0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
-
Dag‘dag‘a qilgan bosmachi?
Berdiyev noxush g‘udrandi.
- Bosmachi emas...
- Bosmachi! - dedi Koryagin qat’iyat bilan. - 0 ‘zi 
bo‘lmasa, ota-bobosi bosmachi o‘tgan. Basharasidan ko‘rin- 
ib turibdi. Familiyasi nima? - Cho‘ntagidan qalam-daftar 
chiqardi. - Aniq adresi!
- Familiyasi - Jumanov.
- Demak, Jumanovning akasi?
- Yo‘q, amakivachchasi.
- Ya’ni, qaysi ma’noda?
- Qanday tushuntirsam ekan, Vasiliy Stepanovich... Ju­
manovning otasi boyagi... siz aytayotgan ,,bosmachi“ning 
otasi bilan aka-uka bo‘lgan. ,,Bosmachi“ning otasi frontdan 
invalid bo‘lib qaytgan, miroblik qilgan. Hozirgi tilda ayt- 
sak - irrigator. Jumanovning otasi partiya xodimi bo‘lgan... 
Aka-uka o iib ketganidan keyin...
Koryaginning boshi g‘uvillab ketdi. ,Akasi, ukasi, 
amakisi. Nima ahamiyati bor?“
- 0 ‘zingizni qiynamang, Berdiyev. Shajaralami tushun- 
tirmay qo‘yaqoling. Nimaga shunchalik himoya qilib qoldi 
poraxo‘ming xotinini?
Berdiyev yo‘ldan ko‘z uzmay borarkan, chuqur so‘lish 
oldi:
- Aytdim-ku, amakivachchasi deb. Bizning odatda, ota- 
lar o‘lsa, avloddagi birinchi o‘g‘il hammaga ota o‘mida 
o‘tadi.
- Ota emish! - Koryagin istehzoli kuldi, - Nima ish qila- 
di o‘sha ,,ota?“ Machitda mulla emasmi, ishqilib?
- Samosval haydaydi. PMKda...
- Nechanchi PMKa?
- 0 ‘n to‘rtinchi..
- Ismi? - dedi Koryagin yondaftarga yozishda davom 
etib.


Uzun kechalar
115
- Qishloqda hamma uni Vali tog‘a deydi. Lekin asli 
oti - Valentin.
- Nima? - Koryagin olding‘i o‘rindiq tomon egildi. -
Nima dedingiz?
- Valentin...
- Qanaqasiga?
Berdiyev yelkasi osha unga xotiijam qarab qo‘ydi.
-
Vali tog‘a Leningrad blokadasidan chiqib kelgan 
ekan... Qirq uchinchi yilda. 0 ‘n bir yoshida... Jumanovlar 
oilasi uni o‘g‘il qilib olgan.
- Ayblanuvchi Jumanovni so‘roqqa!
Koryagin „Delo“ni g‘ijinish aralash hafsalasizlik bilan 
varaqladi. „Jumanov... Jumanov... Jonga tegdi! Pora olib, 
pora bergani - fakt! Qo‘shib yozgani, amalini suiiste’mol 
qilgani - fakt! (149, 152, 149-prim moddalar.) Bo‘yniga ol- 
maydi, vassalom! U yoqda gruppa boshlig‘ining dag‘dag‘asi. 
„Bir haftada bo‘yniga qo‘yasan, besh kunda pokazanie ola- 
san...“ Aytishga oson! Odamga o‘xshab ishlaydigan alohida 
kabineting bo‘lmasa, aybdomi so‘roqqa shahaming narigi 
boshidan konvoy olib kelsa... Ustiga- ustak, mana bu do‘zax 
jaziramasi!.. 0 ‘marilgan qancha millionlar davlatga qaytaril- 
di. Hali yana qanchasi topilarkin! Bitta konditsioner qo‘yib 
bersa haqqi ketadi bulaming!“
Jahl bilan borib, derazani ochdi. Yuziga issiq havo urildi.
Kunbotar pallasi. Qilt etgan shamol yo‘q. Ro‘parada 
tomi qubbali allaqanday ko‘hna bino. Qaldirg‘ochlar vizillab 
uchib yuribdi. Pastda tor hovli. Beshinchi qavatdan qara- 
gan odamga hovli yanayam kichrayib, katalakdek ko‘rinadi. 
0 ‘rtada qirg‘og‘i sementlangan hovuz. Hovuz bo‘yida bir 
tup archa. Yaproqdariga chang qo‘naverib sarg‘ayib ketgan. 
Qismatidan noligandek, mung‘ayib turibdi.
„Qayoqdan kelib qolding begona bu yurtlarga, birodar!“ 
Vasiliy Stepanovichning4 ko‘z o‘ngida tag‘in Podmoskovye 
o‘rmonlari jonlandi. Natashenkani sog‘inganini shu qadar


116

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish