FZT qanchalik mustaqil?
Keyingi uchta bobda FZTni monetar siyosatni olib borishini o`rganayotganda,
nima uchun aynan shu yo‘l bilan faoliyat olib borishiga qiziqishimiz mumkin.
Uning xatti xarakatlarini tushuntirish uchun, sabablarini tushunishimiz kerak. FZT
Kongressdan va prezidentning to`gridan to`gri ta‘siridan qanchalik ozod? Uning
foaliyatiga iqtisodiy, byurokratik eki siyosiy faktorlar ta‘sir qiladimi? Haqiqatan
ham FZT tashki bosimdan mustaqilmi?
Massachusets texnologik institutining professori va Xalqaro valyuta fondining
direktor-raxbar urinbosari Stenli Fisher markaziy banklarning mustaqiligini ikki
xil ko‗rinishni belgilab berdi: instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik –
markaziy bankning monetar siyosatni olib borishdagi instrumentlarni tanlash
qobiliyati, va maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik - monetar siyosat
maqsadlarini belgilashdagi markaziy banklarning qobiliyati. FZT 2xil
ko`rinishdagi mustaqillika ega va boshqa davlat organlariga ta‘sir qiluvchi siyosiy
bosimdan ozod bo‘ladi. Boshqaruv Kengashi ishtirokchilari 14 yillik muddatga
saylanadilar va bu muddat qayta tiklanishga mo`ljallanilmaganligi uchun
boshqaruvchilarni Kongress yoki prezident tassarufini egalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ehtimol, Kongress injikliklaridan FZTni mustaqil qiluvchi yana bir muhim
omil, bu qimmatli qog`ozlardan keluvchi daromad va kichik darajada banklarning
kreditlanishi. Masalan, 2010 yilda FZT 80 mlrd.doll. ga yaqin sof daromad ko`rdi-
bu uncha kam emas! Shu daromadlarning katta qismini Gaznachilikka berilgani
sababli FZT boyib ketmagan, ammo qolgan davlat muassasalari oldida unga
muhim foyda ya‘ni: byujdet xisobidan moliyalashtirilmasligi sababli, federal
xukumat uning monetar va valyuta siyosatlarini nazorat qila olmaydi. Xamyon
ustidan xukm – bu umumiy hukm sinonimi, shuning uchun FZTning moliyaviy
mustaqiligi boshqa bir omillardan ko`ra muximrok.
Ammo FZT qonunchiligiga o`zgarishlar kiritadigan Kongress ta‘siriga FZT
bog`lik bo‘ladi. FZT monetar siyosatni olib borishida deputatlar noroziligini
bildirsa ular, boshqa davlat muassasalari kabi FZTnng mablag`larini qo`lga kiritib
uning xarajatlarini byudjet orkali moliyalashtirishni taxdid qiladilar.
Shuningdek Kongress, FZTning qonunchiligiga o‘zining faoliyati uchun
javogarligi maqsadida o`zgartirish kiritgan. 1975yilda Kongress FZTdan monetar
agregatlarning o`sishini maqsadli ma‘nosini nashr etishni talab qiluvchi 133 nomli
rezolyutsiyani qabul qilgan. To`liq bandlik va balanslashtirilgan o`sish bo`yicha
1978-yilda qabul qilingan Qonun, FZTdan shu monetar agregatlar o`sishining
maqsadli yo`naltirilishi AQSH prezidenti e‘lon qilgan, iqtisodiy rivojlanish
rejalariga to`gri kelishini tasdiqlab berishini talab qilib qo`ydi.
Prezident xam FZTga uz ta‘sirini ko`rsatishi mumkin. Birinchidan Kongress
orqali chunki, oxirgisi to`gridan to`gri FZTga va monetar siyosatni olib borishiga
ta‘sir qiladi. Ikkinchidan, rasman prezident Boshqaruv Kengashining bir yoki
ikkita ishtirokchilarining bir prezidentlik muddati davomida saylashi mumkin
bo`lsada, tajribada ularni ko`proq saylash huquqiga ega. Buning sabablaridan biri
ko‘pchilik
boshqaruvchilar
lavozimini
to`liq
14
yil
egallamaydilar
(boshqaruvchining okladi xususiy biznesdagidan ko`ra ancha kam). Bundan
tashqari prezident boshqaruv Kengashi raisini xar 4 yilda saylashi mumkin va
oldingi rais yangi muddatga saylanmasdan Kengashdan ketadi va uni o`rniga
boshqasi saylanadi.
Ammo prezidentning boshqaruv Kengashi tuzilmasiga chegaralangan.
Kengash raisining muddati prezident saylanish muddati bilan to`gri kelmagani
sababli, prezident undan oldin saylanib ketilgan rais bilan ishlashga to`gri keladi.
Masalan, Alan Grinspen 1987 yilda Ronald Reygan prezidenti tomonidan FZT
boshqaruv kengashi raisi deb saylangan va ya‘ni muddatga boshqa prezident Djorj
Bush tomonidan qayta saylanilagan. 1993yilda demokrat Bill Klinton prezident
etib u 1996-yilda qayta saylagan va Grinspen muddati tugashiga bir necha yil bor
edi. Kuchli ta‘sir ostida Klinton Grinspeni respublikalik bo`lishiga qaramasdan
1996-yilda va 2000-yilda qayta mudatga saylab qo`ydi.
Ko`rinib turgandek FZT – bu dunyodagi mustaqil markaziy banklardan biri.
Ammo u siyosiy bosimdan ozod emas. FZTni xatti xarakatini tushunish uchun,
axolini qo‘llab quvvatlashi uning faoliyatida muxim rolni uynashini tan olish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |