Markaziy Osiyo
Hamkorlik tashkiloti
2001 yil 28 dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari
----------------------- 1 boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda
hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va
xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH
tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH
negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi.
2002 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari
boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan
Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHT ning
raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini
kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat
rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil
MOHT faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarning integratsiya jarayonlarini
faollashtirish borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning
ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOHT
ning tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli
aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi.
Sammitlardan tashqari MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlar
raislari,
xavfsizlik
organlari
rahbarlarining
uchrashuvlari,
ishbilarmon
doiralarning mintaqaviy forumlari o’tkizilib turibdi.
2002 yilning oktyabrida o’tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziq-
ovqat va kommunikatsiya bo’yicha konsortsiumlar tuzishga kelishib olindi va
hukumatlarga kontsortsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
2004 yil 28 may kuni Ostona shahrida MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar
davlat rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada
xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama
etildi. Prezidentlar mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning, siyosiy,
ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishning shakl va
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikrlashib, hukumatlarga
tegishli topshiriqlar berishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida O’zbekiston,
Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo’shma banoti
MOHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida televidenie va radio dasturlarini o’zaro
tarqatish to’g’risida bitim imzolandi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama
hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
372
Do'stlaringiz bilan baham: |