19-MAVZU.
SUG‘URTA TASHKILOTINING
IQTISODIY- MOLIY'AVIY FAOLIYATI
19.1. Sug'urta faoliyatida iqtisodiy munosabatlar va ularning paydo bo‘lishi
Sug‘urta faolivatini amalga oshirish uchun sug'urta tashkilotlari sug'urta
badallari hisobidan pul mablag'lari fondini tashkil qiladi. Pul fondini yetishmasligi
uning moliyaviy ahvolini murakkablashtirishi mumkin. Sug'urta fondlari maqsadli
ishlatiladi va zararlar vuz bergan vaqtida qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug'urta
fondi mablag‘lari davlat tomonidan olib qo'yilishi va soliqqa tortilishi amaldagi
qonunchilikda taqiqlanadi.
Sug‘urta tashkilotlari vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini. zaxiralami
investitsiva qilish orqali qo'shimcha daromad oladi.
Sug'urta sohasidagi munosabatlar quyidagi yo'nalishlarda namoyon boiadi:
• fuqarolar va sug'urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan
fuqarolik-huquqiy
munosabatlar;
• sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar;
• fuqarolar va maxsus davlat organlari o'rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-
huquqiy munosabatlar;
• sug'urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o'rtasida paydo
bo'ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar.
Har-bir munosabat vo‘nalishida sug'urta tashkilotlarining moliyaviy xarakterga
ega boigan munosabatlari mavjud.
Yalpi milliy daromadning qayta taqsimlanishi natijasida sug'urta fondlari
tashkil qilinadi va moliyaviy munosabatlarining dastlabki urinishi yuzaga keladi.
Sug'urta fonlari turlicha guruhlanadi. Ular sug'urta fondlariga, sug'urta
zaxiralariga bo'linishi mumkin.
O 'z navbatida sug'urta fondlari markazlashgan va markazlashmagan fondlarga
ham bo'linadi. Markazlashgan fondlar makroiqtisodiy maqsadlarda shaklantiriladi.
Markazlashmagan fondlarga sug'urta tashkilotlarining fondlarini misol qilib
keltirishimiz mumkin.
Joriy yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlari hisobidan sug'urta fondlari
tashkil qilinadi. Sug'urta qoplamasini to'lash imkoniyati bo'lmaganda ushbu sug'urta
qoplamasini to'lash uchun fovdalaniladigan pul mablag'lari sug'urta zaxiralari
deyiladi.
Asosiy sabab, sug'urta hodisalari yuz berishi vaqt bo'yicha va makonda
farqlanishi mumkin. Avrim yillari sug'urta hodisalari kam. boshqa yili esa ko'proq
zararlar ketirishi mumkin. Agar sug'urta hodisalai'i soni ko'p bo'lib, ko'rilgan zarar
miqdori joriy yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlariga nisbatan ortiq bo'lsa. Bunday
holatlarda sug'urta zaxiralari mablag'laridan foydalanadi.
Sug'urta faoliyatida moliyaviy munosabatlar sug'urta fondlaridan foydalanish
jarayonlarida yuzaga keladi. Sug'urta fondlari mablag'lari sug'urta qoplamalari
to'lash orqali ishlatiladi.
225
Mol-mulk va javobgarlik sug‘urtasida sug'urtalanuvchining uchinchi shaxsning
mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zarami qoplash uchun sug‘urta fondidan
toianadigan pul mablag'i sug‘urta qoplamasi deb ataladi. Sug‘urta qoplamasi
sug‘uria summasi me’yorida amalga oshiriladi.
Sug'urta
munosabatlari
moliyaviy
munosabatlar
bo‘lsada
moliyaviy
munosabatlardan va kredit munosabatlardan o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Sug'urta
munosabatlarida sug'urta fondlari faqat sug‘urta fondi qatnashchilarining badallari
hisobidan
shakllantiriladi.
Sug'urta
fondining
qatnashchilari
chegaralangan
hisoblanadi.
Sug‘urta munosabatlari moliya munosabatlaridan qatnashchilaming soni bilan
ham farq qiladi. Moliya munosabatlarida, xususan davlat byudjetining qatnashchilari
ko'pchilikni tashkil qiladi. Davlat byudjeti qatnashchilariga pul mablag'lari yordam
berilishi adresli xarakterga ega emas. Sug‘urta fondi qatnashchilariga sug'urta
qoplamalari berish adresli xarakterga ega.
Hayot sug'urtasida sug'urta tashkilotlari sug'urta qildiruvchilarga ssudalar
berish bilan ham shug'illanadilar. Sug'urtaning ushbu belgisi kredit munosabatlariga
uni yaqinlashtiradi.
Sug'urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati bilan shug'illanishi ma'lum.
Ulaming investitsiya faoliyatlari jarayonlarida ham moliyaviy munosabatlar yuzaga
kelishini takidalash zarur.
Sug'urtada moliyaviy munosabatlarining o'ziga xosligi shundan iboratki
sug'urta fondlari qaytarilish xarakteriga ega. Sug'urta hodisasi olib kelgan zararlar
sug'urta fondi qatnashchilariga qavtariladi. Natijada sug'urta fondi tor doirada qayta
taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiy munosabatlar barcha qayta ishlab chiqarish jarayonlarida,
xo’jalik yuritishning etaplarida, ijtimoiy sohalaming barcha sohalarida yuzaga keladi.
Sug'urta ishlab chiqarishi munosabatlarida ijtimoiy zaruratni anglatuvchi stexik
munosabat - iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
Sug'urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasiga bo'ysinuvchi
hisoblanadi. Moliya sifatida sug'urta pul shaklidagi qiymatning shakllantirish va
maqsadli ishlatish bilan bog'li daromadlami taqsimlash va qayta taqsimlash
jarayonlarida yuzaga keladi.
Ammo, moliya daromad va jamg'armalami taqsimlash va qayta taqsimlash
jarayonlarida yuzaga kelsa, sug'urta tasodifiy hodisa keltirgan zararlami qoplab berish
maqsadida daromadlami qayta taqsimlash jarayonlarida yuzaga keluvchi iqtisodiy
kategoriya hisoblanadi.
Sug'urta tashkilotlarining moliyaviy asoslarida sug'urta tashkilotlarining
moliyaviy potensiali va resurslar muhim ahamiyat kasb etadi va keyingi paragrafda
ko'rib chiqiladi.
226
Do'stlaringiz bilan baham: |