2.2-rasm.
Risklar transferi va transformatsiyasi jarayonida sug‘urta
munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari11
0 ‘sha davrda zamonaviy sug'urta tashkilotlariga monand ilk sug‘urta
tashkilotlari paydo bo‘ldi. Bu tashkilotlar alohida savdogarlar va kema egalarining
Mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan.
15
guruhlari tomonidan tashkil etilib, o'zaro sug'urtalash tamoyillari asosida faoliyat
yuritgan.
Mazkur davrda mol-mulkni turli tabiiy ofatlardan sug'urtalashdan tashqari
yong‘indan sug'urtalash ham rivojlanib bordi. 1666 yiIda London markazini kulga
aylantirgan yong'in ‘‘Yong'in polisi" sug'urta kompaniyasi tashkil etilishiga sabab
bo'ldi. Ta'kidlash joizki, ushbu kompaniya ham o'zaro sug'urtalash tamoyillari
asosida faoliyat yuritib. maqsadi foyda olish hisoblanmagan. Ulaming asosiy maqsadi
sug'urta jamiyatining a'zolari ko'rgan tasodifiy zararlami kamaytirish hisoblangan.
O'zaro sug'urtalash amaliyoti dcngiz sug'urtasida avvaldan mayjud bo'lib, hozirgi
kungacha taraqqiy etib kelgan.
Sug'urta munosabatlarining rivojlanishi bilan o'zaro sug'urtalash jamiyatlari
tadbirkorlik tamoyillari asosida faoliyat vuritadigan, ya’ni faoliyatining maqsadi
foyda olish hisoblangan sug'urta tashkilotlariga aylanib borgan. Sug'urta tashkilotlari
sug'urta fondini ixtiyoriy sug'urtalanuvchilaming badallari asosida shakllantirib.
ushbu fond hisobiga sug'urta hodisasi oqibatida sug'urtalanuvchilarga yetgan
zararlami qoplash majburiyatini olgan. Bunda sug'urta tashkiloti sug'urtalanuvchilar
umumiy sonining doimo zarar ko'rgan sug'urtalanuvchilaming sonidan ko'p bo'lishi
qonuniyatiga asoslanib foyda olishni mo'ljallashgan. Aynan omil sug'urtani yangi
rivojlanish bosqichiga olib chiqdi.
Sug'urta xizmatlariga bo'lgan talab ortishidan kelib chiqib. sug'urtaning shakl
va usullari ham kengayib bordi. XVIII asming ikkinchi yarmiga kelib G'arbiy
Yevropada mulk va hayot sug'urtasining yuzlab turlari amalga oshirila boshlandi.
Masalan, hayotni sug'urtalovchi ilk tashkilot 1706 tashkil etilgan bo'lsa, XIX asrga
kelib moliyaviy yo'qotishlar sug'urtasi, uy
hayvonlari
sug'urtasi,
mulkni
o'g'irlanishdan sug'urta va boshqa shu sug'urta turlari rivojlandi. Bu davrda turli
tashkiliy shakllardagi sug'urta kompaniyalari faoliyat ko'rsata boshladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sug'urta institutining tarixiv rivojlanishi,
xo'jalik faoliyati davomida moddiy zarar (vo'qotish)lardan himovalanish muammosi
miloddan avvalgi davrdanoq mavjud bo'lganligini isbotlaydi. Xo'jalik faoliyatini
amalga oshirish jarayoni turli tabiiy va ijtimoiv kuchlaming o'zaro hamohangligi va
qarama-qarshiligida davom etadi.
Ishlab chiqarish va hayotiy faoliyat davomidagi qarama-qarshiliklarning
umumiy ta'siri iqtisodiy faoliyatga ko'rsatadigan salbiy ta’simi obyektiv voqelikka
aylantirdi. Xo'jalik subyektlari iqtisodiy muhitning salbiy ta’silaridan himoyalanishga
intilishi. sug'urta manfaatini keltirib chiqardi va sug'urta munosabatlari ishlab
chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylandi.
Hozirga kelib, sug'urta munosabatlari iqtsodiyot subyektlarini iqtisodiy va
tabiiy muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalovchi yoxud ulaming barqaror va zararsiz
faoliyat yuritishlariga yo'naltirilganligi e’tiborga molikdir.
Sug'urta funksiyalari uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatida o 'z aksini topadi.
Bizning nazarimizga ko’ra, moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida sug'urtaning
funksiyalari uning o'ziga xos xususiyatlari namoyon bo'lishi mezoni hisoblanadi.
Sug'urta moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida o 'z iqtisodiy mohiyatini avvalo
taqsimlash funksivasi orqali namoyon etadi.
16
Sug’urtaning taqsimlash funksiyasi, o ’z navbatida sug’urtaga xos bo'lgan
funksiyalar majmuasida to'liq funksional mazmunga ega b o iadi. Mazkur funksiyalar
majmuasiga risklilik, oldini olish v ajam g ’arish kabi funksiyalar kiradi (3.3-rasm).
2.3-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: