0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
Jumanov eshik oldida to‘xtadi. Katak ko‘ylagi g‘ijimlan- 
gan. Shimining bir pochasini negadir qayirib olgan. Soqoli 
o‘sib ketgan, yuzi shishgan...
Keyingi paytda Koryagin uni har ko‘rganda beixtiyor 
asabiylashardi. Hozir ham shunday bo‘ldi. Biroq o‘zini 
bosdi.
- 0 ‘tiring, Jumanov! - dedi vazminlik bilan.
Jumanov og‘ir qadam bosib, ro‘parasidagi taburetka-
ga o‘tirdi. Zo‘r berib, bilaklarini silay boshladi. (Qo‘llari 
titrar edi.)
„Kishan siqdimi? Shunaqa! Kishan degani - bilakuzuk 
emas“.
- Xo‘sh, Jumanov, boshlaymizmi? - Koryagin ,,Delo“ni 
shoshilmay varaqladi, - Eng muhim dalillami alohida diqqat 
bilan „qayta o‘qib chiqdi...“ Keyin ayblanuvchining ko‘ziga 
sinovchan tikildi.
Jumanov hamon bilaklarini silagan ko‘yi yerga qarab 
o‘tirardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, lablari pors-pors yorilgan, 
og‘ir nafas olardi.
- Shikoyat yo‘qmi, Jumanov? Sog‘liq yaxshimi?
„Rasmiyatchilik... Mayli, buyam kerak-da... Uch kun-
dan beri uyqu yo‘qmi? Kameradagi ikkita retsedivist itning 
bolasiday do‘pposladimi? Do‘pposlasa-ku, mayli... Ko‘ngli- 
ga sig‘gancha xo‘rlagandir? Gapir! Savoding joyida. Yo‘l- 
yo‘riqni bilasan, o‘qigansan... Aytaver! Qonunga xilof ish 
qilishyapti, menga ham jismoniy, ham ruhiy azob beryap- 
tilar demaysanmi? Demaysan! Negaki qonunni awal boshi 
o‘zing buzgansan! Nima, shuncha qilg‘iliklaring evaziga biz 
seni boshimizga ko‘tarishimiz kerakmi?“
- Sizdan so‘rayapman, Jumanov! Shikoyat yo‘qmi?
Jumanov og‘ir bosh ko‘tardi, gapirmoqchi edi, bo‘g‘-
zidan xirillagan ovoz chiqdi. Porsillagan labini yalab 
qo‘ydi.
„Е, ha-a! ,,Kameradosh“laring bir sutkadan beri suv ich-


Uzun kechalar
119
gani qo‘ymayaptimi? Nafas olsang ichingga olov kiryapti- 
mi? Chanqoq azobi yomon... ayniqsa, mana bu do‘zax issi- 
g‘ida“.
Koryagin shoshilmasdan tortmani ochdi. ,,Pepsi-ko- 
la“ shishasini stol ustiga qo‘ydi. Tortmada turgan stakanni 
izlagan bo‘lib, uzoq titkiladi. Nihoyat, stakanni ham shisha 
yoniga qo‘ydi. Ochqich izlab, goh u cho‘ntagini, goh bu 
cho‘ntagini kavladi.
- Qayoqqa yo‘qoldi, shayton olgur!.. Issiqni qarang, Ju- 
manov, - dedi ochiq derazaga alanglab. - Umuman, bu to- 
monlarda yomg‘ir yog‘adimi o‘zi? - Bu gaplami aytar ekan, 
ayblanuvchiga biron marta qayrilib qaramadi. Nihoyat, och­
qich ,,topildi“. ,,Delo“ tagida yotgan ekan. Temir tiqinni 
ochdi. Shisha og‘zi ko‘pirib, muzdek hovur ko‘tarildi. Suvni 
shoshilmasdan qirrador stakanga quydi. ,,Pepsi-kola“ tag‘in 
ko‘pirdi. Salqin, yoqimli is xonani tutib ketgandek bo‘ldi... 
Nihoyat, xotirjamlik bilan ho‘pladi.
- 0 ‘-o‘o‘! - dedi chuqur xo‘rsinib. - Jonning rohati-ya, 
Jumanov... - stakanni stolga qo‘ymay, unga teshib yuborgu- 
dek tikildi.
Jumanovning qizargan ko‘zlari yarqillab ochilib ketgan, 
shishgan lablarini muttasil yalardi.
- Pepsiga qalaysiz, Jumanov! - Koryagin stakanga yana 
suv quydi. Tag‘in salqin bug‘ ko‘tarildi.
Jumanov g‘ayritabiiy chaqqonlik bilan o‘midan turdi. 
Bir-ikki qadam bosgan edi, Koryagin nihoyatda xotiijam 
ogohlantirdi.
- 0 ‘tirilsin! - ,,Delo“ni tag‘in hafsalasiz varaqlashga 
tushdi. Zimdan razm solib turdi. Jumanov joyiga o‘tirgancha, 
bir nuqtaga tikilgan ko‘yi boshini xam qilganini nazardan 
qochirmay, qog‘ozlardan birini ajratib olib (ehtimol, yuzin- 
chi martadir), osoyishta ovozda o‘qiy boshladi. -

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish