” To’rtko’l ko’p tarmoqli texnikumi Direktori Z. Yusupova “ ” 2022-yil “tabiiy va texnika fanlari


II.2. KLINKER AYLANMA PECHLARDA KUYDIRILGANDA SODIR BO‘LADIGAN JARAYONLAR



Download 453,84 Kb.
bet6/9
Sana14.07.2022
Hajmi453,84 Kb.
#797116
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
portland sement

II.2. KLINKER AYLANMA PECHLARDA KUYDIRILGANDA SODIR BO‘LADIGAN JARAYONLAR.

Xomashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lishi natijasida qovushib pishgan o‘lchamlari 2-3 sm dan iborat donalar shaklidagi C3S, C2S, C3A, C4AF va shishasimon qismdan tarkib topgan klinker hosil bo‘ladi.
Tashqi muhit temperaturasidagi shlam pechga tushishi bilan u temperaturasi 700-800 0С ga yetadigan chiqindi gazlarning keskin ta’siriga uchraydi. Bunday yuqori temperatura ta’sirida shlam tezda 100 0С gacha isiydi va shu vaqtda shlam tarkibidagi suv shiddat bilan bug‘lana boshlaydi. Shlam asta-sekin quyuqlasha boshlaydi, uning tarkibidagi nam ancha kamaygandan so‘ng yirik kesaklar ko‘rinishiga keladi. Kesaklar keyinchalik mayda parchalarga bo‘linib ketadi, chunki shlamning loy komponenti namni yo‘qotgach, qovushqoqlikligi susayadi. Mexanik aralashtirilgan namning bug‘lanish jarayoni taxminan 200 0С gacha davom etadi. 200 0С gacha shlamda ketadigan jarayonlarning tabiatiga qarab, pechning bu zonasi quritish zonasi deb ataladi.
Material surila borib, 200-300 0С dan yuqori temperaturada organik aralashmalar yonib ketadi va kaolin hamda loy tarkibidagi boshqa suvli alyumosilikatlar degidratatsiyalanadi. Loy suvni yuqotishi natijasida shlam kukunga aylanib qoladi. Bu jarayon taxminan 600-700 0С gacha davom etadi.. 200-700 0С oralig‘ida o‘tayotgan jarayonlarni degidratatsiya zonasi deb yuritiladi. Temperatura 800 0С ga yetganda shlamning ohaktosh komponenti quyidagi reaksiya bo‘yicha parchalanadi:
С аСО3=СаОQСО2
800 0С da kalsiy karbonatning dissotsiatsiyalanishi juda sust o‘tadi, 1000 0С da esa tez va to‘la dissotsiatsiyalanadi.
Xomashyo aralashmasi 700-1000 0С zonasida kalsiy oksidini hosil qiladi. Shuning uchun pechning bu zonasi kalsiylanish zonasi deb ataladi.
Bu zona ko‘p davom etgani bilan harorat sekin ortadi. Bunga sabab shuki, issiqlik asosan kalsiy karbonatning parchalanishiga sarf bo‘ladi. 680-1000 0С da oraliq birikma 2CaO∙SiO2∙CaCO3 hosil bo‘ladi.
Qattiq fazalarda reaksiyalar 1000-1350 0С oralig‘ida ro‘y beradi. Bu reaksiyalar ekzotermik zona deb ataladi.
Kuydirilayotgan aralashma ekzotermik zonada bo‘lishi natijasida 2CaO∙SiO2, 4CaO∙A2O3∙Fe2O3 ва CaO∙Al2O3 hosil bo‘ladi.
Ammo shu bilan hali normal portlandsement klinker hosil bo‘lmaydi, chunki uning asosiy tarkibiy qismi-uch kalsiy silikat (3СаО∙SiO2) yo‘q. Bu mineral pechning keyingi qismida (yuqori temperaturalar zonasida) hosil bo‘ladi. Bu zona pishirish zonasi deb yuritiladi.
qumtuproq qattiq holda ikki molekuladan ortiq ohakni biriktira olmaydi biroq suyuq holda qumtuproq ohakka nisbatan juda tez (3СаО∙SiO2 gacha) to‘yinadi. Demak, uchkalsiyli silikat olish uchun ikki kalsiyli silikat ohakni yutib, yuqori asosli 3СаО∙SiO2 ga aylanadigan darajada aralashmani qizdirish kerak.
Ancha oson eriydigan minerallar С3А va С4АF pishirish zonasida eriydi. Hosil bo‘lgan suyuq fazada С2S erib С3S gacha to‘yinadi. Uch kalsiy silikat eritmada ikki kalsiy silikatga nisbatan ancha kam eriydi. Shuning uchun S3S hosil bo‘lishi bilan eritma mineralga o‘ta to‘yinib qoladi va uch kalsiy silikat eritmada mayda-mayda qattiq kristallar holida ajralib turadi.
С2S ning erishi va ohakning yutilishi butun kuydirilayotgan aralashma massasida bo‘lmay, balki uning ayrim ulushlarida o‘tadi. Demak, ohak ikki kalsiy silikatni to‘liq singdirib olishi uchun materiallarni ma’lum vaqtgacha pishirish temperaturasi (1350-1450 0С) da tutib turish talab etiladi.
Materiallar bu zonada qancha ko‘p tutib turilsa ohak shuncha to‘liq bog‘lanadi, shu bilan birga С3S kristallari ham yiriklashadi. Klinkerni pishirish temperaturasida kam vaqt ushlab turish tavsiya etiladi, agar shunday qilinsa portlandsementning fizik mexanik ko‘rsatgichlari yuqori bo‘ladi. Klinker pishirish zonasidan sovitish zonasiga tushadi. Bu yerda klinker qarshisiga sovuq havo oqimi oqib keladi. Pishirish zonasidan ayrim vaqtlarda aralashmaning butun ohagi qumtuproqqa butunlay to‘yinib ulgurmaydi. Bu o‘zlashtirish jarayoni aralashmada ohak va С2S kamayishi sababli yanada sekinlashadi. Natijada to‘yinish koeffitsenti yuqori bo‘lgan klinkerlarda doim erkin ohak bo‘ladi. Bunday klinkerlarda ohak С3S holida iloji boricha ko‘proq o‘zlashtirib olinishi kerak. Klinker tarkibida erkin ohak 1-2 % bo‘lsa u portlandsement sifatiga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq uning miqdori ko‘p bo‘lsa, portlandsement hajmining notekis o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun klinker tarkibida ohakning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Sovitish zonasidan klinker 1000-1100 0С da chiqadi va uni butunlay sovitish uchun pech sovitkichiga yuboriladi. Klinker sovitilayotgan undan ajratib olinayotgan issiqlik yana pechga qaytariladi.



Download 453,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish