Rossiya bosqini. 1864 yil may oyida Qo‘qon xonligi hududiga Sharq tomondan
polkovnik Chernyaev qo’mondonligidagi Rossiya qo’shinlari, G’arbdan polkovnik
Verevkin qo’shinlari bostirib kirdi. Ular tomonidan Qo’qon xonligining muhim va
tayanch shaharlari- Avliyoota, So’zak, Turkiston shaharlari egallandi. Bosqinchlar 1864
yil 14 iyulda Chimkentga yurish boshladilar. Bu orada Qo’qon xoni Sayyidxon va
lashkarboshi Mulla Alimqul bor kuchlarini to’plab, Chimkent atrofida jangga
tayyorlandilar. Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida uch kun davomida qattiq jang
bo’ldi. Manbalarda yozilishicha, jangda shunday qirg’in bo’ldiki, o’liklardan tepalar hosil
bo’ldi. Jangda Mulla Alimqul qo’shinlari g’olib chiqdi, Chernyaev qo’shinlari jangda
engilib orqaga chekinishga majbur bo’ldi.
Mulla Aliquli o’z qo’shinlarini bosqinchilar egallagan shaharlarni ozod qilish
uchun jangga tayyorlayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarning Qo’qon xonligi
xududlariga bostirib kirganligi to’g’risida xabar olindi. Mulla Alimqul o’z qo’shinlari
bilan Qo’qon himoyasiga otlanishiga majbur bo’ldi. Vaziyat Chernyaevga qo’l keldi,
uning qo’shinlari Orenburg otryadlari bilan Sayramda qo’shilib, 1864 yil 14 sentyabrda
Chimkentga yangidan yurish uyushtirdi va shaharni bosib oldi.
Chernyaev 1864 yil 2 oktyabr kuni Toshkentga hujum boshladi. Toshkent Qo’qon
xonligining eng yirik, muhim strategik ahamiyatga molik shahari bo’lib, uzunligi 25
chaqirim, eni 2-3 metr, balandligi 5-7- metr bo’lgan devor bilan o’rab olingan edi. Devor
tepasining kengligi 2 m. bo’lib, mudofaa minoralari, o’q otadigan shinaklari bo’lgan,
devor atrofi suv to’ldirilgan zovur bilan o’rab olingan edi.
Toshkent mudofaachilarining mardona harakati tufayli Chernyaev qattiq
mag’lubiyatga uchradi, 72 zobit va askarni yo’qotdi. Chimkentga qaytishga majbur
bo’ldi.
Chernyaev 1864-1865 yil qishini tayyorgarlik bilan o’tkazdi, uning qo’shinlari
Sibir va Orenburgdan etib kelgan qurol-yarog’, yangi batalonlar, sapyorlar rotalari bilan
to’ldirildi. Mahalliy aholi orasida o’z Vataniga xiyonat qiluvchi, dushmandan panoh
175
izlovchilar ham topildi. Abdurahmonbek, Saidazimboy, Soatboy kabi sotqinlar
Toshkentni egallashda Chernyaevga ko’maklashdilar. 1865 yil bahoridan Chernyaevning
yangi hujumi boshlandi. 28 aprel kuni Chirchiq daryosi qirg’og’idagi Niyozbek qal’asini
egallab, Toshkentni suv bilan ta’minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq daryosidan
suv chiqarib beruvchi to’g’onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradi.
Amirlashkar Alimqul katta qo’shin bilan Qo’qondan Toshkentga etib keladi. Toshkent
uchun shiddatli janglar bo’ldi. 9 may kuni Salar arig’i bo’yida katta jang bo’ldi. Alimqul
og’ir yarador bo’ladi va halok bo’ladi. Nihoyat shahar himoyachilarining qarshiligi
sindirildi, 15 iyun kuni Chernyaev Toshkentni zabt etdi. Orenburg general-gubernatorligi
tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning harbiy gubernatori etib M.Chernyaev
tayinlanadi.
Chernyaev 1866 yil yanvarida Jizzaxga hujum qiladi va mag’lubiyatga uchraydi.
O’zboshimchaligi uchun Chernyaev Sankt-Peterburgga chaqirib olinadi, o’rniga general
D.Romanovskiy tayinlanadi.
Romanovskiy Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga qarshi
Do'stlaringiz bilan baham: |