32.2. Internet orqali sug'urta mahsulotlarini sotishning qulayliklari
Internet sug'urta mahsulotlarini
sotishning yangi
kanali
hisoblanadi.
Intemetdan foydalanib, sug'urta qiluvchilar an’anaviy sotuv kanali tashkil qilish
borasida uzoq muddatli va qimmatbaho jarayonni aylanib o'tgan holda bozorga kirib
borishi mumkin.
Bu bozorga kirishning internet hisobiga yengillashuvi butun dunyo sug'urta
bozorlarida raqobatning kuchayishiga olib kelishi lozim. Kuchli raqobat sug'urta
qiluvchilami narhlami pasaytirishga majbur qiladi, bu esa iste’molchilarda ijobiy aks
etadi.
Elektron tijorat sug'urta qiluvchilarga xarajatlami pasaytirish va sug'urt"
bozori «shaffof» ligini oshirishga imkon beradi. Sug'urta turlariga keladigan bo'lsak,
hayot va salomatlik, uy-joy, dala hovli, ax'tomobil, moddiy boyliklar (sun
V
392
yo'ldoshlardan tortib samat asarlarigacha). devarli barcha xizmat turlari (qurilish-
montaj ishlaridan tortib sport bilan shug'ullanishgacha) va bar xil majburiyat turlari
(fuqarolik majburiyatidan professional majburiyatgacha) sug'urta qilinadi.280
Yevropada AQSH va Rossiyada umuntiy sug'urta turlariga kiradigan
avtosug'urtaga Intemetda talab eng katta. Umumiy sug'urta bilan taqqoslaganda
hayotni sug'urta qildirish bilan ikki baravar kamroq respondentlar qiziqadi.
Shartnomani faqat bir necha marta uzaytirishning o'zi evaziga foyda olish
mumkin bo'lgan ushbu biznesda sug'urta qildiruvchilar moyilligi juda katta
ahamiyatga ega. Ta'kidlash joizki, agent orqali sug'urta qildirgan mijozlar odatda
polisni huddi shu agent orqali uzaytiradi, virtual mijozlar esa sug'urta qiluvchilami
tez-tez o'zgartirib turishga moyil bo'ladi.
M ukammal virtual sug'urta ofisi
• mijozga kontpaniyaning umumiy va molivaviy holati haqida to'liq ahborot
taqdim etish;
• mijozga kompaniya hizmatlari haqida axborot taqdim etish va u bilan tanishib
chiqish uchun imkon berish;
• sug'urta mukofoti hajmini hisoblab chiqish va sug'urtaning har bir turi uchun
va muavyan ko'rsatkichlarga qarab to'lov shartlarini belgilab berish:
• sug'urta qilish uchun ariza shakllarini to'ldirish;
• bevosita internet orqali sug'urta polisini buyurtma qilish va toiovni amalga
oshirish:
• vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan to'lovlami (sug'urta mukofotini bo'Iib-
bo'lib to'lashda) bevosita Internet orqali to'lash;
• sug'urta qiluvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan polisni
mijozga uzatish bevosita internet tarmog'i orqali amalga oshiriladi;
• shartnomaning amal qilish davri mobaynida sug'urta qiluvchi va sug'urta
qildiruvchi
o'rtasida
axborot
almashinish
imkoniyati
(mijozning
sug'urta
kompanivasidan turli hisobotlar, jumladan, to'lovlar va tushumlar, shartnomalar holati
va ularning o'zgarish tarixi haqida hisobotlar olishi);
• sug'urta holati ro'y berganda tomonlar o'rtasida axborot ayirboshlash;
• sug'urta holati ro'y berganda internet tarmog'i vositasida sug'urta qildiruvchiga
sug'urta mukofoti to'lash;
• sug'urta qiluvchining mijozga boshqa turdagi hizmatlar va axborot taqdim
etishi: konsalting, sug'urta atamalari lug'ati va b.
280 Jask Kinder,Jr.Garrv K inder’Secrets o f Successful Insurance Sales"
393
Intern et-sug ‘u rtada mu him pozitsiyalar
>
o'zining sug'urta xizmat ko'rsatish holatini onlayn ko'rib chiqish
imkoniyati;
>
onlayn-sug‘urtada xarajatlar pastligi voki eng yahshi stavkalar
>
onlayn-hizmatlar taqdim etuvchi kompaniyalarni tanlash imkoniyati
kengroq;
>
havfsizlikning ortishi;
>
o'zining moliyaviv vaziyatini onlayn o'zgartirish imkoniyati:
>
sug‘urtaning moslashuvchanroq turlari:
>
onlav-sug'urta jarayonlarining yengillashuvi;
>
mintaqadagi barcha sug'urta qiluvchilaming xizmatlarini taqqoslash
imkoniyati;
>
o'z qo'li bilan imzo qo'ymagan holda bitim tuzish imkoniyati.
Saytlarda mijoz hizmatlar tavsifini oladi. berilgan tavsifnomalar bo'yicha polis
qiymatini hisob-kitobini amalga oshirish (sug‘urta kalkulyator). onlayn rejimida
buyurtmajo'natish, shuningdek, sug'urta hujjatlaridan nusxa olishi mumkin.
Saytda konferensiya mavjud, shuningdek, firma maslahatchisiga saytdagi
konferensiyada voki elektron pochta orqali savol berish, tez-tez va ko‘p beriladigan
savollaming javoblari bilan tanishib chiqish mumkin. Nostandart vaziyatlarda
mukofotni hisob-kitob qilish uchun internet orqali so'rov jo'natish mumkin, sug'urta
bozori sharxlari, normativ hujjatlar taklif etiladi.
Ayrim saytlarda polisni uzaytirish, sug'urta holati haqida ariza to'Idirish
imkoniyati mavjud. Polisni internet orqali harid qilishda mijoz odatda chegirma -
qoidaga ko'ra, polisning bazaviy qiymatining 5% miqdorida chegirma oladi.
Mutaxassislaming ma'lumotlariga ko'ra, onlayn sug'urta sug'urta kompaniyalarining
harajatlarini pasaytirishga imkon beradi. Shuning o'ziyoq sug'urta badallarini
pasaytirishga imkon beradi. Tarmoq orqali tuzilgan shartnomalaming aksarivati
bo'yicha toiovlar an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.
Mijozlar polisni oldindan yozdirib olgan holda internet orqali kompaniyaga
shartnoma uchun pul to'lashga keladi yoki sug'urta agentini chaqiradi (polisni
berishda naqd pul bilan to'lash). Polis ko'rsatilgan haqini to'lab olish shaiti bilan
pochta orqali jo'natilishi mumkin. Uzoqda vashaydigan mijozlar to'lov summasi
ko'rsatilgan schyotni va kompaniyaning bank rekvizitlarini saytdan chiqarib olgan
holda polis uchun toiovni bankda to'lashi mumkin (bunda xizmatlar uchun
qo'shimcha foiz ko'rinishida haq olinadi).
Sug'urtaning hamma turlarini ham virtual ravishda amalga oshirib bo'lmavdi.
Shunday sug'urta hizmatlari mavjudki, ulami avtomatlashtirib bo'lmaydi, shu sababli
ulaming onlayn-savdosini tashkil qilishning ham imkoni yo'q. Masalan, sug'urta
qiluvchi xarid qilingan sanoat obyektlari, nufuzli binolami shartnoma imzolangunga
qadar albatta ko'rib chiqishi va baholashi shart, aks holda unga qandaydir harobani
3 9 4
aldab suqishlari mumkin. Ko‘pIab risklar ham. xususan. eleklron tijorat sohasidagi
risklarning aksariyati standartlashtirilmaydi.
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qabul qilingan qonun elektron polislardan
fovdalanishga imkon bcradi. Hamma narsa saytda rasmiylashtiriladi va raqamli imzo
bilan tasdiqlanadi. Kuryemi yugurtirish zarurati qolmaydi va bu harajatlami yanada
pasaytiradi. Lekin buning uchun sertifikatsiya markazlari rivojlangan tizimi zarur va
bu vositaning intemetdan foydalanuvchilar orasida keng tarqalishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |