Jamoat tashkilotlari. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat
ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan
xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy
birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat ko’rsatmoqda.
Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza
qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan
bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi
ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar
qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston
Respublikasi Xotin - qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning
rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy –
iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish,
tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan
iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston
Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-kizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar
qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda
tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-
qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar
ishlamoqda.
1996 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar
kengashi - "Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300
dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat
ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro
jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni
qo’llab – kuvvatlash maqsadida "Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr–shafqat va salomatlik",
"Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va
boshqalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari
shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va
jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi.
322
Do'stlaringiz bilan baham: |