“ Tasdiqlayman ”


Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/33
Sana31.10.2020
Hajmi1,48 Mb.
#50860
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
chizmalarni auto cad dasturining uch olchamli funksiyalarini orgatish metodikasi

 1.3. Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan 

foydalanishning avfzalliklari, qulayliklari hamda o’ziga xos yuziga 

keladigan murakkabliklari 

 

Autodesk  kompaniyasining  AutoCAD  tizimi  hozirgi  davrda    avtomatik 



loyihalashning 

xalqaro 


standarti 

hisoblanadi. 

AutoCAD 

dasturining 

yaratilganligiga  30  yildan  oshgan  bo’lsa-da,  avtomatik  loyihalash  dasturlari 

orasida  hanuzgacha  mashhurligicha  qolmoqda.  Chunki  AutoCAD  dasturi 

mukammal  va  ommabop  dastur  bo’lib,  u  har  qanday  turdagi  sxema  va 

chizmalarni  yaratishda  yuqori  aniqlikda  va  sifatli  bajaradi.  Shuningdek,  mazkur 

dasturdan  foydalanuvchilarning  ijodiy  imkoniyatlarini  to’la  amalgam  oshirishga 

yordam  beradi.  Shu  sababli,  millionlab  mutahassislar,  olimlar,  muhandislar  va 

talabalar  loyihalash  ishlarini  avtomatlashtirish  sohalarida  AutoCAD  tizimidan 

foydalanishlari   oddiy holatga aylanib bormoqda. 

 

AutoCAD  dasturi  nafaqat  muhandislar  uchun  qulay  bo’libgina  qolmay 



balki,  o’zining  bir  qator  afzallik  tomonlari  bilan  chizmachilik  darslarini 

samaradorligini  oshirishda  anchayin  qulayliklar  tug’diradi.  Bulardan  biri  undagi 



aniqlik  bo’lib  hech  bir    dasturda  AutoCAD  dasturichalik  aniqlikda    chiza 

olmaymiz. Aniq buyruq asosida chizilgan chizma o’zining aniqligi bilan boshqa 

dasturlarda ishlangan  chizmadan yaqqol ajralib turadi.  Yana bir muhim afzallik  

tomonini  hisobga  olib,  uning  birgina  AutoCAD  dasturida  bir    vaqtning  o’zida 

tekislik  va  hajmda  ishlay  olish  imkoniyatiga      ega    ekanligimiz,    biz 

o’qituvchilarga  dars  samaradorligini  oshirish  uchun  katta  qulaylik  yaratadi. 

O’quvchilarga chizmani  tushuntirib bo’lgan o’qituvchi, o’tilgan mavzu bo’yicha 

ularning tasavvurlarini kengaytirish   maqsadida buni  AutoCAD ning 3D qismida 

ya’ni  hajmda  o’quvchilarga  ko’rsatib  berish  imkoniyati  mavjuddir(masalan 

proyeksion  chizmachilik  bo’limining  ko’rinishlar,  qirqimlar  mavzularida  qo’l 

keladi).  Bu  esa    darsni  to’g’ri  va  to’laroq  tushunganlar  sonini  ortishiga    olib 

keladi. O’quvchi chizilgan detalning   yaqqol    tasvirini ko’rgach mavzuni unda 




tug’ilgan  savollarga  o’zi  javob    topadi.  Bularning  bari  o’quvchining  fazoviy 

tasavvurini kengaytirishiga, o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga olib keladi. 

AutoCAD-tizimlаridа 

uch  o‘lchаmli  оbyеktlаrni  yarаtish  uchun 

mоdеllаshning  аsоsаn  uch:  kаrkаsli,  sirtli  vа  qаttiq  jismli  mоdеllаsh  usullаridаn 

fоydаlаnilаdi;  ulаrning  hаr  biri  rеаl  оbyеktlаrni  rеаllikning  hаr  xil  dаrаjаsidа 

yarаtish imkоnini bеrаdi: 

 



Kаrkаsli mоdеllаsh. Ushbu mоdеldа оbyеktning fаqаt qоburg‘аlаri tаqdim 

etilаdi,  uning  qirrаlаri  аniqlаnmаydi,  shuning  uchun  mоdеl  shаffоf 

bo‘lаdi. Kаrkаsli mоdеldа hаjm tushunchаsi bo‘lmаydi. 

 



Sirtli mоdеllаsh. Bu mоdеldа оbyеktning qоburg‘а vа qirrаlаri аniqlаnаdi, 

u kаrkаsli mоdеlgа nisbаtаn аniqrоq bаyonni tа`minlаydi. Mоdеl shаffоf 

emаs,  оldindаgi  qirrаlаr  оrtdаgi  qirrаlаrni  bеrkitib  turаdi.  Sirtli  mоdеl 

hаjmgа  egа,  lеkin  mаssаni  hisоbgа  оlmаydi,  chunki  mоdеl  dеvоrlаri 

qаlinligi hisоbgа оlinmаydi. 

 



Qаttiq jismli mоdеllаsh. Bu mоdеl оbyеktni hаqiqаtgа yaqin bаyon qilish 

imkоnini  bеrаdi.  U  оbyеktning  tаshqi  qirrаlаri  vа  qоburg‘аlаri  hаqidа 

bаtаfsil  infоrmаtsiyani  bеrаdi  hаmdа  uning  ichki  strukturаsini  bаyon 

qilаdi.  Qаttiq  jismli  mоdеl  hаjm  vа  mаssаgа  egа  vа  mаtеriаl 

xаrаktеristikаsini hisоbgа оlаdi. 

Uch o‘lchаmli mоdеllаsh quyidаgi imkоniyatlаrni tа`minlаydi: 

 

mоdеlni fаzоning istаlgаn nuqtаsidаn ko‘rib chiqish; 



 

mоdеl kеsimini bаjаrish



 

mоdеlning ikki o‘lchаmli chizmаlаrini аvtоmаtik tаrzdа bаjаrish; 



 

mоdеlning rеаl аksini оlish; 



 

mаtеriаl xаrаktеristikаlаri vа tаshqi yoritishni qo‘shish. 



AutoCADdа  uch  o‘lchаmli  fаzоdа  ishlаsh  uchun  kоmаndаlаr  mаvjud,  ulаr 

yordаmidа  uch  o‘lchаmli  оbyеktlаrni  mоdеllаsh,  mаtеriаlni  bаyon  qilish  vа 

yoritishni  o‘rnаtish  mumkin.  AutoCAD  2007  dа  uch  o‘lchаmli  mоdеllаsh  uchun 

qulаy mаxsus intеrfеysi mаvjud. 




Bugungi  kunda  ta’lim  jarayonini  sifatli  va  zamon  talablariga  javob  bera 

oladigan  shaklda  tashkil  etish  kuning  dolzarb  masalaridan  hisoblanadi.  Oily 

texnika  o’quv  yurtlarida  tayyorlanayotgan  muhandislar  kelajakda  Respublikamiz 

iqtisodiyotiga hissa qo’sha oladigan mutaxassis kadr sifatida kamol topishi uchun 

barcha  imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Shu  maqsadda  maktabdan  to  oily  ta’lim 

muassasasigacha 

bo’lgan 

ta’limtizimi 

jahon 

andozalari 



asosida 

modernizatsiyaqilindi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  ta’lim  jarayonida  Kompyuter 

texnikasi va vositalarini qo’llash hamda ulardan samarali foydalanish zarur. 

Tadqiqotlar  va  kuzatishlar  shuni  ko’rsatmoqdaki,  talabalarda  grafik 

topshiriqlarni  bajarishda  ro’y  beradigan  xatoliklarning  bir  xildaligi  aniqlandi.  Bu 

muammoning  maqbul  yechimini  topishda  kompyuterlashtirilgan  o’qitish  tizimini 

tashkil etish maqsadga muvofiq. Zamonaviy kompyuterlar o’qituvchi uchun texnik 

yordamchi  vosita  sifatida  alohida  ahamiyatga  ega  bo’lib,  uning  beqiyos 

imkoniyatlaridan kengroq foydalanish zarur. Amaliy daturlar paketi o’qituvchidan 

kompyuterni  mukammal  bilishni  va  ishlashni  talab  etmaydi.  Shunday  ekan, 

bugungi kunda muammolarni bartaraf etish o’quvchilardan ta’lim samaradorligini 

oshirish uchun darsga boshqacha, ya’ni zamonaviy yondashishni talab etmoqda. 

Bugungi  kun  talabalarining  grafik  savodxonligini  rivojlantirish  dolzarb 

masala hisoblanib, uni hal etish uchun quyidagilarga amal qilish lozim bo’ladi: 

-  “Chizma  geometriya  va  muhandislik  grafikasi”  fanini  o’qitishda 

zamonaviy Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish

-  grafik  topshiriqlarni  takomillashtirish  (murakkablik  darajalariga 

ajratish); 

-  garafik topshiriqlarni bajarish bo’yicha multimediali uslubiy ko’rsatma 

yaratish va foydalanishni tashkillashtirish; 

-  talabalarning fazoviy tasavvurini shakillantirish; 

-  shakllanga  fazoviy  tasavvur  asosida  ijodiy  fikrlash  qobiliyatini 

rivojlantirish. 



Yuqorida sanab o’tlgan vazifalarni bajarish natijasida talabalarning fanga 

bo’lgan munosabati o’zgaradi. 

“Chizma  geometriya  va  muhandilik”  fanidan  topshiriqlar  to’plamining 

elektron  variantini  yaratish  va  uni  ta’lim  jarayonida  bevosita  qo’llash  lozim. 

Ayniqsa,  mustaqil  ta’lim  jarayonida  talabalar  grafik  topshiriqlarni  bajarishda 

electron darslikning topshiriqlar to’plami bo’limiga ko’proq murojaat qiladilar va 

mavzular  bo’yicha  grafik  topshiriqlarni  bajarish  jarayonida  muammoga  duch 

kelsalar,  shu  Mavzu  bo’yicha  multimediali  animatsion  bajarilish  namunasidan 

foydalanishlari mumkin.  

Chizmachilik  darslari  uchun  AutoCAD  dasturidan  har  doim  ham 

foydalnish  biz  kutgan  natijani  beravermaydi.  Asosan  chizmachilik  darslarini 

o’tilishdan  maqsad  –  talabalarga  kelajakda  o’zlarining  texnik  fikrlarini  chizma 

orqali  namoyon  qilish,  tasvirlangan  har  qanday  buyum,  yoki  ob`ektlarning 

chizmasi  bo’yicha  ishlash  printsipi  va  konstruktiv  tuzilishini  tushunib  olish  va 

tasavvur qila olish uchun bilim, ko’nikma va malaka berishdan iborat. 

Chizmachilik  fanida  buyum  va  inshootlarni  grafik  tasvirlash  metodlarini 

o’rganishga oid bo’lgan asosiy qoidalar, tegishli standartlar hisobga olingan holda 

bayon  etiladi.  Agar  biz  AutoCAD  dasturini  chizmachilik  fanlarida  doimo  qo’llab 

boradigan  bo’lsak,  o’quvchilar  chizmalar  chizish  qoidalarini  va  mazmunini 

tushunishdan  chetda qolishlari  bizga  yaqqol  ayon.  Shuning  uchun  ham  AutoCAD 

dasturini  ba’zi  mavzulardagina  dars  samaradorligini  oshirish,  dars  jarayonini 

o’quvchilarning  mavzuni  tushunishlarini  tezlashtirishni  maqsad  qilib  olgan 

holdagi-na,  o’qituvchi  uchun  texnik  yordamchi  vosita  sifatida  qarab  foydalanish 

o’rinli. 

Misol  qilib  oladigan  bo’lsak  chizmachilik  faninning  “geometrik 

chizmachilik”  bo’limidagi  mavzularni  o’quvchilarga  tushuntirishda  AutoCAD 

dasturidan  foydalanish  umuman  noo’rin.  Sababi  ushbu  bo’lim  chizmachilik 

faninning  dastlabki  bo’limlaridan  biri  bo’lganligi  uchun  quyidagi  mavzular: 

aylanalarni  teng  bo’laklarga  bo’lish,  tutashma  bajarish  qoidalari,  oval  va  ovoid 



yasash  tartibi,  Lekalo  egri  chiziqlari  –  algebraic  va  transcendent  eri  chiziqlar, 

masalan  ikkinchi  tartibli  egri  chiziqlarni  yasash  qoidalari,  sikloida,  episikloida, 

sinusoida,  kosinusoida,  spiral,  o’ramalarni  chizish  tartiblari  shu  bo’limdan  joy 

olgan.  Yuqoridagi  mavzularni  AutoCAD  dasturida  o’tish  o’qituvchi  uchun  qulay 

bo’lishi,  vaqtni  tejashi  mumkin,  ammo  bunday  holatda  o’qituvchi  o’z  oldiga 

qo’ygan asosiy maqsadiga erisha olmaydi, o’quvchilar chizmalarni faqatgina ko’r-

ko’rona  bajarishi  natijasida  ularning  savodsiz  bo’lib  qolishlariga  olib  keladi.  Bu 

bo’limni  bilish  esa  chizmachilik  fanining  qolgan  bo’limlarining  asosi  sifatida 

qaraladi,  hamda  chizmachilikning  hamma  bo’limlari  chambarchas  bog’liqligini 

hisobga  olgan  holda  buni  o’quvchi  qo’lda  oddiy  o’quv  qurollari  yordamida 

chizgani ancha natija beradi: o’quvchi mavzu haqida ko’proq bilimga ega bo’ladi, 

chizma  chizishda  malakasi  oshib  unda  shu  mavzu  yuzasidan  ko’nikma  hosil 

bo’ladi. Pedagog darslarda AutoCAD dasturidan foydalanishdan avval yuqoridagi 

bilimlarni o’quvchiga nazariy jihatdan mukammal egallashlari shundan keyingina 

dasturdan foydalanishi masadga muvofiqdir. 

Chizmachilik  fanining  qolgan  ba’zi  bo’limlarida  ham  shunday  holatlar 

uchrashi  mumkin,  bunda  pedagog  qaysi  mavzuda  dasturdan  foydalanishi  muhim 

ahamiyatga  ega.  Bunda  o’qituvchidan  dasturdan  to’g’ri  va  o’rinli  foydalana  olish 

mahoratiga  ega  bo’lish  uchun  undan  pedagogik  bilim,  yillar  davomida  oshirib 

kelayotgan  malakasiga  ega  bo’lishi,  tanlangan  dars  uchun  mukammal  dars 

ishlanmasi ishlab chiqqan bo’lishi, yaxshi natijaga erishishiga ishonch talab etiladi. 

Yuqorida  keltirilgan  misolni  AutoCAD  dasturining  kamchiligi  deb  qaray 

olmaymiz.  Chunki  dastur  o’quvchiga  dars  berish  maqsadida  emas  balki 

muhandisning  ishini  osonlashtirish  va  aniq  chizmalar  asosida  talabga  javob 

beradigan loyihalar ishlab chiqilishi maqsadida yaratilgan.  

Bizga  ma’lumki  AutoCAD  dasturining  3D  panelidan  hajmli  ob’yektlar 

ustida  ishlagandagina  foydalanamiz.  Biz  chizmachilik  o’qituvchilari  uchun 

AutoCAD  dasturining  3D  bo’limi  detallarning  yaqqol  tasvirini  o’quvchilarga 

ko’rsatishda juda qo’l keladi. Biz dasturning ushbu oynasida prizma, uchburchakli 



prizma,  silindr,  konus  va  shunga  o’xshash  sirtli  shakllarni  bemalol  qurishimiz 

mumkin.  Ammo  detallarni  qirqib  ko’rsatish  kerak  bo’lib  qolganda  biz  tayyor 

tekislik  bilan  emas  o’quvchilarga  uni  prizma  orqali  kesib  ko’rsatishga  majbur 

bo’lamiz. 

          

 

                          a)                                                                      b) 



      

 

c) 



d) 

 

Bundan ko’rinib turibdiki AutoCAD(2006 va 2007) dasturida biz tekislikni 



ko’rsatib  bera  olmaymiz.  Natijada  chizma  geometriya  va  shunga  o’xshash 

fanlarida  dasturdan  foydalanish  biroz  noqulaychiliklar  tug’dirishini  xulosa 




qilishimiz  mumkin.  Chunki  chizma  geometriya  fanidan  biz  asosan  to’g’ri  chiziq, 

tekislik  va  shunga  o’xshash  shakl  va  sirtlarning  o’zaro  vaziyatini  o’rganamiz, 

pozitsion  va  metrik  masalalar  ishlaymiz.  Ammo  bunday  noqulayliklarni  yuqorida 

keltirilib o’tilgan misol kabi qo’lda tuzatish imkoniyatiga egamiz. Nafaqat tekislik 

balki  to’g’ri  chiziqlar  ustida  bazariladigan  amallarda ham  shunday  muammmolar 

yuziga keladi.  

 

 



Yana  bir  murakkablik  tutashma  bajarishda  yuziga  keladigan  muammmo. 

Tutashma  mavzusida  biz  nuqta  bilan  aylanani,  ikkita  aylanani,  to’g’ri  chiziqlarni 

berilgan radius orqali qoidasi asosida osonlikcha tutashtira olamiz. dastur esa bizga 

buni  avtomatik  tarzda  quyidagi  funksiya  –  “

”    orqali  osonlikcha  bajaramiz.  

Istisno  tariqasida  shuni  eslatib  o’tish  kerakki  dastur  bizga  aylana  bilan  nuqtani 

berilganaylana  radiusi  bilan  tutashtirib  bera  olmaydi.  Bunday  noqulaylikni  ham 

o’zimiz  yuqorida  aytib  o’tganimdek  qo’lda  bajarishga  majbur  bo’lamiz.  Bunday 

murakkabliklar  ustida  ishlash  haqida  bitiruv  malakaviy  ishimning  III  –  bob,  2.2 

qismida ko’rsatib o’taman. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


II BOB. CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURNING UCH O’LCHAMLI 


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish