£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 Milliy istiqlol g‘oyasi, uning tarixiy ildizlari



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

5. Milliy istiqlol g‘oyasi, uning tarixiy ildizlari

 

Jamiyat  ma’naviyatini  yuksaltirish  sohasidagi  eng  asosiy  vazifa  milliy 



istiqlol g’oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir.

 

1993  yil  23  aprel  kuni  Prezident  Islom  Karimov  bir  guruh  adiblar  bilan 



suhbat  qilib,  milliy  istiqlol  g’oyasini  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining XII sessiyasida 1993 yil 7 may kuni nutq so’zlab, Prezident Islom 

Karimov qo’yidagilarni ta’kidladi:

 

349



 


•  milliy  istiqlol  g’oyasi  xalqimizning  azaliy  an’analariga,  udumlariga,  tiliga, 

diliga,  ruhiyatiga  asoslanib,  kelajakka  ishonch,  mehr-oqibat,  insof,  sabr-toqat, 

adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. 

•  Shu bilan birga bu g’oya xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga suyangan 

holda,  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslanib,  jahon  hamjamiyatidagi  taraqqiy 

topgan  davlatlar  orasida  teng  huquqli  asosda  munosib  o’rin  egallashiga  doimiy 

intilish hissini tarbiyalamog’i kerak. 

«Tafakkur»  jurnalining  1998  yil  2-sonida  jurnal  bosh  muxbirining  savollariga 

Prezident  I.Karimovning  javoblari  e’lon  qilindi.  Mazkur  javoblarda  milliy 

g’oyamizni  nazariy  va  amaliy  jihatlari  yanada  chuqurroq  yoritildi.  Bugungi 

kunda  sobiq  sovetlar  zamonida  hukmronlik  qilgan,  odamlarni  qullik,  mute’lik 

holatiga  solgan,  manqurtga  aylantirgan  kommunistik  mafkurani  tanqid  qilish, 

ta’qiq  qilish,  ma’muriy  choralar  ko’rish  yo’li  bilan  engib  bo’lmaydi.  «G’oyaga 

qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan 

bahsga kirishish, olishish mumkin», - degan haq fikrni ilgari surdi. Milliy istiqlol 

g’oyasidan kutilgan maqsad nima?

 

Prezident I.Karimov suhbatda «Xo’sh, milliy g’oya, milliy mafkura nimalarni 



o’zida  mujassamlashtirishi  va  qanday  talablarga  javob  berishi  kerak?»  degan 

savolni  qo’yadi  va  unga  javob  berar  ekan,  quyidagi  dasturiy  ahamiyatga  molik 

fikr-mulohazalarni, vazifalarn ilgari surdi:

 

• Milliy mafkura, avvalambor, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash 



tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini

jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi 

shart;

 

• 



Ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan xilma-xil fikrlar va 

g’oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va 

umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, 

ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va 

davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari 

chorlaydigan yagona g’oya-mafkura bo’lishi kerak;

 

• Uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik  va shunga o’xshagan 



unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va 

qarashlaridan  mutlaqo  xoli  bo’lib,  qo’shni  davlat  va  xalqlar,  umuman  jahon 

hamjamiyatida,  xalqaro  maydonda  o’zimizga  munosib  hurmat  va  izzat 

qozonishda poydevor va rahnamo bo’lishi darkor; 

• To’rtinchidan, milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, 

el-yurtga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash,  ularning  qalbiga  insonparvarlik  va 

odamiylik  fazilatlarini  payvand  qilishdek  olijanob  ishlarimizda  madadkor 

bo’lishi zarur; 

• Beshinchidan,  u  Vatanimizning  shonli  o’tmishi  va  buyuk  kelajagini  uzviy 

bog’lab  turishga,  o’zimizni  ulug’  ajdodlarimiz  boqiy  merosining  munosib 

vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy 

350


 


yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat 

qiladigan g’oya bo’lishi kerak.

 

Yurtboshimiz  hozirgi  zamonda  insonlarning  qalbi  va  ongini  egallash  uchun 



mafkuraviy  kurash  bo’layotganligi,  ko’p  narsalarni  mafkura  maydonlarida 

bo’layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O’zbekistonda ham ba’zi yoshlarni 

yo’ldan  chalg’itadigan  diniy  ekstremizm  havfi  mavjudligi  haqida  ogohlantirib 

kelmoqda.  80-yillarning  oxirlarida  mamlakatimizga  o’zini  «do’st»,  «dindosh», 

«millatdosh»  qilib  ko’rsatib,  go’yo  islom  dinining  sofligi  uchun  kurashishga 

«da’vat» etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom 

dinimizning  asl  mohiyatini  bilmaydigan  oddiy  odamlarni,  g’o’r  yoshlarni  o’z 

tuzog’iga ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim 

yoshlarni  o’ziga  mahliyo  qilishga,  jaholat  va  jinoyat  botqog’iga  tortishga 

ulgurishdi  ham.  Namangan  va  Toshkentda  sodir  etilgan  qonli  voqelardan 

keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi 

ostida  harakat  qilayotgan  xalqaro  terrorchilik  harakatining  O’zbekistondagi  bir 

to’dasi ekani oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan 

voz  kechish  natijasida  paydo  bo’lgan  bo’shliq  vaziyatida  begona  g’oyalarning 

O’zbekistonga huruji kuchaydi.

 

Bunday mafkurviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima

 

qilish  kerak?  «Buning  yo’li  –  odamlarimiz, 

avvalambor 

yoshlarimizning 

iymon-e’tiqodini 

mustahkamlash,  irodasini 

baquvvat  qilish,  ularni  o’z  mustaqil  fikriga  ega  bo’lgan  barkamol  insonlar  etib 

tarbiyalash…  Farzandlarimiz  yuragida  ona  Vatanga,  boy  tariximizga,  ota-

bobolarimizning  muqaddas  diniga  sog’lom  munosabatni  qaror  toptirishimiz, 

ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur».

1

 



Shunday  qilib,  Islom  Karimov  O’zbekistonning  milliy  istiqlol  g’oyasini  yaratish 

tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ma’no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon 

hayot barpo  etish,  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi  va  xalq  farovonligiga  erishish,  komil 

insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglikni 

ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi 

shakllandi.

 

Mamlakatimizda  milliy  istiqlol  g’oyasining  asosiy  tamoyillari  ta’lim  va  madaniy-



ma’rifiy  muassasalari,  ommaviy  axborot  vositalari,  adabiyot  va  san’at,  mahallalar  va 

mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda.

 

I.A.Karimov. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000 yil 8 iyun. 



351

 




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish