanoat mahsuloti taklif qila olar edi. Ayni
paytda. Rossiya savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlay oldi.
1804-yili Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi
qurildi. Ular Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi savdoda mu-
bun o‘rin tutdilar. Savdogarlar qarorgohi tobora kengayib bordi.
Shu tariqa, amirlik iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo qilishga mo‘l-
jallangan o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘la bordi. Buni, xususan,
amirlikda yetishtirilgan 16 ming tonna paxtaning hammasi Rossiyaga
sotilganligi, amirlikka har yili faqat to‘qimachilik sanoati mahsulot-
larining o‘zidan ikki million rublli tovar eksport qilinganligi, shu-
ningdck, 1844-yilda 0 ‘rta Osiyo davlatlari — Rossiya tashqi sav-
dosida amirlikning ulushi 25 foizni, 1864-yilga kelib esa 42 foizni
tashkil etganligi ham tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: