0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


-MAVZU. SUG‘URTANING  NAZARIY ASOSLARI  VA  IQTISOD1Y MOHIYATI



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

3-MAVZU.

SUG‘URTANING  NAZARIY ASOSLARI  VA  IQTISOD1Y MOHIYATI

3.1.  Sug'urtaning nazariy-iqtisodiy asoslari

O'zbekiston  Respublikasi  mustaqilligidan  so'ng  o'tgan  vaqt  mobaynida sug'urta 

sohasi  rivojlanishi  uchun  katta  imkoniyatlar  yaratildi.  Sug'urta  kompaniyalarining 

faoliyati  ushbu  qisqa  davrda  kutilgandan  ham  unumliroq  tarzda  takomillashdi. 

Sug'urta  kompaniyalarining  takomillashishiga  sabab.  O‘zbckiston  Respublikasining 

jahon  xo'jaligidagi  ishtiroki  salmog'i  oshib.  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  ko'lami 

kengayib  borayotganidadir.  Bu  borada  sug'urtaning  o'mi  barchaga  ma’lum.  Shu 

sababli  hozirgi  kunda sug'urta  kompaniyalar  risklarni  aniqlash.  ulami  tahlil  qilish  va 

baholash  hamda  kamavtirish  usullarini  qo'llash  sug'urta  kompaniyalarining  asosiy 

vazifalaridan biriga aylandi.

Har  qanday  iqtisodiy  faoliyat  foyda  olishga  qaratilganidek,  sug'urta 

kompanivalari  faoliyatidan ko'zlangan  natija ham  bu  birinchi  navbatda  foyda olishdir. 

U  esa  albatta  risk  bilan  bog'liq  bo'ladi.  Risk  tadbirkorlik  faoliyatining  eng  asosiy 

elementlaridan biri  hisoblanib, u keng  ma'noga ega boigan. ko'p qirrali  tushunchadir.

Iqtisodiyot  fanining  nazariyasi  va  amaliyotida  risk  kategoriyalari  juda  vuqori 

o'rinni  egallaydi,  bu  kategoriyalami  umumiy  nazariyasini  yaratish  va  uni  amaliy 

natijalarga tatbiq etish  fan olamidajuda ko'p ilmiy  izlanishlarni  talab qiladi.

Hozirgi  kungacha  jahon  olimlari  tomonidan  fan  olamiga  olib  kirilgan  juda 

ko'plab risk to'g'risidagi  tushunchalar ulami yuzaga keltiruvchi  omillami  oldini olish. 

baholash  va  boshqarish  usullari  hanuzgacha  to iiq   ishlab  chiqilmagan.  Bu  esa  riskni 

obyektiv va subvektiv jihatdan yanada to'liqroq  o'rganishni.  uni  funksiyasi.  qonun va 

qoidalarini yanada umumlashtirishni talab qiladi.

Riskni  yuzaga kelish tarixini  inson  paydo  bo'lishi  bilan  bog'lash  mumkin  voki 

inson  hayotini  ma’lum  bir  qismi  deb  izohlash  mumkin.  Rus  olimi  A.P.  Algin  riskni 

yuzaga  kelishini  shunday  izohlab  o'tadi,  "Risk-shunday  umumlashgan  hodisaki  u 

inson  sivilizatsiya jarayonini rivojlanishi  bilan chambarchas bog'liqdir’-devdi.16

Bu  jumla  ko'pgina  munozarali  ko'rinsada,  ammo  haqiqatdan  to'g'ri 

yondoshadigan  bo'lsak  hayotiy  tomonlama  eng  sodda  yo'l  bilan  asoslab  berilgan. 

Riskni  nazariy  jihatdan  sodir  bo'lish  jarayonini  aniqlash  juda  murakkab,  chunki  bu 

jarayon  birinchidan,  risk  to'g'risidagi  tushunchalar  umumlashtirilayotgan  bo'Isa. 

ikkinchidan  riskni  alohida o'rganish  bo'yicha  ilmiy  izlanishlar juda kam.  Bu  esa risk 

nazariyasini  iqtisodiy  nazariyani  yoki  boshqa  fanlami  ma’lum  bir  qismi.  bo'limi 

sifatida  emas,  balki  alohida  bir  "risk-nazarivasi”  fani  sifatida  o'qitish,  o'rganishni 

taqozo etadi.

Risklarni  iqtisodiy  kategoriya  va  subyekt  sifatida  yuzaga  kelishida  iqtisodiy 

munosabatlaming  rivojlanishi  muhim  rol  o'ynaydi.  Risk  tushunchasi  ko'p  qirrali 

so'zlar  bilan  umumlashgan  bo'lib,  har  bir  jumla  orqali  yoritilgan  ma’lum  bir 

yo'nalishlarini  belgilab  bergan. *

 2

2

l6Ajn,inH A 11  P



hck

 

h



 ero pojn, 

b

  o6mecTBeHHO0 



hochh

, M.:  M


bicjib

.  1989.  C.  188.

22



Bu  csa  riskni  talqin  etishda  turlicha  izohlami  keltirib  chiqargan.  Riskni  talqin 

qilish  sinonimini  yaratish  har  xil  adabivotlarda  turlicha  izohlanadi.  “Risk"  so'zi 

ispancha-portugalcha  so'zdan  olingan  bo'lib  "suv  ostidagi  qova”  degan  ma’noni 

biidiradi.  Taniqli  iug‘atshunos  S.  N.  Ojegovning  rus  tili  lug'atida  “risk”  bu 

“muvaffaqiyatga  intilish.  baxtli  hodisadan  umid"  degan  ma’noni  anglatadi  deyilsa, 

mashhur  Vebstera  lug'atida  riskka  “xavf.  zarar  yoki  talofat  ko'rish  ehtimoli”  deb 

qaralgan.  V.T.  Sevruk “risk -  bu  hoi,  bir ishiab  chiqaruvchining situativ holati"  degan 

ta’rif  bergan  bo'lsa17,  rus  olimi  A.Olshanniy  “risk-bu  zarar  ko'rish  yoki  manfaatni 

qoidan chiqarish bilan bog'Iiq ehtimollar o'lchamidir” degan ta'rif beradils.

Professor  V.M.  Usoskin  “Risk  doimo  noaniqlik  bilan  birga  kelib,  oxirgi  o ‘z 

navbatida  oldindan  ko'ra  bilish  yoki  mumkin  bo'lmagan  voqealar  bilan  bog'liq 

b o iad i"1>deb  izohlaydi.  E.S.  Stoyanova  "Risk  bu  rcialashtirilgan  variantga  nisbatan 

daromad ola olmaslik yoki  zarar ko'rish  ehtimolidir”:0 deb ta’rif keltiradi.

Risklarni  mohiyatini  ochib  berishda ulami  har xil  sinonintlar bilan  qo'llaganda 

asosiy  ma'nosini  tahlil  etishda  prof.  SH.2.  Abdullayevaning  ishida  “Risk  xato. 

ikkilanish,  noaniqlik,  mavhumlik  va  hokazolar  deb  ta'rif berish  xalqaro  amaliyotga 

mos  kelmasligi  va  shu  holatga  yaqinlashgan  holda  “risk",  “bank  riski",  “kredit  riski" 

deb  yuritsak  maqsadga  muvollq"  deb  hisoblanadi.71  Har  bir  faoliyatni  amalga 

oshirishda ikkilanish yoki xavf-xatar bo'lishi mumkin.

Rus  olimlaridan  E.  F. Jukova,  S.  I.  Lukash va M.  Glariya riskni  xavf, yo'qotish 

deb  izohlashga  harakat  qilganlar.  M.  Glariya  risk  tushunchasini  vanada  murakkab 

ko'rinishda  asoslashga  harakat  qilgan.  Uning  fikricha  risk — bu  investomi  pul  topishi 

yoki  pulini  yo'qotishi  bilan  bog'liq  bo'lgan  tushuncha  deb  izohlaydi.  K o'p  olimlar 

riskni  “yo'qotish ehtimolligi” deb aytib o'tadilar.

Masalan,  YA.  S.  Melkumov  riskni  “moliyaviy  operatsiyalardan  yomon 

holatlami  kelib  chiqish  ehtimolligidir”  deb  ta’kidlasa,  V.  A.  Chelnokov  tijorat 

banklari  operatsiyalari  bilan  bog'langan  holda  “aktivlar  aylanmasining  yo'qotish 

ehtimolligi”  deb  izohlaydi.  G.  B.  Polyakova “r is k - b u   ko'zlangan daromad.  foydadan 

vuzaga  kelishi  mumkin  bo'lgan  yo'qotishni  ehtimolligidir’  deb  — ta’kidlab  o'tadi. 

Polina  Mixaylova  “risk  — bu  kutilmagan  holatlarda  yuzaga  keladigan  hodisa  bo'lib. 

ko'p  hollarda  aktivlami  baholashda  yoki  daromad  foizini  hisoblash  holatlarida 

namoyon bo'lishi mumkin” deb izohlaydi.

Sug'urta mohiyatan  murakkab  va  ko'p  qirrali  tushunchadir.  Bu  atama  iqtisodiv 

ishiab  chiqarish  va  iste’mol,  tabiiy  ofatlar  va  ko'ngilsiz  hodisalar,  shuningdek,  inson 

hayotida  sodir bo'ladigan  turli  favquloddagi  hodisalar  bilan  chambarchas  bog'langan. 

Jamiyat  iste’mol  qilishni  to'xtata  olmaganidek,  ishiab  chiqarishni  ham  inkor 

qilolmaydi.

Insoniyat  sivilizatsiyasining  moddiy  asosi  ishiab  chiqarish  hisoblanadi.  Lekin 

ishiab  chiqarishning  uzluksizligiga  tabiiy  ofatlar,  ko'zda  tutilmagan  favqulodda 

hodisalar  salbiy  ta’sir ko'rsatadi,  uning hajmini  kamaytirib,  mahsulotning  son va sifat 1

8

 9

 *



 2

1

 *



1

 'CeBpyK 

B.T. 

BaHKOBCKiie  pircKH. 



M .: 

ite rio . 

1995.  C.  3.

180.ibmamiMH  A.H.  BaHKOBCKiie  tcpeOTTOBamie  M.:  PH.JI,  1997.

l9ycocKim B.M.  CoBpeMeHHMH  KOMMepaccKirk  6aHK M.:  1994.

■° C


tobhobb

  E.C.  OiiHaHCOBLifl MeHeiDKMeHT.  M .:  1993.

21A bdullayeva  Sh.Z.  Bank  risklari  sharoitida  tijorat  banklarim ng  kredit  portfelini  diversifikatsiyalash.  T.:  M oliva

2002  y.


23


darajasini  pasaytirib  vuboradi.  Ishlab  chiqarishning  uzluksizligini  ta’minlash  uchun 

esa  vetkazilgan  zaraming  o'mini  tezda  to'ldirish,  fuqarolarga  esa  zarar  oqibatlarini 

tugatishda yordam berilishi kerak.

Bulling  uchun tashqaridan.  birinchi  navbatda,  moliyaviv  yordam  berilishi  talab 

etiladi.  Aynan  shunday  moliyaviv  qo'Ilab-quwatlash  tizimida  sug'urta  alohida  o'rin 

tutadi.  Yetkazilishi  mumkin  bo'lgan  katta  hajmdagi  zararlami  qoplash  uchun  yetarli 

miqdordagi  zaxira  shakllantirishi  lozim.  Bu  fondlar  asosan  yuridik  va  jismoniy 

shaxslar  to‘laydigan  sug'urta  mukofotlari  hisobida  shakllantiriladi.  uning  hisobidan 

vetkazilgan  zararlar  qoplanadi  va  favqulodda  hodisalaming  oqibatlari  tugatiladi. 

ishlab  chiqarishning  son  va  sifat  ko'rsatkichlari  o'sishiga erishiladi.  Mamlakatimizda 

sug'urta  endi  rivojlanib  kelavotgan  sohalardan  biri  bo'lib,  uning  iqtisodiyot 

rivojlanishiga qo'shadigan hissasi istiqbolli iahamiyatga egadir.

O'zbekiston  Respublikasi  sug'urta  bozori  yildan-yilga  jadal  sur'atlar  bilan 

rivojlanib  bormoqda,  lekin  ushbu  sohaning  umumiy  iqtisodiyotdagi  ahamiyati  hali 

yetarli  darajaga  ko'tarilmagan.  Sug'urta  sohasini  rivojlantirish  zaruratini  uning 

quyidagi xususiyatlariga egaligi bilan asoslash mumkin:

-   bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida  harqanday 

munosabatlarda  xavf-xatar, 

tavakkalchilik va qaltisliklaming mavjudligi;

-   sug'urta  tashkilotlarining  xo'ialik  subyektlarini  favqulodda  yuz  bergan 

hodisalar  oqibatida yetgan  zararlardan  himoyalash.  ya’ni  favqulodda  holat  natijasida 

korxonaning faoliyati to'xtab qolmasligi va davom  ettirilishini ta'minlashi;

-   mamlakat  iqtisodiyotiga  katta  miqdordagi 

investitsiyalami  kiritilishi 

munosabati bilan ulami sug'urtalash zaruriyatining kelib chiqishi;

-   hayot  sug'uitasi  orqali  aholining  ijtimoiy-iqtisodiv  himovasini  bozor 

iqtisodiyoti tamoyillari  asosida ta'minlashi;

-  mamlakat  umumiyi  qtisodiyotining  barqaror rivojlanishida  muhim  omillardan 

biri hisoblanishi va boshqalar.

O'zbekiston  Respublikasi  sug'urta xizmatlari  bozorida keng  qamrovli  iqtisodiy 

islohotlami  amalga  oshirish  turli  mulkchilik  shaklidagi  sug'urta  tashkilotlarining 

vujudga kelishi  bilan bir qatorda yangi  sug'urta xizmatlarini  yo'lga qo'yilishiga qulay 

shart-sharoit yaratdi.

Sug'urta mustaqil  iqtisodiy  kategoriva sifatida  iqtisodiy  munosabatlar tizimida 

muhim  o'rin  tutadi.  U  moliya?  kredit  kabi  iqtisodiy  kategoriyalar  bilan  chambarchas 

bog'liqdir.  Moliya  yalpi  ichki  mahsulotni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  natijasida 

vujudga  keladigan  maqsadli  pul  fondlarini  shakllanishi  va  undan  foydalanish  bilan 

bog'liq  pul  munosabatlarini  ifodalasa,  kredit  -   aholi,  korxona  va  tashkilotlar 

ixtiyoridagi vaqtincha bo'sh turgan mablag'lami jalb etish va undan  foydalanish bilan 

bog'liq  iqtisodiy  munosabatlar  yig'indisidir.  Sug'urta  oldindan  ko'rib  bo'lmaydigan 

tabiiy,  stixiyali  hodisalar  ro'y  berishi  natijasida ko'riladigan  zararlami  qoplash  bilan 

bog'liq  maqsadli  pul  fondlarini  shakllanishi  va  undan  foydalanish  bilan  bog'liq 

iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir.

Ilmiy  va  iqtisodiy  adabiyotlarda  sug'urtaning  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatini 

yoritishda  turlicha  vondashuvlar  mavjud  ekanligini  uchratishimiz  mumkin.  Masalan. 

H.R.Sobirov 

sug'urta  tushunchasiga  quyidagicha  ta’rif  beradi: 

Ko'pchilik 

adabiyotlarda sug'urta so'zi  xavf-xatar.  daxshat,  vahima  ma  nosida  ishlatiladi,  chunki



24


ko’rsatilgan  tabiiy  ofatlar  va  baxtsiz  hodisalar  natijasida  jamiyat  hayotiga  moddiy 

zarar yetkaziladi.

Lekin  sug'urta  deganda  ana  shu  ruhiy  holatlar  emas,  balki  bular  orasida 

vujudga  kelgan  va  paydo  bo'lishi  mumkin  boigan  favqulodda  zararlar  va  ulami 

kuchini  qirqishga  qaratilgan  tadbirlar.  zarar  natijasida  vujudga  kelgan  kamomadning 

o ‘mini  toidirish,  bu  yo'nalishda  yuzaga  keladigan  sug'urtalovchi  tashkilotlar  va 

sug’urtalanuvchilar  o'rtasidagi  munosabatlar  ko'zda  tutiladi22.  Bizning  fikrimizcha. 

bu yerda keltirilgan ta’rif sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini to'liq ochib beraolmaydi.

Buning  ustiga  H.R.Sobirov  tomonidan  yuqorida  berilgan  ta 'rif  uzundan-uzoq 

boiib,  sug’urtaning  mohiyatini  tezda  ilg'ab  olishni  qiyinlashtiradi.  2002  vilning  5 

aprelida  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  qabul  qilgan  ’’Sug’urta 

faoliyati  to 'g ‘risida"gi  Qonunning  3-moddasida  sug‘urtaga  qo'yidagicha  ta 'rif 

berilgan:  ‘‘Sug’urta  deganda  yuridik  yoki  jismoniy  shaxslar  to’laydigan  sug‘urta 

mukofotlaridan  shakllantiriladigan  pul  fondlari  hisobidan  muayyan  voqea  (sug’urta 

hodisasi)  yuz  berganda  ushbu  shaxslarga  sug‘urta  shartnomasiga  muvofiq  sug‘urta 

tovonini  (sug'urta  pulini)  to‘lash  yo’li  bilan  ulaming  manfaatlarini  himoya  qilish 

tushuniladi”2  .

Bu  ta’rifda  ta’kidlanishicha.  sug’urtadan  maqsad  sug'urta  hodisalari  (tabiiy 

ofatlar)  natijasida  yetkaziladigan  zararlami  qoplash  uchun  pul  fondlarini.  ya'ni 

sug'urta  fondlarini  tashkil  etishdir.  Jismoniy  va  yuridik  shaxslar  hisobidan 

shakllanidigan 

bu 


fondlami 

hosil 


qilishda 

sug’urta  tashkilotlari 

bilan

sug'urtalanuvchilar o'rtasidagi  munosabatlar sug'urta shartnomasida aks ettiriladi.



Jismoniy  va  yuridik  shaxslar  to’laydigan  sug’urta  mukofotlari  hisobidan 

shakllanadigan  sug'urta  fondlari  ulkan  miqdorlami  tashkil  etadi.  Sug'urta  fondi 

m ablagiari  sug'urta  hodisalarining  yuz  berishi  oqibatida  yetkazilgan  zararlami 

qoplashga  va  ular  miqdorlarini  kamaytirish  maqsadida  ogohlantirish  chora- 

tadbirlariga  sarflanadi.  Sug'urta  tushunchasiga  berilgan  bu  ta'rif  iqtisodiy  nuqtai 

nazardan emas,  balki  huquqiv jihatdan ahamiyatli ekanligini ta'kidlash o'rinlidir.

Rossiyalik  iqtisodchi  olim  B.Serbinovskiy  fikricha:  “sug'urta  —  yuridik  va 

jismoniy  shaxslar  to'laydigan  sug'urta  badallari  (mukofotlari)dan  shakllanadigan  pul 

fondlari  hisobidan  muayyan  voqea  (sug'urta  hodisasi)  ro'v  berganda  ushbu 

shaxslaming  mulkiy  manfaatlarini  himoya  qilish  bo'yicha  munosabatlar  tizimidir”24. 

Ammo  shuni  yoddan  chiqarmaslik  zarurki,  sug'urta  nafaqat  yuridik  yoki  jismoniy 

shaxslaming  mulkiy  manfaatlarini  himoya etuvchi  vosita,  balki jismoniy  shaxslaming 

hayotiga,  sog'lig'iga  baxtsiz  hodisalar  sodir  bo'lishi  natijasida  shikast  yetkazilganda 

ularga sug'urta to'lovlarini berish vo'li bilan himoya etuvchi vosita hamdir.

Shu  bois,  B.Serbinovskiy  bergan  ta’rifni  ham  to'liq  deb  bo'lmaydi.  Yana  bir 

iqtisodchi  olima  N.Bendina  sug'urtaning  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatini  ochib  berish 

maqsadida  quyidagilami  ta’kidlavdi:  “yuridik  va  jismoniy  shaxslar  zarar  ko'rganda 

ko'rilgan  zarami  ko'pchilik  shaxslar  o’rtasida  taqsimlash  orqali  uni  qoplash 

usulidir”23.  Ushbu  olimaning  ftkri  bir jihatdan  e’tibomi  o ’ziga  tortishini  e’tirof etish 

joiz.


a

  Sobirov  H.R.  Sug'urta:  100  savol v ajav o b .  T.:  M ehnat nashriyoti,  1998.  8-9 b.

^ 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Sug‘urta faoliyati  to ‘g lrisidagi  Qonuni.  // Xalq so ‘zi;  2002 vil  28  may. 

‘4Cep6HHOBCKiai B.K).  CrpaxoBoe aejio.  -  \1.  OeHHKC,  2000.  C.  7.

EeHjiHHa H.B.  CrpaxoBaHHe.  M.:  flpHop,  2000  C.  3.

25



Darhaqiqat.  sug'urta  fondi  ko'pchilik  jismoniy  va  yuridik  shaxslaming 

to‘laydigan  sug'urta  mukofotlari  hisobiga  shakllanib,  ushbu  fondni  shakllantirishda 

ishtirok  etgan  shaxslaming  mulkiy  manfaatlariga  tabiiy  hodisalar  ro'y  bcrishi 

natijasida  zarar  yetganda.  ushbu  fonddan  sug'urta  qoplamasi  beriladi.  Lekin, 

hammaga  emas.  Yana  bir  marta  ta’kidlash  lozimki.  laqat  shu  fondni  tashkil  ctishda 

qatnashgan  shaxslargagina beriladi. ya'ni  bir shaxs  ko'rgan  zarar ko'pchilik  o'rtasida 

taqsimlanadi.

Shu  ma'noda.  N.Bendina  tomonidan  berilgan  ta'rif  sug'urtaning  iqtisodiy 

mohiyatini  qisman  voritib  bera  oladk  deb  ayia  olamiz.  Bunga  o'xshash  ta'rillami 

ko'plab  keltirish  mumkin.  Shu  bilan  bir  qatorda,  ularning  hammasida  ba'zi  bir 

kamchiliklami  ko'rish  mumkin.  Bizning  fikrimizcha,  sug'urta  deganda  stixiyali  va 

boshqa tabiiy  hodisalar  ro'v  berishi  natijasida  yuridik  va jismoniy  shaxslaming  mol- 

mulki  va  sog'ligiga  zarar  yetkazilganda.  bu  zararhimi  qoplashga  mo'ljallangan 

maxsus  maqsadli  pul  fondlarini  shakllanishi  va  undan  foydalanish  bilan  bog'liq 

iqtisodiy munosabatlaryig'indisi tushuniladi.

Sug'urta  bozor  iqtisodiyoti  infrastrukturasining  tarkibiy  qismi  va  ishlab 

chiqarish  munosabatlarining  muhim  tashkil  etuvchi  unsurlaridan  biridir.  Bozor 

iqtisodiyoti  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko'rsatish  bilan  bevosita  bog'liq.  Shunday 

ekan,  ishlab  chiqarishga  ta’sir  qiladigan  zararlar  bozor  iqtisodiyoti  yo'nalishlarini 

chetlab o'tmaydi.  Shu munosabat bilan sug'urta ko'p ukladli  xo'jaliklaming  har birini 

sug'urtalashda,  ulaming  mol-mulklarini  bud  saqlashda  alohida  ahamiyatga  ega 

bo'ladi.  Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o'tish asosida:




Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish