0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Amir  Nasrullo  istilosidan  ,Л™ Г  Nasrulloning  Q o‘qon  xonligidagi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Amir  Nasrullo  istilosidan  ,Л™ Г  Nasrulloning  Q o‘qon  xonligidagi 
keyingi  siyosiy  ahvol 
hukmronligi  uzoqqa  cho‘zilmadi.  Chunki
amirning  Qo‘qondagi  noibi  Ibrohim  dod-
123


xoh  Qo‘qon  xonligi  aholisini  avval  undirib  kelingan  soliqqa  qo‘shim- 
cha  ravishda  Buxoro  amirligida  joriy  etilgan  soliqlarni  ham  to‘lashga 
majbnr  qildi.  Natijada.  butun  Qo‘qon  xonligi  hududida  1842-yili  katta 
qo!zg‘olon  ko‘tarildi.  Uning  oqibatida  amirning  Qo‘qondagi  noib  va 
beklar  hokimiyati  tugatildi.  Buxoro  amiri  hukmronligiga  qarshi  qo‘z- 
g‘olonni  tashkil  etgan  mahalliy  kuchlar  qipchoqlar  madadiga  tayangan 
edilar.  Qo‘zg‘olon  natijasida  Qo‘qon  xonligining  mustaqilligi  tiklandi. 
Taxtga  Norbo‘tabiyning  ukasi  Hojibekning  o‘g‘li  Sheralixon  (1842­
1845)  o!tqazildi.  Qo'qon  xonligi  mustaqilligini  tiklashda  minglar  qa- 
bilasiga  katta  madad  bergan  qipchoqlar  xonlikning  ijtimoiy-siyosiy 
hayotida  katta  mavqega  ega  bo‘lib  oldilar.
Ulaming  sardori  Musulmonqul  mingboshi  etib  tayinlandi.  Qo‘qon- 
dagi  mag‘lubiyatga  chiday  olmagan  Amir  Nasrullo  yana  Qo‘qonga 
yurish  qildi.  U  Qo‘qon  shahrini  40  kun  qamalda  tutdi.  Biroq  Amir 
Nasrulloning  qamalni  davom  ettirishiga  Xiva  xoni  Olloqulixonning 
Buxoro  amirligiga  qilgan  hujumi  xalaqit  berdi.  Amir  Nasrullo  Buxoro- 
ga  qaytishga  majbur  bo!ldi.
Musulmonqul  1845-yilda  0 ‘sh  aholisining  soliqlarning  haddan 
tashqari  og‘irligidan  norozi  bo‘lib  ko‘targan  qo‘zg‘olonini  bostirish 
uchun  qo‘shin  bilan  yuborildi.  Bundan  foydalangan  Isfara  hokimi  Sa- 
marqandda  istiqomat  qilib  turgan  marhum  Olimxonning  o ‘g‘li  Mu- 
rodxonni  olib  kelib,  Qo‘qon  taxtiga  o‘tqazdi.  Biroq  Musulmonqul 
Namanganga  qaytib  keldi  va  qizini  marhum  Sheralixonning  o‘g‘li  Xu- 
doyorga  nikohlab  berdi.  13  yoshli  Xudoyorxon  bu  davrda  Namangan 
hokimi  edi.  Shundan  key in  Musulmonqul  Murodxomii  taxtdan  ag‘dardi 
va  kuyovi  Xudoyorni  o ‘tqazdi.
.  _ 

Xudoyorxon  yosh  bo‘lganligi  tufayli  xonlikni
njzolarning 
amalda  qaynotasi  Musulmonqul  boshqarardi.
Shunday  qilib,  xonlikda  qipchoqlar  hukmron- 
ligi  davri  boshlandi.  Endilikda  qipchoqlar  Qo‘qonga  yoppasiga  ko‘chib 
kela  boshladilar.  Mahalliy  aholini  shahardan  haydab  chiqarib,  ulaming 
uy-joylariga  o‘rnashib  ola  boshladilar.  Sug‘orish  inshootlarini  qo‘lga 
kiritdilar.  Aholi  endi  suv  uchun  ham  soliq  to ‘laydigan  bo‘ldi.
Bu  siyosat  mahalliy  aholining  qattiq  noroziligiga  sabab  bo‘ldi  va 
xonlikda  hukmronlarga  qarshi  qo‘zg!olon  ko‘tarish  xavfini  tug‘dirdi. 
Bunday  vaziyatda  Musulmonqul  o ‘z  mavqeyini  yo'qotmaslik  uchun 
ruslar  bilan  aloqa  o4rnatishga  intildi  va  rus  qo‘mondonligi  vakili 
124


V. Velyaminov-Zernov  bilan  maxfiy  ravishda  uchrashdi.  Qaynotasining 
bu  harakati  Xudoyorxonni  qattiq  cho‘chitib  qo‘ydi.  Shuning  uchun 
ham  u  endi  qaynotasi  Musulmonqul  va  qipchoqlar  hukmronligiga  xo- 
tima  bcrishga  qaror  qildi.
1852-yil  9-oktabr  kuni  Xudoyorxon  Toshkentdan  chaqirilgan  qo‘- 
shin  bilan  qipchoqlar  qirg‘inini  uyushtirdi.  Qaynotasi  Musulmonqul 
asir  olinib,  qatl  etildi.  Qipchoqlaming  mol-mulki  musodara  qilindi. 
Shu  tariqa,  Musulmonqul  va  qipchoqlar  hukmronligi  barham  topdi.
Qipchoqlaming  hokimiyatdan  chetlashtirilishi  mamlakat  ichida  si- 
yosiy  barqarorlikka  olib  kelmadi.  Aksincha,  ichki  beqarorlikdan  foy- 
dalangan  mahalliy  bekliklar  ayirmachilik  harakatini  kuchaytirdilar. 
Oqibatda  shimoldan  Rossiya  imperiyasi  bosqini  xavfi  ostonaga  yaqin- 
lashib  qolganiga  qaramay  ichki  nizolarga  barham  bera  olmadilar. 
Toj-u  taxt  uchun  beayov  kurash  davom  etdi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish