£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


>  1361-1365 yillar Mo’g’iliston xoni Tug’luq Temur va uning  o’g’li Ilyosxo’jaga qarshi urush.   >



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

1361-1365 yillar Mo’g’iliston xoni Tug’luq Temur va uning 

o’g’li Ilyosxo’jaga qarshi urush.

 

1370 yili Amir Husaynga qarshi Balxga yurish va uni bartaraf 

Amir Temur             etish.

 

tomonidan       >     1370-1371 yillarda Farg’ona, O’tror, Yassi, Toshkent, Hisor, 



markazlashgan 

Badaxshon, Qunduz bo’ysundirildi.

 

qudratli 

>     1381   yili   Hirot,   Seiston,   Mozandaron,   Saraxs,   Sabzavor

 

davlatga asos 

bo’ysundiriladi.

 

solinishi 



>     1371-1389 yillarda jami 7 marta Mo’g’uliston hukmdori Amir

 

Qamariddinga qarshi jangu jadallar olib borish va sharqiy, 



shimoliy hududlarning yurtga birlashtirilishi

 

1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillarda Xorazmdagi so’fiylar 

sulolasi hukmdorlari: Husayn, Yusuf va Sulaymon So’fiylarga 

qarshi olib borilgan urushlar va Xorazmning yurt tarkibiga 

qo’shib olinishi

 

Yuqoridagi  jadvaldan  ko’rinib  turganidek,  Amir  Temur  o’z  saltanati  tarkibiga 



Xorazm  mulkini  ham  qo’shib  olish  uchun  ko’p  sa’y-harakatlarda  bo’ldi.  Chingizxon 

tomonidan Jo’ji ulusiga berilgan Xorazm erlari Oltin O’rdadan mustaqil bo’lib ajralgan 

bo’lib, hokimiyat tepasida Qo’ng’irot so’filari turardi. Keyinroq ikkiga bo’linib, janubiy 

qismi Chig’atoy ulusiga bo’ysundirilgan edi, ammo Qo’ng’irot so’filari janubiy qismni 

ham fatx etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o’z ulusining tarkibiy qismi deb hisoblar 

edi. Shu boisdan Xorazmni o’z tasarrufiga kiritish uchun bir necha marta yurish qiladi. 

1388 yilgi so’nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon So’fiy hukmronligi ag’darilib, bu 

o’lka Temur saltanati tarkibiga uzil-kesil qo’shib olindi.

 

Shunday  qilib,  Amir  Temur  bir  necha  yillar  davom  etgan  qonli  va  qonsiz 



kurashlar, muhim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo’llanish 

natijasida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod etdi, siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolarni 

bartaraf qildi. Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan 

davlat barpo etishga muvaffaq bo’lindi.

 

Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini 



jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan 

e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388 

yillardagi  «uch  yillik»,  1392-1396  yillardagi  «besh  yillik»  va  nihoyat  1398-1404 

yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar 

davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik

 

136



 


Osiyoning  talay  qismi  egallanadi.  Shu  tariqa,  qudratli  saltanat  vujudga  kelib,  uning 

dovrug’i butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, Sohibqironning 

ko’plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqlama nuqtai nazardan baho berib bo’lmaydi. 

Negaki,  bu  yurishlar  goho  mamlakat  hududlariga  tajovuz  qilgan  ajnabiy  kuchlarga  zarba 

berish,  goho  muqaddas  islom  ta’limoti  g’oyalarini,  ularning  tahqirlovchilaridan  himoya 

qilish  yohud  Sohibqiron  yurtiga  muttasil  dushmanlik  qilib  kelgan  xorijiy  davlatlarga 

nisbatan  so’nggi  chora  sifatida  amalga  oshirilgan.  Jumladan,  Amir  Temurning  Oltin 

O’rda xoni To’xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395 yy.) olib borgan 

jangu  jadallari,  eng  avvalo,  yurt  osoyishtaligi,  uning  hududiy  yaxlitligini  ta’minlash 

maqsadiga  yo’naltirilgan  edi.  Ayniqsa  To’xtamishning  Xorazm  erlariga  da’vosi  bunda 

muhim sabablardan biri bo’lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O’rdaning mavh etilishi 

esa,  tabiiyki,  uning  tarkibiga  kirgan  hududlarning,  chunonchi,  rus  knyazliklarining 

mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo’lganligi ham tarixiy faktdir.

 

Shuningdek, Sohibqiron qo’shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 1402 



yilda  Anqara  yaqinida  bo’lib  o’tgan  hayot-mamot  urushi  ham,  avvalo,  turk  sultonining 

qaysarligi,  manmanligi,  murosasizligi,  adolat  talabiga  qo’l  siltaganligi  orqasida  yuz 

bergan.  Bu  beomon  jangni  o’z  foydasiga  hal  etgan  Amir  Temur  esa  ayni  paytda  o’z 

qudratini  nafaqat  Sharqda,  balki  G’arbda  ham  namoyish  etishga  musharraf  bo’ldi.  Shu 

buyuk g’alabadan so’ng G’arbiy Evropaning Angliya, Frantsiya, Ispaniya singari nufuzli 

davlatlari va ularning hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloqa bog’lash, hamkorlik 

qilish,  ayniqsa  savdo-sotiq  munosabatlarini  o’rnatishga  faol  yo’l  tutganliklari  shundan 

yaqqol dalolatdir. Darhaqiqat, Amir Temurning naqadar uzoqni ko’ra bilish salohiyatini 

uning Evropa hukmdorlari – Frantsiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix 

IV  (1399-1413),  Kastiliya  va  Leon  qiroli  Genrix  III  (1390-1407)  bilan  diplomatik 

aloqalari va  yozishmalaridan ham bilsa bo’ladi. U jumladan, Frantsiya qiroli Karl VI ga 

yo’llagan maktubida savdo aloqalarini yo’lga qo’yishni taklif qilib «Dunyo savdo ahli 

bilan  obod  bo’lajak»,  degan  fikrni  bildirgan  edi.  Frantsiya  qiroli  1403  yil  15  iyunda 

yozgan javob xatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildiradi. Bu davrga kelib 

Buyuk  ipak  yo’li  shuhratining  yanada  ortishi  davomida  Movarounnahr  va  Xuroson 

dunyoning  turli  mamlakatlari  bilan  har  jihatdan  yaqindan  bog’lanib,  xalqaro  karvon 

savdosining eng muhim markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy 

va ma’naviy yuksalishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

 

Amir  Temur  qudratli  saltanatni  vujudga  keltirar  ekan  uni  omilkorlik  bilan  idora 



qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham alohida ahamiyat berdi. 

U  o’zbek  davlatchiligining  Somoniylar,  Qoraxoniylar,  G’aznaviylar,  Saljuqiylar, 

Xorazmshohlar  davrida  tarkib  topib,  rivojlanib  borgan  tizimi,  tartib-qoidalari,  huquqiy 

asoslarini  yangi  tarixiy  davrning  talab,  ehtiyojlariga  moslab  yanada  takomillashtirdi, 

ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi.

 

Amir Temur o’zigacha shakllangan o’zbek davlatchiligining asoslariga izchil amal 



qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jiddiy ulush qo’shdi.

 

Amir  Temur  milliy  davlatchilik  asoslarini  rivojlantirishda, jamiyat  rivojida  barcha 



ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida 

e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo’lib jamiyat

 

137


 


ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, 

shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan. 

Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat 

bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga 

molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish