YAIMni daromadlar usulida hisoblash. Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo’linadi:
– faqat uy xo’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat evaziga olinadigan daromadlar;
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati va mulkdan olinadigan daromadlar.
Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. Shu sababli yuqorida qayd etilgan ikki agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas.
Ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan kimni ishlga yollagan bo’lsalar, o’shalarga to’lanadi. Ushbu moddaga, shuningdek tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy sug’urta va xususiy pensiya, meditsina hizmati va yordami, ishsizlik va boshqa fondlarga to’lanadigan badallar ham kiradi. Qayd qilingan ish haqiga qo’shimchalar tadbirkorlarni ishchi kuchini yollash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarining bir qismi bo’lgani sababli, firmalarning ish haqini to’lash bo’yicha xarajatlari elementi bo’lib hisoblanadi.
Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda yollanma mehnat bilan shug’ullanuvchilar ulushi muntazam kamayib bormoqda.
Foyda tushunchasi, haqiqatda mulkdan daromad (nokorporativ tadbirkorlikdan daromad) va korporatsiyalar foydasiga bo’linadi. Birinchi holatda gap, individual mulk xisoblangan korxonalar hamda ularning sheriklari va kooperativlarning sof foydasi, to’g’risida ketadi.
Korporatsiyalarning foydalari uch xil usulda foydalanilishi mumkin:
– davlat tomonidan korporatsiyalarning foydasiga soliq ko’rinishida;
– aktsionerlarning dividendlari ko’rinishida;
– yuqorida ko’rsatilgan to’lovlarni chegirgandan so’ng qolgan barcha summa – korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi ko’rinishida.
YAIM tarkibida ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foydadan tashqari yana mablag’larni ikki turda taqsimlanishi, ya’ni daromadlarni to’lash bilan bog’liq bo’lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va ishlab chiqarishga bilvosita soliqlar.
Asosiy kapital iste’moli umuman olganda, hisobot davrida ishlab chiqaruvchida mavjud bo’lgan asosiy kapital joriy qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirishi hisobiga qisqarishini anglatadi.
Bunga harbiy harakatlar yoki favqulotda holatlar natijasida vayron bo’lgan asosiy kapital kiritilmaydi.
Ijara haqi deganda kapital, tovardan foydalanuvchi tomonidan uning egasiga qisqa muddatli ijara yoki shunga o’xshash ma’lum vaqt davomida shartnoma asosida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish huquqi uchun to’lanadigan summa tushuniladi. Ijara haqi nafaqat ushbu davrda tovar qiymati kamayishini, ya’ni asosiy kapital iste’molini, qoplashi, shu bilan birga ushbu davr boshidagi asosiy kapital uchun belgilangan foiz to’lovlari va boshqa kapital egasining xarajatlarini qoplashi zarur.
Daromad to’lash bilan bog’liq bo’lmagan yana bir xarajat turi davlat tomonidan soliq undirilishi bilan bog’liq bo’lgan – biznes uchun bilvosita soliqlar hisoblanadi. Firma va korporatsiyalar uchun ular xarajat bo’lib hisoblanadi va shu sababli ular mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, mulk solig’i, litsenzion to’lovlar va bojxona poshlinalari.
Norezidentlar tomonidan bizning mamlakatda yaratilgan omil daromadlari bizning mamlakat YAIMga qo’shiladi, lekin YAMDga qo’shilmaydi. Omil daromadlariga ish haqi, foyda, dividend, foizlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |