10.2. Mehnat resurslarining soni, tarkibi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlovchi xodimlarning soni ma’lum kunga (kupincha, 1-yanvar, 1-fevral, 1-mart va hokazo) yoki ma’lum davrdagi o’rtacha ishlovchi xodimlarning soni (bir oy uchun, bir chorak uchun, yarim yillik uchun, bir yillik uchun) aniqlanadi. Qishloq xo’jalik korxonalarida ro’yxatda turgan barcha ishlovchi xodimlar har kuni ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaganligi sababli (dam olish va bayram kunlari; ishga chiqmaslik sababli va sababsiz; kasallik tufayli; malaka oshirishda bo’lishi va hokazo) statistikada quyidagi uchta eng asosiy ko’rsatkichlar aniqlanadi:
Ro’yxatdagi xodimlar soni. Bunga shu xo’jalikda ish haqi oladigan barcha xodimlar, shu jumladan xizmat safarida, ta’tilda, malaka oshirishda, xarbiy mashqlarda, xo’jalik ishlarini uyda bajaruvchilar, boshqa xo’jaliklarda shartnoma bilan ishlayotganlar va boshqalar kiritiladi.
Ishga kelganlar soni. Bunda faqat ro’yxatdagi xodimlarning ishga kelganlar soni hisobga olinadi.
Ishda haqiqiy ishlagan xodimlar soni. Bunda ishga kelgan xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashgan qismi tushuniladi. Bu ko’rsatkich ishga kelganlar sonidan hamma vaqt kam bo’ladi, chunki ayrim xollarda ishlovchilarga bog’liq bo’lmagan xolda, ishlab chiqarish jarayonida tuxtalishlar ro’y berib turadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlovchi xodimlarning u yoki bu kundagi sonini - ishga kelish hisobini olish tabeli orqali qayd etilib, shu dastlabki ma’lumotlar asosida (har oy uchun, bir yillik uchun va hokazo) o’rtacha ishlovchi xodimlar soni aniqlanadi.
O’rtacha oylik ro’yxatdagi ishlovchi xodimlarning sonini aniqlash uchun biror bir oydagi har kuni ro’yxatda bo’lgan ishlovchi xodimlarning sonini qo’shib, olingan natijasini shu oydagi kalendar kuniga bo’lish orqali hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, dam olish va bayram kunlardagi ishlovchi xodimlar soni shu kunlardan oldingi ishlovchi xodimlar soniga teng deb olinadi.
Endi Paxtachi tuman «R.Maxmanov» shirkat xo’jaligi misolida 2004 yil aprel oyi uchun o’rtacha ro’yxatdagi ishlovchi xodimlarning sonini quyida keltirilayotgan 146-betdagi 27-jadval orqali ko’rib chiqamiz.
27-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, xo’jalikda aprel oyidagi ro’yxatdagi ishlovchi xodimlar jami 28978 ish kunini tashkil etadi. Bu olingan natijani 30 (aprel oyidagi kalendar kuni) ga bo’lib, shu oydagi ro’yxatdagi o’rtacha ishlovchi xodimlar soni kelib chiqadi, ya’ni:
28978:30=965,9 kishini tashkil etadi.
Shu tartibda-choraklik uchun, yarim yilik uchun, bir yillik uchun va hokazo davrlar uchun ham hisoblash mumkin.
114-jadval.
Paxtachi tuman «R.Maxmanov» shirkat xo’jaligi bo’yicha 2004 yil aprel oyidagi ro’yxatdagi ishlovchilar xodimlar soni.
Oy sanasi
|
Ro’yxatdagi ishlovchi xodimlar soni,kishi.
|
Oy sanasi
|
Ro’yxatdagi ishlovchi xodimlar soni,kishi.
|
1
|
940
|
16
|
965
|
2
|
942
|
17
|
968
|
3
|
946
|
18
|
D
|
4
|
D
|
19
|
971
|
5
|
935
|
20
|
974
|
6
|
944
|
21
|
978
|
7
|
951
|
22
|
982
|
8
|
952
|
23
|
984
|
9
|
956
|
24
|
986
|
10
|
959
|
25
|
D
|
11
|
D
|
26
|
984
|
12
|
955
|
27
|
989
|
13
|
958
|
28
|
990
|
14
|
961
|
29
|
992
|
15
|
963
|
30
|
994
|
|
|
Jami
|
28978
|
Endi yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan foydalanib, shu oydagi o’rtacha ishlovchi xodimlar sonini o’rtacha oddiy va o’rtacha xronologik usul bo’yicha ham aniqlaymiz:
- o’rtacha oddiy usuluchun
kishini tashkil etadi.
- o’rtacha xronologik usul uchun (besh kunlik oraliqlar bo’yicha):
kishinitashkiletadi.
Demak, o’rtacha xronologik usul bo’yicha hisoblangan natija ro’yxatdagi ishlovchi xodimlarning ish kuni orqali hisoblangan natijadan kam darajada farq qiladi.
O’rtacha ishga kelgan ishlovchi xodimlarning sonini uyoki bu davrga aniqlash uchun ishga kelgan ishlovchi xodimlarning ish kunini shu davrdagi ish kuniga bo’lib hisoblanadi.
O’rtacha ishda haqiqiy ishlagan ishlovchi xodimlar sonini ikki yul bilan hisoblash mumkin:
A) Kalendar davr uchun. Bunda kalendar davrda ishlovchi xodimlar tomonidan ishlagan ish kunlarining kalendar davriga bo’lib hisoblanadi.
B) Ish kunlariga nisbatan. Bunda ishlagan kunlarini shu davrdagi ish kunlariga bo’lib hisoblanadi.
Masalan, Paxtachi tuman «R.Maxmanov» shirkat xo’jaligi bo’yicha bir yilda ishlovchi xodimlar tomonidan – 350850 ish kunini tashkil etadi, ish kuni shu davrda 305 kun, bayram va dam olish kunlari 60 kun. O’rtacha haqiqiy bir yildagi ishlovchi xodimlar soni 350-850:365=961,0 kishini tashkil qilsa ish kunlari bo’yicha esa 350850:305=1150,0 kishiga teng bo’lgan. Agarda, yil davomidagi ish kunlarini kalendar davriga nisbatan olsak, u xolda – 0,8356 (305:365=0,8356) ga teng bo’ladi. Bu koeffisiyentni ish kunlardagi o’rtacha yillik ishlovchilarga ko’paytirib kalendar davridagi ishlovchilar soni kelib chikadi – 0,8356x1150=961,0 kishiga teng bo’ladi.
Xo’jalikda ish vaqtidan qay darajada foydalanilayotganligiga tavsifnoma berish uchun quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi:
- Kalendar ish fondidan foydalanish koeffisiyenti. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun yil davomidagi ishlovchi xodimlarning ishlagan ish kunlarini (kishi soatlarini) kalendar vaqt (365 yoki 366 kunga)ga bo’lish orqali hisoblanadi.
- Kalendar ish fondidan maksimal foydalanishkoeffisiyenti. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun yil davomidagi ishlovchi xodimlarning ishlagan ish kunlarini (kishi soatlarini) yil davomidagi maksimal kalendar fondiga bo’lish orqali hisoblanadi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun kalendar fondidan (365) dam olish kunlarini (52), bayram kunlarini (9) va kelgusida boriladigan ta’til kunlarini (12) chiqarib tashlash yuli bilan aniqlanadi, ya’ni 292 kunga teng bo’ladi. Yil davomida dam olish kunlari bilan bayram kunlari ayrim xollarda bir kunga to’g’ri kelib qolishi munosabati bilan, maksimal kalendar fondi 290 kun bilan 293 kun oralig’ida tebranib turadi. O’rtacha ish kunining davomiyligini aniqlash uchun u yoki bu davrdagi maksimal foydalanilgan ish fondni (ish kunlardagi kishi soatni) shu davrdagi ish kunlariga bo’lib topiladi:
soat bir kunga tengligi kelib chiqadi, xaftalik ish kuni esa quyidagicha bo’ladi:
soat bir kunga tengligi kelib chiqadi.
Bu yerda
- 60 (60x1) soat bayram va dam olish kunlari oldidan bir soat ish kuni qisqarishi hisobiga yil davomida yig’ilib qolgan soatlardir.
- Kunlik ish vaqtidan foydalanish koeffisiyenti. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun ish kunining haqiqiy davomiyligini konun bilan belgilangan normativ (me’yor) ga bo’lib hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida yil davomida ishlovchi xodimlarning soni – o’qishga kirish, nafaqaga chiqish, boshqa ishga o’tish, xarbiy xizmatga chaqirish kabi holatlarda o’zgarib turadi. Shu o’zgarishlarni hisobga olgan xolda quyidagi ko’rsatkichlar hisoblanadi:
- Ishga qabul qilish koeffisiyenti. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun yil davomida qabul qilingan xodimlar sonini o’rtacha yillik ro’yxatdagi xodimlar soniga bo’linib, yuzga ko’paytiriladi.
- Ishdan bo’shab ketish koeffisiyenti. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun yil davomida bo’shab ketgan xodimlar sonini o’rtacha yillik ro’yxatdagi xodimlar soniga bo’linib, yuzga ko’paytiriladi.
- Kadrlarning qo’nimsizlik koeffisiyenti. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun konunni buzganlik uchun va o’z hohishi bilan bo’shab ketganlarni qo’shib, olingan natijani o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soniga bo’linib, yuzga ko’paytiriladi.
Qishloq xo’jalik korxonalarining ishlovchi xodimlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlarga-doimiy ishlovchilar, muddatli va vaqtincha ishlovchilar, xizmatchilar (rahbarlar, mutaxasislar, xodimlar va boshqalar) kiradi.
Noishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlarga-madaniy-maishiy va kommunal xo’jaligida, umumiy ovqatlanish va savdoda, bolalar bog’chasida, xo’jalik ichidagi qo’rilishlarda ishlovchilar va hokazolar kiradi.
Hozirgi kunda qishloq xo’jalik korxonalarida mehnat resurslarining tarkibini quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganish qabul qilingan:
1. O’spirinlar- 12 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan yigit va qizlar.
2. Yoshi katta bo’lgan mehnatga layokatlilar -
a) 16 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan erkaklar;
b) 16 yoshdan 54 yoshgacha bo’lgan ayollar;
3. Mehnatga layoqatli yoshdagi ishlamaydiganlar -
a) invalidlar
b) uy bekalari
v) nogironlar
g) studentlar
4. Qariyalar -
a) 60 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan erkaklar
b) 56 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan ayollar
5. Mehnatga layoqatlilar - boshqa tashkilotlarda qatnab ishlayotganlar.
Muhokama uchun savollar.
Aholining o’rtacha soni qanday metodlar bilan aniqlanadi?
Quyidagilar berilgan:
Oylar 01.01. 01.02 01.03 01.04
Tuman aholisi,ming kishi 132.7 136.4 135.9 139.8
Oylar va kvartal uchun aholining o’rtacha sonini aniqlang.
Aholining tarkibiy qismi qaysi belgilar bo’yicha o’rganiladi?
Aholining jinsiy tarkibi nima maqsadda o’rganiladi?
Aholini shahar va qishloq aholiga bo’lib o’rganishdan maqsad nima?
Aholi yoshi qaysi guruhlarga ajratilib o’rganiladi?
Aholining harakati qanday ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi?
Hayotiylik koeffisiyenti qanday hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |