O‘zbekistonliklar Evropa xaloskorlari O’zbekistonlik jangchilar Evropa xalqlarini
fashistlardan ozod etishda ham faol qatnashdilar.
Evropa xaloskori, birinchi o’zbek generali, 57-gvardiyachi diviziyasining
qo’mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira qoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan
Sharqiy Prussiyagacha bo’lgan masofani qattiq janglar bilan bosib o’tdi. Ko’rsatgan
harbiy jasorati uchun u to’rt marta Qizil Bayroq ordeni, Suvorov ordeni, Qizil Yulduz
ordeni va ko’plab medallar bilan taqdirlandi. 1943 yil martida unga general-mayor unvoni
beriladi. 1943 yil may oyidan 1944 yil aprelgacha bo’lgan mudddatda Moskvada oliy
Harbiy Akademiyada ta’lim oldi. Sobir Rahimov Akademiyani tamomlab, avval
Belorussiyani ozod etishda, so’ngra Polshaning Grudzyandz, Gnev, Starograd,
Dzyaddovo shaharlarini ozod etish uchun bo’lgan janglarda sarkardalarga xos harbiy
san’atini namoyish etdi. 1945 yil 26 martda Gdansk shahrini ozod etish uchun bo’lgan
jangda qahramonlarcha halok bo’ldi.
Sobir Rahimovga o’limidan so’ng Qahramon unvoni berildi. Polsha xalqi general
Sobir Rahimov nomini e’zozlab kelmoqda. Gdansk shahridagi ko’chalar, maktablarga
general Sobir Rahimov nomi berilgan.
O’zbekistonliklar Evropa mamlakatlarida avj olgan Qarshilik ko’rsatish harakatida
ham faol qatnashdilar. Ular dushmanning maxsus lagerlaridan qochib, Chexoslavakiya,
Polsha, Yugoslaviya, Gretsiya, Frantsiyadagi Qarshilik ko’rsatish harakatiga qo’shilib
jang qildilar. samarqandlik G.G.Bulatov otryadi Polshada o’nlab ko’priklarni, temir
yo’llarni portlatdi, dushmanning harbiy qismlari va jangovor texnikasi ortilgan
eshelonlarni ag’dardi. 1944 yil o’rtalarida Slovakiyada fashistlarga qarshi ko’tarilgan
milliy qo’zg’olonda o’zbekistonliklardan partizan otryadi komandiri V.F.Melnikov,
R.Allamov, A.Narzullaev, R.Hamroevlar ishtirok etdi. Yugoslaviyada ko’rsatgan jasorati
uchun farg’onalik Uksanboy Xolmatov 3 marta Yugoslaviyaning mukofotlariga sazovor
bo’ladi.
Frantsiyada 37 millat va elatlarga mansub 2200 sovet harbiy asirlaridan tuzilgan
partizanlar polki A.A.Kozaryan qo’mondonligida frantsuz partizanlari bilan birgalikda
jang qilib, Ales, Vilfor, Sen-Sheli shaharlarini, Gar va Lozer departamentining
qishloqlarini fashistlardan ozod qildilar. Bu janglarda samarqandlik Abdulla Rahmatov,
Bulung’ur tumanidan Sariboy Shomurodov, toshkentliklar - Rahmon Rahimov, Nasib
Amirov va boshqalar faol qatnashdi.
Frantsiyaning janubini ozod etishda ko’rsatgan jasorati uchun qo’qonlik Hoshim
Ismoilov, toshkentlik: Tojiboy Ziyaev Janna d’Ark kresti ordeni bilan muokfotlandi.
O’zbekistonliklarning Qarshilik ko’rsatish harakatidagi ishtiroki Evropa xalqlarining
fashistlar asoratidan xalos qilish harakatiga qo’shgan muhim hissa bo’ldi.
284
Dushman o’ta makkor edi. Harbiy asirlar o’rtasida millatlarni bir-biriga qarshi gij-
gijlash kelib chiqishi nemislardan bo’lgan sovet fuqarolarini qulayliklar yaratish evaziga
o’ziga xizmatkorlikka olish, sovet hokimiyatiga nisbatan norozilik kayfiyatida bo’lgan
ayrim musulmon etnik guruhlaridan siyosiy maqsadlarda foydalanishga ham urinib
ko’rdi. Rozi bo’lmaganlarni ochlik va o’lim bilan qo’rqitar edi, bu usul asirlarga ko’proq
ishlatilardi. Fashistlar Germaniya Vermaxtining 1942 yil dekabr oyidagi buyrug’ig’a
binoan harbiy asirlardan «Rus ozodlik armiyasi», «Turkiston legioni», «Volga-Ural
legioni» kabi harbiy qo’shilmalar tuzishdi, ulardan partizanlarga qarshi kurashda
foydalanishdi ham. Chet el manbalarida bunday tuzilmalarga jalb etilganlar soni oz emas,
ko’p emas, qariyb 1 mln. kishiga etganligi ko’rsatiladi. Bunga, ehtimol, Stalinning
asirlikka tushib qolganlarni vatan xoinlari deb hisoblagani ham o’z ta’sirini ko’rsatgan
bo’lishi mumkin. Haqiqatda esa ko’pgina harbiy askarlar bunday legionlarga majburan
kiritilgan edi, ular yashirin guruhlar tuzib partizanlar bilan aloqa bog’lash yo’lini
qidirganlar. Masalan, 1944 yil yanvarida Gitlerchilar «Turkiston legioni» otryadini
Chernogoriyaga yugoslaviyalik partizanlarga g’arshi jangga soladi. Otryadlarning birida
28 o’zbek yigitlari – S.Fayziev, A.Ahmedov, Z.U.Husanov va boshqalar bor edi. Zobit
S.Fayziev mahalliy aholi bilan aloqa bog’laydi va uning ko’rsatmasi bilan legionchilar
fashist komandirlarini otib tashlab, qurol-aslahalari bilan toqqa, partizanlar tomoniga
o’tadi. 1944 yil 25 may kuni 28 o’zbekistonlik legionchilar Yugoslaviyada harakat
qilayotgan bolgar askarlari bataloniga qo’shilib ketadi. Ular orasida jang qilgan
toshkentlik Z.U.Husanovning taqdiri ibratlidir. U 1941 yilda Smolenskda yarador bo’ladi,
tuzalib safga qaytadi va 1943 yil 5 iyulda 228-o’qchi polki safida qahramonlarcha jang
qilib og’ir yaralanadi. Quroldoshlari u halok bo’ldi, deb hisoblashadi, uyiga bu haqda
xabar ham yo’llashadi, unga Qahramon unvoni beriladi. Ammo jangchi o’lmay qoladi,
dushman uni og’ir yarador holda asirga oladi, keyin «Turkiston legioni»ga kiritadi.
Ziyamat Husanov o’rtoqlari bilan partizanlar tomoniga o’tadi. Priepol shahrida
fashistlarga qarshi mardona jang qilib, ko’plarini er tishlatadi. O’zi ham og’ir yarador
bo’ladi, do’stlari uni o’ldi, deb hisoblashgan edi. Yo’q, tirik qolgan ekan, bir mahalliy
ayol jangchini o’ziga keltiradi, Italiyadagi harbiy kasalxonaga joylashtirishadi. U to’rt
marta operatsiyani boshidan kechiradi, sog’aygach, o’z yurtiga keladi va Qahramon
unvoniga sazovor bo’lganligidan xabar topadi.
Gitlerchi fashistlarning sovet harbiy asirlarini o’z vatandoshlariga qarshi
urishtirishga qaratilgan siyosiy nayrangi, «Turkiston legioni» tuzishga intilishlari ham
barbod bo’ladi. Biroq omon qolgan asirlarning taqdiri ham og’ir kechadi. Ular o’z
Vataniga qaytib kelgach, gumon ostida bo’ldilar, ishga jyolashishda, uy-joyli bo’lishda
qiynaldilar. O’zbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortiqrog’i yana lagerlarga, endi
sovet hukumatining lagerlariga tashlandi va ularga shafqatsizlarcha munosabatda bo’lindi.
Bunday hollar Stalin va uning atrofidagilar yaratgan ishonmaslik va gumonsirash
vaziyatining oqibati edi.
285
Do'stlaringiz bilan baham: |