Estafeta tayoqchasi – estafetali yugurish davomida sportchilarning bir – biriga
bosqichdan – bosqichga o‘tishi davomida uzatishi belgilangan, usti silliq holatdagi,
ichi bo‘sh quvur ko‘rinishida ishlangan predmet bo‘lib, aylana kesimi diametri 3 – 4
sm bo‘lgan yog‘och materialdan, metal yoki boshqa qattiq materialdan yasalishi
mumkin. Tayoqchaning uzunligi 28 – 30 sm, og‘irligi esa – 50 gramni tashkil qilishi
belgilanadi.
Olimpiada estafetasi – Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan estafeta turi
bo‘lib, shuningdek yengil atletika turining boshqa rasmiy musobaqalarida –
jumladan, 4 × 100 metr va 4 × 400 metr masofalarga yugurish musobaqalarida qayd
qilinuvchi sport turi hisoblanadi.
«Shved» estafetasi – 800 + 400 + 200 + 100 metr, 400 + 300 + 200 + 100 metr
va boshqa turli xil uzunlik masofalarida amalga oshiriluvchi estafeta turi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |