Turkiston general
-gubernatorlari
>
K.P. fon Kaufman
- 1867-1881
>
G.A. Kolpakovskiy
- 1881-1882
>
M.G.Chernyaev
- 1882-1884
>
N.O.Rozenbax
- 1884-1888
>
A.V.Vrevskiy
- 1889-1898
>
S.M.Duxovskiy
- 1898-1901
>
N.A.Ivanov
- 1901-1904
>
P.N.Tevyashov
- 1904-1905
>
D.I.Subbotich
- 1905-1906
>
I.I.Grodekov
- 1906-1908
>
P.I.Mishchenko
- 1908-1909
>
A.V.Samsonov
- 1909-1913
>
Flug, Martson
- 1913-1916
>
A.N.Kuropatkin
- 1916-1917
2. Mustamlakachilarning iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy siyosati va amaliyoti
Rossiya hukumati Turkistonni iqtisodiy jihatdan batamom bo’ysundirish, uning
boyliklarini tashib ketish, rus sanoatini xom- ashyo bilan ta’minlovchi o’lkaga va tayyor
mahsulotlar sotiladigan bozorga aylantirish siyosatini yuritdi. Bu siyosatni chor Rossiyasi
dvoryan-pomeshiklari va burjuaziyasi qo’llab-quvvatladi, ular o’lkani zuluk kabi
so’rishga kirishib ketdilar.
Rossiya to’qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun yiligi
30-40 million so’m boj to’lab kelardi. Shu boisdan Turkistonni paxta xomashyosi
etishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi, deb belgilandi.
Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta-katta er maydonlari Rossiya davlati
xazinasiga tegishli, deb e’lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga
olindi. Xususiy mulk hisoblangan erlar ham davlat mulkiga aylantirildi, ularni ilgarigi
egalariga merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga er olib, undan
amalda foydalanib kelayotgan xonadonlarga o’sha erlar meros qilib biriktirildi va ularga
soliq solindi. Shu tariqa o’lkaning barcha hosildor erlari Rossiyaning daromad manbaiga
aylantirildi. Er solig’i XIX asr oxirida 4 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 1916 yilda 38
million so’mdan oshib ketdi.
Podshoh ma’muriyati Turkistonning doimiy egasi bo’lish uchun
«ko’chirish» siyosatini qo’lladi. Fon Kaufman tashabbusi bilan 1875 yildayoq
Avliyoota tumanida Rossiyadan ko’chirib keltirilganlar hisobiga 8 ta rus
qishlog’i vujudga keldi. 1886 yilda qabul qilingan «Turkiston o’lkasini
boshqarish haqidagi Nizom»ga muvofiq rus dehqonlarini ko’chirib keltirish va
joylashtirish kuchayib ketdi. Chor hukumatining «Osiyo Rossiyasida bo’sh
yotgan erlardan» foydalanish borasida yaratgan imkoniyatidan foydalangan kam
erli yoki ersiz rus xonadonlari, kazaklar ma’muriyatning ijozatisiz Turkistonga
boyish maqsadida oqib kela boshladi. Shu tariqa, Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand
viloyatlarida 1910 yilga kelib 124 ta rus qishlog’i vujudga keldi, ularda 70
183
mingga yaqin ko’chib kelganlar yashardi. Ko’chib kelganlar mahalliy aholiga
qarashli sersuv va hosildor erlarni ham egallay boshlaydilar, er-suv masalasida
ular o’rtasida norozilik, to’qnashuvlar bo’ldi. Rus ma’murlari ko’chib kelgan
kazaklarga tayanish, mahalliy aholi g’alayon ko’targuday bo’lsa, ularning
yordamida bostirish maqsadida Turkistonda dehqonchilik qiluvchi rus
kazaklarini qurollantirdi. Ular amalda chorizm uchun zaxira qo’shinga
aylantirildi.
Mustamlakachilar o’lkada, xususan Farg’ona viloyatida paxta plantatsiyalari
tashkil etdi, sug’oriladigan ekin maydonlarini kengaytirdi. 1885-1916 yillarda paxta
ekiladigan er maydoni 40 ming tanobdan 550 ming tanobga ko’paydi. Hosildorlikni
oshirish maqsadida 1884 yilda tajriba urug‘chilik stantsiyasi ochildi. Tolasi sifatli
urug’lik chigiti yaratildi. Paxtachilikda pishiq tolali va hosildor «Amerika» navini ekish
keng tarqaldi, boshqa ekin maydonlari yildan yilga qisqartirib borildi. Qishloq xo’jaligida
pilla etishtirish ko’paytirildi, qand-lavlagi, kartoshka, karam ekinlarini ekish o’zlashtirildi.
Vinochilik, asalarichilik paydo bo’ldi. 1867-1896 yillarda Rossiya imperiyasi xazinasiga
150 million so’m sof daromad tushdi.
Podshoh ma’muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning
janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va etishtirilayotgan xom-
ashyoni tashib ketish maqsadida Temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889
yillarda zudlik bilan Krasnovodsk, Asxabad, Marv, Chorjo’y, Kushka, Buxoro,
Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Andijon shaharlarini bog’lovchi O‘rta Osiyo temir yo‘li
Do'stlaringiz bilan baham: |