10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi:
ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yoki eng kam miqdorini va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan ko‘p yoki eng kam miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1806, 12.05.2008-y.).
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to‘lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablag‘lar hisobini yuritish hamda ular bo‘yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi, chet davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishib olish tartibi bundan mustasno;
(10-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1882, 15.12.2008-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.
(10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-sonli “Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1945, 20.04.2009-y.) va “Sug‘urtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2564, 28.02.2014-y.).
(10-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sug‘urtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sug‘urtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-192-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 508-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari litsenziyalarining amal qilishini to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga (klasslariga) nisbatan to‘xtatib qo‘yadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
(10-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning IX-bo‘limiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi;
(10-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug‘urta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik hisobotlarni , shuningdek sug‘urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shuningdek sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi, sug‘urtalovchining ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlar ro‘yxatini kelishib olish tartibi bundan mustasno;
(10-moddaning ikkinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
aktuar xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Aktuar xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1975, 26.06.2009-y.).
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi;
belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini yuritadi;
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida o‘n birinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan qonun hujjatlarida belgilangan axborotni so‘rab oladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuniga asosan o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida nizomga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etishga, shuningdek sug‘urta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar, bundan “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etish mustasno.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |