Amaliyot mashg‘ulotlari ta’lim muassasalarining belgilangan talablarga asosan jihozlangan o‘quv maydonlari va joylarda o‘quv qurollari, asboblari, snaryadlari, nishonlar va boshqa ko‘chma o‘quv jihozlaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Nazorat mashg‘ulotlari dasturning bo‘limlari yakunlangandan keyin CHQBT fani rahbari yoki o‘qituvchilari tomonidan o‘g‘il va qiz bolalar bilan birga nazorat mashg‘ulotlari ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Nazorat mashg‘ulotlari yangi innavatsion pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan savol-javob, test, mustaqil ijodiy yondashish usullari va dasturning ilovada ko‘rsatilgan me’yorlarini bajarish orqali olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |