0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


-§.  Qo‘qon  xonligida  harbiy  ish



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

35-§.  Qo‘qon  xonligida  harbiy  ish
.  . 
Qo‘qon  xonlari  ham  ichki  va  tashqi  siyo-
Muntazam ^qojhinning 
satda  qo‘shinning  ahamiyatini  juda  yaxshi
anglaganlar.  Shuning  uchun  ham  Olimxon 
1805-yilda  birinchi  bo‘lib  xonlikda  10  ming  kishilik  muntazam  qo‘- 
shin  tuzdi.  Bu  qcrshinning  asosini  tog‘li  tojiklar  tashkil  etdi.  Nav- 
kariya  deb  atalgan  mazkur  muntazam  qo‘shin  o‘qotar  qurollar  bilan 
qurollantirildi  va  tez  orada  barcha  qo‘shinning  zarbdor  kuchiga
9—0 ‘zbekiston  tarixi,  8-sinf
129


aylandi.  Umarxon  davrida  ularning  soni  12  ming  kishiga  yetkazildi. 
Xudoyorxon  esa  Usmonli  davlatidan  sifatli  tayyorlangan  miltiq  (vin- 
tovka)  olib  keltirdi.  Ayni  paytda,  xonlikda  qilquyruq,  qoraqozon  va 
qoracherik  deb  ataluvchi  nomimtazam  qo‘shin  ham  saqlab  qolindi. 
Ular  yordamchi  bo‘linma  hisoblanardi.  Yordamchi  bo‘linma  zaruratga 
qarab  aholi  soniga  va  hududlarning  iqtisodiy  ahvoliga  qarab  to ‘p- 
langan.
XIX  asming  30—40-yillarida  xonlikda  jami  30  ming  askar  bor 
edi.  Xonlikdagi  barcha  mehnatga  yaroqli  erkaklar  harbiy  xizmatga 
chaqirilishi  mnmkin  edi.  Qaysi  hudud  qancha  askar  yuborishini  huku- 
mat  oldindan  belgilab  qo‘yardi.  Muntazam  qo‘shinga  olish  meros  tar- 
zida  bo‘lgan.  Ya’ni  ota  vafot  etsa  yoki  harbiy  xizmatga  noloyiq  bo!lib 
qolsa,  o‘miga  o‘g‘li  chaqirilgan.  Askarlik  ro‘yxatiga  kiritilgan  kishi 
o‘z  xohishiga  ko‘ra  undan  chiqa  olmagan.  Ayni  paytda,  oilaning  yol- 
g ‘iz  erkagi  xizmatga  olinmagan.  Tinchlik  vaqtlarda  har  kuni  askarlar- 
ning  1/10  qismiga  oila  a’zolari  bilan  ko‘rishib  kelishga  ruxsat  etilgan.
.  . 
.  . 
Qo‘shin  tarkibiy  jihatdan  sipoh  (otliq),  to ‘p-
Qo  shinning  tarkibiy 
(artilleriya),  sarboz  (piyoda)  va  sara-
qismi  va  boshqarish 


|   ,
langan  maxsus  bo  lim  (galabotit  va  mergan-
lar)  deb  ataluvchi  4  qismdan  iborat  bo‘lgan. 
Tabiiyki,  u  davrda  otliq  qo‘shin  qo‘shinning  asosini  tashkil  etgan. 
Muntazam  tartibda  xizmat  qiladigan  har  bir  otliq  askarga  davlat  to- 
monidan  bahosi  80  tillagacha  turadigan  ot  va  egar-jabduq  berilgan. 
Xonlikda  20  ming  nafar  otliq  askar  xizmat  qilgan.
Xudoyorxon  nisbatan  zamonaviy  to'pchi  qo'shimsx  tuzdi.  Qo‘shin 
qo’mondoniga  harbiy  harakat  chog‘ida  amiri  lashkar  unvoni  berilgan. 
U  qo‘shinning  Bosh  qo!mondoni  sanalib,  harbiy  harakat  uchun  shax- 
san  mas’ul  bo‘lgan.  Qo'shinda  mingboshi  (oliy  qo‘mondon),  amiri 
lashkar,  qo ‘shbegi  (o‘z  qo‘shiniga  ega  beklik  hokimi),  botirboshi 
(bekliklardagi  harbiy  ishning  ahvoli  uchun  mas’ul),  valiy  (noib, 
artilleriya  qo‘mondoni),  qal’abon  (harbiy  qal’alar  uchun  mas’ul 
shaxs),  qo ‘rboshi  (qurol-aslaha  ishlab  chiqarish  ustaxonasi  va  om- 
borxona  boshlig‘i),  yovar  (amiri  lashkar  maxsus  bo‘linmasi  boshli- 
g ‘i),  to'pchiboshi  (to’pchilar  bo’linmasining  boshlig‘i),  to'qsoba  (o‘z 
tug‘iga  ega  bo‘lgan  harbiy  bo'linma  boshlig'i)  va  ponsadboshi  (500 
nafardan  iborat  harbiy  qo’shin  qo’mondoni)  kabi  oliy  darajali  har­
biy  mansablar  mavjud  edi.  Harbiy  harakatlar  paytida  xonning  xos 
130


Qo‘shin  ta ’minoti
soqchilari  askarlarni  jangda  ruhlantirib  turgan.  Chekinayotganlarga 
burch  haqida  eslatib  turish  ham  ularning  vazifalariga  kirgan.
Qozi  askar  harbiy  harakat  boshlanishidan  oldin  xon  aomidan  ji- 
hod  e’lon  qilgan.  Bundan  tashqari,  o'ljani  baholagan  va  qo‘shinning 
ma’naviy  qiyofasi  uchun  ham  javobgar  bo‘lgan.
Qozi  rais  esa  qo!shin  muftiysi  bergan  fatvo  ijrosining  ta’min- 
lanishini  nazorat  qilgan.
Harbiy  harakatlar  chog‘ida  har  bir  boMinmada  5  kishilik  guruh 
ham  faoliyat  yuritgan.  Ularning  vazifasi  yarador  bo‘lgan  askarlarni 
jang  maydonidan  olib  chiqish  hamda  halok  boMganlarni  dafn  etishdan 
iborat  edi.
Harbiy  harakatlarni  boshlashdan  oldin  qo‘shin  ilg'or  (oldingi  qism), 
maymana  (o‘ng  qanot),  maysara  (chap  qanot)  va  markaz  qismlariga 
bo‘lingan.  Xonlikda  1000  kishidan  iborat  qo‘shin  boMinmasi  tu g ‘ 
(minglik),  500-1000  tagacha  qo'shin  hoMinmasi  bayroq  deb  atalgan. 
Yuzlik  bo‘linma  esa  elliklikka,  elliklik  esa  o'nlikka  bo'lingan.
Har  bir  davlatda,  ayniqsa,  kam  taraqqiy  et- 
gan  davlatlarda  qo‘shin  saqlash  juda  katta 
xarajat  talab  qilgan.  Xarajatlarning  bari  soliq  tushumlari  hisobiga 
qoplangan,  albatta.  Shuningdck.  harbiy  xarajatlarni  qoplash  uchun 
aholiga  „miltiq  puli"  deb  ataluvchi  soliq  ham  joriy  etilgan  bo‘lib, 
u  o‘rtahol  oilalar  uchun  2,5  tilla,  hoy  oilalar  uchun  5  tilla  miqdorida 
belgilangan.  Harbiy  xizmatchilarga  unvoniga  qarab  bir  yilga  200  tan- 
gadan  8  ming  tangagacha  pul,  shuningdek,  20  botmondan  2  ming 
botmongacha  g‘alla  berilgan.
Yuzboshiga  bir  yilda  147  kumush  tanga,  ellikboshiga  98  tanga, 
o‘nboshiga  65  tanga,  oddiy  askarga  esa  43  tanga  haq  to‘langan.  Har­
biy  harakatlar  oldidan  esa  yuzboshiga  2  tilla,  ellikboshi  va  oddiy 
askarga  1  tilladan  berilgan.  To!g!ri,  xonlikning  harbiy  kuchlari,  ular­
ning  harbiy  tayyorgarlik  darajasi  juda  past  bo‘lgan.  Chunki  qo'shin 
uchun  zohitlar  tayyorlaydigan  maxsus  harbiy  bilim  yurtlari  tashkil 
etilmagan.  Askarlarga  harbiy  ish  maxsus  harbiy  ta’lim  olmagan  kishi- 
laming  o‘z  saviyalariga  yarasha,  to‘plagan  tajribalariga  tayangan  holda 
o‘rgatilgan,  xolos.  Bunday  kishilar  shogirdpeshalar  deb  atalishgan. 
Muntazam  qo'shin  yiliga  ikki  marta  harbiy  ko‘rikdan  o‘tkazib  turil- 
gan.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish