£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


O‘zbekistonliklar Evropa xaloskorlari



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

O‘zbekistonliklar Evropa xaloskorlari   O’zbekistonlik jangchilar Evropa xalqlarini

 

fashistlardan ozod etishda ham faol qatnashdilar.



 

Evropa  xaloskori,  birinchi  o’zbek  generali,  57-gvardiyachi  diviziyasining 

qo’mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira qoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan 

Sharqiy  Prussiyagacha  bo’lgan  masofani  qattiq  janglar  bilan  bosib  o’tdi.  Ko’rsatgan 

harbiy jasorati uchun u to’rt marta Qizil Bayroq ordeni, Suvorov ordeni, Qizil Yulduz 

ordeni va ko’plab medallar bilan taqdirlandi. 1943 yil martida unga general-mayor unvoni 

beriladi. 1943  yil  may  oyidan  1944  yil  aprelgacha  bo’lgan  mudddatda  Moskvada  oliy 

Harbiy  Akademiyada  ta’lim  oldi.  Sobir  Rahimov  Akademiyani  tamomlab,  avval 

Belorussiyani  ozod  etishda,  so’ngra  Polshaning  Grudzyandz,  Gnev,  Starograd, 

Dzyaddovo  shaharlarini  ozod  etish  uchun  bo’lgan  janglarda  sarkardalarga  xos  harbiy 

san’atini namoyish etdi. 1945  yil 26 martda Gdansk shahrini ozod etish uchun bo’lgan 

jangda qahramonlarcha halok bo’ldi.

 

Sobir  Rahimovga  o’limidan  so’ng  Qahramon  unvoni  berildi.  Polsha  xalqi  general 



Sobir  Rahimov  nomini  e’zozlab  kelmoqda.  Gdansk  shahridagi  ko’chalar,  maktablarga 

general Sobir Rahimov nomi berilgan.

 

O’zbekistonliklar Evropa mamlakatlarida avj olgan Qarshilik ko’rsatish harakatida 



ham  faol  qatnashdilar.  Ular  dushmanning  maxsus  lagerlaridan  qochib,  Chexoslavakiya, 

Polsha, Yugoslaviya, Gretsiya, Frantsiyadagi Qarshilik ko’rsatish harakatiga  qo’shilib 

jang  qildilar.  samarqandlik  G.G.Bulatov  otryadi  Polshada  o’nlab  ko’priklarni,  temir 

yo’llarni  portlatdi,  dushmanning  harbiy  qismlari  va  jangovor  texnikasi  ortilgan 

eshelonlarni  ag’dardi.  1944  yil  o’rtalarida  Slovakiyada  fashistlarga  qarshi  ko’tarilgan 

milliy  qo’zg’olonda  o’zbekistonliklardan  partizan  otryadi  komandiri  V.F.Melnikov, 

R.Allamov, A.Narzullaev, R.Hamroevlar ishtirok etdi. Yugoslaviyada ko’rsatgan jasorati 

uchun farg’onalik Uksanboy Xolmatov 3 marta Yugoslaviyaning mukofotlariga sazovor 

bo’ladi.

 

Frantsiyada  37  millat  va  elatlarga  mansub  2200  sovet  harbiy  asirlaridan  tuzilgan 



partizanlar  polki  A.A.Kozaryan  qo’mondonligida frantsuz partizanlari  bilan  birgalikda 

jang  qilib,  Ales,  Vilfor,  Sen-Sheli  shaharlarini,  Gar  va  Lozer  departamentining 

qishloqlarini  fashistlardan  ozod  qildilar.  Bu  janglarda  samarqandlik  Abdulla  Rahmatov, 

Bulung’ur  tumanidan  Sariboy  Shomurodov,  toshkentliklar  -  Rahmon  Rahimov,  Nasib 

Amirov va boshqalar faol qatnashdi.

 

Frantsiyaning  janubini  ozod  etishda  ko’rsatgan  jasorati  uchun  qo’qonlik  Hoshim 



Ismoilov, toshkentlik: Tojiboy Ziyaev Janna d’Ark kresti ordeni bilan muokfotlandi.

 

O’zbekistonliklarning Qarshilik ko’rsatish harakatidagi ishtiroki Evropa xalqlarining 



fashistlar asoratidan xalos qilish harakatiga qo’shgan muhim hissa bo’ldi.

 

284



 


Dushman o’ta makkor edi. Harbiy asirlar o’rtasida millatlarni bir-biriga qarshi gij-

gijlash  kelib chiqishi nemislardan bo’lgan  sovet fuqarolarini qulayliklar  yaratish evaziga 

o’ziga  xizmatkorlikka  olish,  sovet  hokimiyatiga  nisbatan  norozilik  kayfiyatida  bo’lgan 

ayrim  musulmon  etnik  guruhlaridan  siyosiy  maqsadlarda  foydalanishga  ham  urinib 

ko’rdi. Rozi bo’lmaganlarni ochlik va o’lim bilan qo’rqitar edi, bu usul asirlarga ko’proq 

ishlatilardi.  Fashistlar  Germaniya  Vermaxtining  1942  yil  dekabr  oyidagi  buyrug’ig’a 

binoan  harbiy  asirlardan  «Rus  ozodlik  armiyasi»,  «Turkiston  legioni»,  «Volga-Ural 

legioni»  kabi  harbiy  qo’shilmalar  tuzishdi,  ulardan  partizanlarga  qarshi  kurashda 

foydalanishdi ham. Chet el manbalarida bunday tuzilmalarga jalb etilganlar soni oz emas, 

ko’p  emas,  qariyb  1  mln.  kishiga  etganligi  ko’rsatiladi.  Bunga,  ehtimol,  Stalinning 

asirlikka  tushib  qolganlarni  vatan  xoinlari  deb  hisoblagani  ham  o’z  ta’sirini  ko’rsatgan 

bo’lishi  mumkin.  Haqiqatda  esa  ko’pgina  harbiy  askarlar  bunday  legionlarga  majburan 

kiritilgan  edi,  ular  yashirin  guruhlar  tuzib  partizanlar  bilan  aloqa  bog’lash  yo’lini 

qidirganlar.  Masalan,  1944  yil  yanvarida  Gitlerchilar  «Turkiston  legioni»  otryadini 

Chernogoriyaga yugoslaviyalik partizanlarga g’arshi jangga soladi. Otryadlarning birida 

28  o’zbek  yigitlari  –  S.Fayziev,  A.Ahmedov,  Z.U.Husanov  va  boshqalar  bor  edi.  Zobit 

S.Fayziev  mahalliy  aholi bilan aloqa  bog’laydi va  uning ko’rsatmasi bilan  legionchilar 

fashist  komandirlarini  otib  tashlab,  qurol-aslahalari  bilan  toqqa,  partizanlar  tomoniga 

o’tadi.  1944  yil  25  may  kuni  28  o’zbekistonlik  legionchilar  Yugoslaviyada  harakat 

qilayotgan  bolgar  askarlari  bataloniga  qo’shilib  ketadi.  Ular  orasida  jang  qilgan 

toshkentlik Z.U.Husanovning taqdiri ibratlidir. U 1941 yilda Smolenskda yarador bo’ladi, 

tuzalib safga qaytadi va 1943 yil 5 iyulda 228-o’qchi polki safida qahramonlarcha jang 

qilib og’ir  yaralanadi. Quroldoshlari u halok bo’ldi, deb hisoblashadi, uyiga bu haqda 

xabar  ham  yo’llashadi,  unga  Qahramon  unvoni  beriladi.  Ammo  jangchi  o’lmay  qoladi, 

dushman  uni  og’ir  yarador  holda  asirga  oladi,  keyin  «Turkiston  legioni»ga  kiritadi. 

Ziyamat  Husanov  o’rtoqlari  bilan  partizanlar  tomoniga  o’tadi.  Priepol  shahrida 

fashistlarga  qarshi  mardona  jang  qilib,  ko’plarini  er  tishlatadi.  O’zi  ham  og’ir  yarador 

bo’ladi, do’stlari uni o’ldi, deb hisoblashgan edi. Yo’q, tirik qolgan ekan, bir mahalliy 

ayol  jangchini  o’ziga  keltiradi,  Italiyadagi  harbiy  kasalxonaga  joylashtirishadi.  U  to’rt 

marta  operatsiyani  boshidan  kechiradi,  sog’aygach,  o’z  yurtiga  keladi  va  Qahramon 

unvoniga sazovor bo’lganligidan xabar topadi.

 

Gitlerchi  fashistlarning  sovet  harbiy  asirlarini  o’z  vatandoshlariga  qarshi 



urishtirishga  qaratilgan  siyosiy  nayrangi,  «Turkiston  legioni»  tuzishga  intilishlari  ham 

barbod  bo’ladi.  Biroq  omon  qolgan  asirlarning  taqdiri  ham  og’ir  kechadi.  Ular  o’z 

Vataniga  qaytib  kelgach,  gumon  ostida  bo’ldilar,  ishga  jyolashishda,  uy-joyli  bo’lishda 

qiynaldilar. O’zbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortiqrog’i yana lagerlarga, endi 

sovet hukumatining lagerlariga tashlandi va ularga shafqatsizlarcha munosabatda bo’lindi. 

Bunday  hollar  Stalin  va  uning  atrofidagilar  yaratgan  ishonmaslik  va  gumonsirash 

vaziyatining oqibati edi.

 

285



 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish