Ў з б е к и с т о н д а в л а т с т а н д а р т и


Suvli issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish



Download 8,38 Mb.
bet58/84
Sana29.05.2022
Hajmi8,38 Mb.
#615806
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Bog'liq
2 5343854217272497148

9.2. Suvli issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish.
Suvli issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish, uchastkani, qaytish quvurlari orqali to’ldirish nasoslari hosil qilgan bosim ostida suv bilan to’ldirishdan boshlanadi. Yilning issiq oylarida tarmoq sovuq suv bilan to’ldiriladi.Tashqi havo xarorati +10S dan past bo’lganda suvni muzlab qolishini oldini olish maqsadida suvni 500 S gacha isitib berish tavsiya qilinadi.
To’ldirish davrida qaytish quvurlaridagi barcha suv chiqarish kranlari va tarmoqlanish joylaridagi zulfinlar berkitib qo’yiladi, havo chiqarish kranlari esa ochiq holatda bo’ladi. Havo chiqarish quvurlarida suv havo pufakchilarisiz chiqa boshlagach kran berkitiladi, so’ngra vaqti-vaqti (2-3 minut oralig’ida) bilan kranni ochish yo’li bilan yig’ilgan havo chiqarilib turadi. Qaytish quvuri suv bilan to’ldirilgach tarmoqlanish quvurlariga o’rnatilgan zulfinlar ochiladi va yuqorigi tartibda suv yuborish quvurlari to’ldiriladi.
Seksiya to’ldirilgandan so’ng yig’ilgan havoni to’laligicha chiqarib yuborish uchun ikki – uch kutib turiladi va havo chiqarilib yuboriladi. Tarmoqlanish va mavze tarmoqlari, magistral quvurlar to’ldirilgandan so’ng, binolarga suv berish quvurlari tarmoqlanish va mavze tarmoqlari to’ldirilgandan so’ng suv bilan to’ldiriladi. Nasos podstansiyalariga ega tarmoqlar aylanma suv quvurlari orqali to’ldiriladi.
Ishga tushirish jarayonini keyingi bosqichida tizim zichlik va mustaxkamlikka tekshiriladi. O’tib bo’lmaydigan kanallarda va kanalsiz usulda o’tkazilgan tizim ikki bosqichda sinovdan o’tkaziladi, boshlang’ich va yakuniy. Boshlang’ich sinov, quvurlarda salnikli kompensatorlar, zulfinlar o’rnatilishidan oldin va kanal xamda transheyalar ko’milmasidan qisqa uchastkalar bo’yicha o’tkaziladi.
Yakuniy sinov barcha ishlar tugatilgach va trassadagi barcha jihozlar o’rnatilgach amalga oshiriladi.
Sinov ishlari issiqlik tashuvchining bosimi 1,25 Rishchi qiymatgacha o’tkaziladi, ammo suv yuborish quvurlaridagi suv bosimi 1,6 MPa dan, qaytish quvuridagi bosim esa 1,2 MPa dan kam bo’lmasligi kerak.
Issiqlik punktlari va undan chiqayotgan quvurlaridagi sinov ishlari kamida 10 daqiqa davomida o’tkazilishi lozim.
Quvurlar tizimini yuvish 2 bosqichda o’tkaziladi, birlamchi va toza. Birlamchi yuvishda yengil muallaq moddalar chiqarib yuboriladi. Buning uchun quvurlar tizimi suv bosimi 0,4 MPa bosimgacha bo’lgan vodoprovod tizimiga ulanadi. Bu bosim ostida cho’kindilarni qo’zg’atgan suv ochiq drenaj orqali to’kib yuboriladi. Barcha cho’kindilarni to’laligicha chiqarib yuborish toza yuvish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon tarmoq nasoslari orqali harakatlanayotgan suvni tezligi 3-7 m/s ga yetkazilib bajariladi.
Yuvish suvni tiniqligi ta’minlangancha amalga oshiriladi va uning sifati laboratoriya analizi bilan nazorat qilinadi. Tizim tozalaligi ta’minlangach quvurlar ximiyaviy tozalangan suv bilan to’ldiriladi.
Ochiq tizimga ega tarmoqqa suv bilan to’ldirilganga qadar bakterial jonzotlarga qarshi Davlat sanitariya inspeksiyasi me’yoriga ko’ra sanitar ishlov beriladi.
Tizim suvga 20-40 mg/l miqdorida aktiv xlor qo’shishi yo’li bilan kamida 24 soat davomida dezinfeksiya qilinadi. Bunda suvdagi qoldiq xlor miqdori kamida 1 mg/l bo’lishi kerak. So’ngra suv chiqarib yuboriladi va tarmoq 700 S gacha qizdirilgan ichimlik suvi bilan qayta yuviladi.
Sozlash masalalari, tizim ishining barcha rejimlarida issiqlik bilan doimiy ravishda ta’minlash va ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan issiqlikni mutanosibligini ta’minlashdan iborat bo’ladi.
Issiqlikni berish tartibi issiqlik yuklanmasini yillik va sutkalik grafiklari asosida rejalashtiriladi.
Sutkalik grafik issiqlik tarmog’ining dispetcher xizmati tomonidan dastlabki ob-havo ma’lumotiga ko’ra tayyorlanadi va bajarilish muddatidan 1 sutka oldin stansiyaga beriladi. Sutkalik grafik bajarilishi kerak bo’lgan xujjat bo’lib, butun tuman bo’yicha issiqlik tashuvchini ko’rsatkichlari va me’yoriy soat sarfi shuningdek, teplofikasion qurilmalarga berilayotgan issiqlik yuklamasi ko’rsatilgan bo’ladi.
Stansion qurilmalarga berilgan ish rejimi, tarmoqlangan tuman navbatchilari bergan axborotlar va aniqlashtirilgan ob-havo ma’lumotlariga ko’ra moslashtirib boriladi.
Issiqlik tarmoqlarini sinash 2 ga bo’linadi: ishga tushirish va foydalanish.
Issiqlik tarmoqlarini sinashning barcha turlari, maxsus programma orqali tekshiruv maqsadlarini hisobga olgan holda bajariladi.
Sinash ishlari quyidagilarga bo’linadi:
a) katta bosimga - sinash
Suv quvurlari, armaturalar va jihozlardagi mexaniq mustahkamlik va zichlikni aniqlash uchun belgilangan.
Gidravlik sinash, jihozlarni va yangi tarmoqni haqiqiy gidravlik tasniflarini yoki foydalanish jarayonida ushbu tasniflarni o’zgarishini aniqlash uchun bajariladi.
Issiqlik bo’yicha sinash tarmog’iga yo’qotilayotgan issiqlik miqdorini aniq qiymatini aniqlash va ularni hisobiy hamda me’yoriy qiymatlari bilan solishtirish uchun bajariladi.
Issiqlik tashuvchini maksimal haroratida sinov ishlarini o’tkazishdan maqsad: tizimdagi kompensatorlar va konstruksiyalarni ishonchli ishlashi, tayanchlar siljishini nazorat qilish va katta yuklamaga ega tarmoq elementlarining xaqiqiy deformatsiyasi va zo’riqishini aniqlash
Gidravlik sinovda bir vaqtning o’zida issiqlik tashuvchini bosimi, sarfi va harorati tarmoqning xarakterli nuqtalarida(quvur diametrlari, suv sarfi o’zgargan joy va h.k.) o’lchanadi.
Suv yuborish va qaytish quvurlarida o’lchangan bosim qiymatlari bo’yicha xaqiqiy pezometrik grafik, uchastkalardagi suv sarfiga ko’ra bosimni hisobiy grafigi aniqlanadi. Xaqiqiy va hisobiy pezometrik grafiklarni solishtirish natijasida uchastkalardagi ishqalanish koeffisentini o’zgarishi va ifloslangan uchastkalar aniqlanadi.
Issiqlik bilan sinash davrida tekshirilayotgan suv yuborish va qaytish quvurlarining boshlanish va oxirida issiqlik tashuvchini sarfi xamda harorati o’lchanadi. Tizimda sirkulyatsiyani barqaror rejimi (tartib) o’rnatilgach har 10 daqiqada bir necha o’lchov ishlari bajariladi.
Xaqiqiy va hisobiy issiqlik yo’qotilishlarini solishtirish natijasiga ko’ra izolyatsiya sifatiga baho beriladi.
Tarmoqlarni issiqlik va gidravlik sinovi har 3-4 yilda o’tkaziladi.
Tarmoqdagi iste’molchilarni o’chirib, tarmoq oxiridagi aylanma quvurlar orqali xar yilda ikki marotaba, isitish davrining boshlanishi va oxirida sinov ishlari o’tkazilishi lozim.
Sinov ishlari davrida issiqlik tashuvchining harorati soatiga 30oS dan oshirilib boriladi, tarmoqning oxirgi nuqtalarida maksimal harorat kamida 30 daqiqa ushlab turiladi, bunda maksimal harorat 120 0S ga teng bo’ladi va sinov ikki soat davom etadi.

Download 8,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish