Darsning borishi: -
- I. Tashkiliy qism.
- O’quvchilar bilan salomlashish.
- O’qituvchi:
- Ma’rifat gulshanin gulu lolasi,
- Jannatmakon yurtning o’tli bolasi.
- Shukronalar aytib boshlayman darsni,
- Salom, bog’larimning totli mevasi.
- O’quvchilar:-Assalomu alaykum !
- O’qituvchi:
- Navbatchiga savolim,
- Kimlar kelmadi qizim?
- Sababli yo sababsiz,
- Balki buni bilarsiz?
- Ayting oy kun sanani,
- Jalb etaylik hammani.
- Nishonladik fevralda
- Qaysi muhim sanani?
Navbatchi: - Navbatchi:
- Jamdur barcha o’quvchi,
- Bugungi darsga tayyor.
- Fevral oyida o’tgan,
- Muhim sanalar bisyor.
- Tilimiz asoschisi---
- Navoiy bobomizning
- Bayramin nishonladik,
- G’azalxonlik boshladik.
- Shox va shoir Boburning
- Xotirasin yod etdik.
- “Boburxonlik” o’tkazib,
- Ruhlarini shod etdik.
O’qituvchi: - O’qituvchi:
Balli tashakkur sizga, - Egallang o’z joyingiz
- Siz matematika darsining
- Bilasiz chiroyini.
- Qani, o’g’il – qizlarim,
- Nimalarni o’rgandik?
- Yana avvalgi darsda
- Qanday mavzu o’tgandik?
- O’quvchilar birgalikda:
- ---Sanashni, hisoblashni,
- Fikrlashni, o’ylashni,
- Masalalar yechishni,
- Noma’lumni topishni,
- Og’irlik ,uzunlikni,
- Vaqt, masofa, tezlikni,
- Ko’paytirish, bo’lishni,
- Perimetr, yuzani,
- Topishni , taqqoslashni,
- Burchak, tomon, shaklni.
- O’rgatar matematika,
- Bel bog’lab doim tikka.
O’qituvchi: (Darsni “Navro’z bayrami” yaqinligi sababli tabriknoma yasash metodidan foydalaniladi. Bunda oldindan tayyorlangan gul shoxchalari va gulchalri tarqatiladi. Dars davomida o’quvchilarni ishtiroki shunga ko’ra aniqlanadi.) - O’qituvchi: (Darsni “Navro’z bayrami” yaqinligi sababli tabriknoma yasash metodidan foydalaniladi. Bunda oldindan tayyorlangan gul shoxchalari va gulchalri tarqatiladi. Dars davomida o’quvchilarni ishtiroki shunga ko’ra aniqlanadi.)
- II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.( o’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun ikki xonali sonni uch xonali songa bo’lish mavzusi yuzasidan doskada misollar bajariladi.Misollarni ustun shaklida ishlaydilar.)
- 1. Uyga berilgan vazifani tekshirish. 685- misol.
- (200000 – 8325 * 4):100=1667
- 87*93=8091
- 604*12=7248
2. Ikki va uch xonali songa bo’lish mavzusini mustahkamlashda guruh bo’ylab 1- qatorga 6 ta, 2-qatorga 6 ta misol yozilgan oq qog’ozlar tarqartiladi. Bunda yozilgan misollarni qaysi guruh birinchi bo’lib to’g’ri bajargan bo’lsa o’sha guruh rag’batlantiriladi.Berilgan qog’oz orqasida aylana, kvadrat uchburchak shakllari yopishtirilgan bo’ladi. Shu bo’yich o’qituvchi tezkor savol javob o’tkazadi. - 2. Ikki va uch xonali songa bo’lish mavzusini mustahkamlashda guruh bo’ylab 1- qatorga 6 ta, 2-qatorga 6 ta misol yozilgan oq qog’ozlar tarqartiladi. Bunda yozilgan misollarni qaysi guruh birinchi bo’lib to’g’ri bajargan bo’lsa o’sha guruh rag’batlantiriladi.Berilgan qog’oz orqasida aylana, kvadrat uchburchak shakllari yopishtirilgan bo’ladi. Shu bo’yich o’qituvchi tezkor savol javob o’tkazadi.
- 1). Qanday ranglarni ko’ryapsiz? (qizil, sariq, yashil)
- 2). Bu ranglarni qayerlarda uchratish mumkin? (svetafor chiroqlarida)
- 3). Svetafor qayerlarda bo’ladi? ( choraxalarda)
- 4).bu qanday shakl? ( aylana)
- 5). Aylana diametri deb nimaga aytiladi? ( aylananing ikki sirti orasidagi masofa diametr deyiladi)
- 6).bunisi qanday shakl? ( kvadrat)
- 7). Kvadrat deb nimaga aytiladi? ( to’rtala tomoni ham teng bo’lgan to’rtburchak kavadrat deyiladi)
- 8).Bu qanday shakl? ( uchburchak)
- 9). Uchburchakning qanday turlari bor? (teng tomonli, teng yonli, turli tomonli) va hakazo savollar berilib bilimlari mustahkamlanadi.
1-qator 1-qator 1). 2016:36= 2). 5535:45= 3). 1950:78= 4). 1206:6= 5). 2808:4= 6). 2814:67= 2-qator 1). 3864:42= 2). 3510:45= 3). 2832:4= 4). 300:75= 5). 1428:42= 6). 2728:44= 1-qator 1-qator 1). 2016:36=56 2). 5535:45=123 3). 1950:78=25 4). 1206:6=201 5). 2808:4=702 6). 2814:67=42 2-qator 1). 3864:42=92 2). 3510:45=78 3). 2832:4=708 4). 300:75=4 5). 1428:42=34 6). 2728:44=62 III. Yangi mavzu bayoni - III. Yangi mavzu bayoni
Mavzu: Uch xonali sonni ikki xonali songa qoldiqli bo’lish 687-misol doskada o’quvchilar tomonidan bajariladi. 687-misol doskada o’quvchilar tomonidan bajariladi. 682:96=7 (10 qoldiq) 340:37=9 (7 qoldiq) 511:63=8 (7 qoldiq) 581: 72=8 (5 qoldiq) 688- masala sharti asosida suxbat uyushtiriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi. - 688- masala sharti asosida suxbat uyushtiriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.
- 1– avtomat dastgoh 1 soatda—69 ta
- 2– avtomat dastgoh 1 soatda---84 ta
- Bir kunda 1 ta dastgoh ---552 ta o’yinchoq
- Ikkala dastgoh birgalikda---?
Y echish: Y echish: 1). 552: 69=8 soat ishlagan 2). 84*8=672 ta o’yinchoq 3). 552+ 672=1224 ta ikkala dastgoh Javob: Ikkala avtomat dastgoh birgalikda 1224 ta o’yinchoq yasagan. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash - IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
- 689- masala (sharti asosida o’quvchilar bilan bo’sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan suhbat o’tkaziladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.)
- Ikkala guruh –100 qop
- Birinchi guruh – 2450 kg
- Ikkinchi guruh – 2550 kg
- Har bir guruh --? Qopdan
- Yechish:
- 1) 2450+ 2550=5000 kg. Hamma terilgan kartoshkalarning og’irligi;
- 2) 5000: 100= 50 kg. Bitta qopdagi kartoshkaning og’irligi;
- 3) 2450:50=49 qop. Birinchi guruhning tergan kartoshkasi;
- 4) 2550:50=51 qop. Ikkinchi guruhning tergan kartoshkasi.
- Javob: birinchi guruh 49 qop, ikkinchi guruh 51 qop kartoshka tergan.
Shu o’rinda o’quvchilarning grafiklardan foydalanish malakalarini oshirish maqsadida “Havo harorati” ni o’lchash mashqini bajariladi. Bunda bolalarning mustaqi fikrlashga o’rgatiladi. - Shu o’rinda o’quvchilarning grafiklardan foydalanish malakalarini oshirish maqsadida “Havo harorati” ni o’lchash mashqini bajariladi. Bunda bolalarning mustaqi fikrlashga o’rgatiladi.
VAQT
|
C
|
2:00
|
2 C
|
4:00
|
3 C
|
6:00
|
6 C
|
8:00
|
6 C
|
10:00
|
8 C
|
12:00
|
10 C
|
14:00
|
16 C
|
16:00
|
12 C
|
18: 00
|
10 C
|
20:00
|
6 C
|
22:00
|
2 C
| V. Yakuniy qism. - V. Yakuniy qism.
- 1. O’quvchilarning darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi. Buning uchun yasagan tabriknomalaridagi gulchalar soni sanaladi. Kim ko’p gulcha yopishtirgan bo’lsa shu o’quvchi bugungi dars qaxramoni bo’ladi.
- 2. Dars haqida o’quvchilarning fikrlari tinglanadi va umumlashtiriladi.
- VI. Uyga vazifa: tenglama beriladi. O’quvchilarga yaxshi kayfiyat tilab darsga yakun yasaladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |