Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga etkazish ham taklifga ta’sir etadi.
Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetdan xarid qilish yoki aksincha, daromad topish uchun chetga chiqarish mumkin. Buning natijasida taklif ko’payishi yoki aksincha, kamayishi mumkin. Eksport ichki bozorda tovar taklifini qisqartirsa, import uni ko’paytiradi. Bundan tashqari, yana qator omillarni sanab o’tish mumkinki, ular ham taklifning o’zgarishiga ta’sir etadi.
Taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi bir yoki bir necha omil (determinant)larni o’zgarishi xuddi talab egri chizig’ini o’rnini o’zgarishiga o’xshab butun shkalani, o’z nav-batida, butun taklif egri chizig’ini ham siljishiga olib keladi.
Taklif miqdori va taklifni o’zgarishini quyidagi chizmada ko’rish mumkin.
Shuni eslatib o’tish joizki, ayrim tovarlarga taklif o’zgarmaydi. Masalan, noyob san’at asarlari: Behzod miniatyuralari, Leonardo da Vinchi rasmlari, Mikelandjelo haykallari kabilar. Ijodiy kasb sohiblari — shoirlar, rassomlar, musiqachilar mehnati mahsulini taklif qilish ham noo’zgaruvchan hisoblanadi. Deh-qonchilik qilishga yaroqli erlar miqdorining cheklanganligi tufayli uni taklif qilishni oshirib bo’lmaydi.
O’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy resurslarga talab va taklifni birgalikda alohida ko’rib chiqamiz. Iqtisodiy resurslarga talab ham tovarlarga bo’lgani kabi shakllanadi. Lekin, iqtisodiy resurslarga talab birinchi navbatda shu resurslarni qo’llagan holda ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan talabga bog’liq. Masalan, stanok ishlab chiqarish kengaysa, resurs bo’lmish metallga talab ortadi.
Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi:
pirovard mahsulotga talabning o’zgarishi;
resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qo’llash. Masalan, gaz o’rniga ko’mir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi;
v)umumiy sarf-xarajatlarda har bir resurs hissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning hissasi qancha ekanligiga bog’liq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan taqqoslanganda katta hissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga ortadi.
Bu o’z navbatida talabning ham shu darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |