Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов. Под. ред. проф.– Щегорцова В.А.
О.И.Лавшурина. – 5 – е изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 237 – 238.
Деньги, кредит, банки: Учеб. – 2 – е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова,
Fondlar doiraviy aylanishining birinchi bosqichida (PT) pul fondlarining
ishlab chiqarish fondlariga aylanishi sodir bo‗ladi. Bunda mavjud pul
mablag‗lariga mehnat predmetlari va vositalari sotib olinadi.
Fondlar aylanishining ikkinchi bosqichida ishlab chiqarish jarayoni sodir
bo‗lib, bunda tayyor mahsulotni yaratish ro‗y beradi, mahsulot ko‗rinishi tovar
ko‗rinishini oladi, ishlab chiqarish vositalari qiymatiga yangi qiymat qo‗shiladi.
Uchinchi bosqichda (T
I
P
I
) tayyor mahsulot sotiladi. Tovar o‗zining
boshlang‗ich pul shakliga o‗tadi, lekin bunda tovar ham, pul ham o‗zining ishlab
chiqarish jarayonidan oldingi holatiga nisbatan qiymat jihatdan va miqdor jihatdan
ortgan holda bo‗ladi.
Mahsulotni sotgandan keyin olingan pul fondlari, o‗z navbatida, yana xarajat
qilinadi, yani yangi ishlab chiqarish jarayoni uchun yangi ishlab chiqarish
vositalari sotib olinadi, ish haqi to‗lanadi va boshqa xarajatlarga sarflanadi.
SHunday qilib, aylanma mablag‗larning aylanishi qaytaqayta takrorlanaveradi va
fondlarning doiraviy aylanishi vujudga keladi.
Fondlarning har bir individual doiraviy aylanishi ijtimoiy takror ishlab
chiqarishning bir qismi sifatida boshqa doiraviy aylanishlar bilan uzviy
bog‗langan.
Ma‘lumki, 1-bosqich korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot 2- bosqich
korxonalari va noishlab chiqarish sohasi tomonidan iste‘mol qilinadi. O‗z
navbatida, 2-bosqich mahsuloti nafaqat o‗z iste‘molchilari ehtiyojini, shuningdek,
1-bosqich istemolchilarining ham ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi.
Bularning hammasi aylanma fondlarining doiraviy aylanishi uzluksizligidan
va fondlarning individual aylanishlari o‗rtasida uzviy bog‗liqlik mavjudligidan
dalolat beradi.
Asosiy fondlar qiymati harakati jarayonida resurslarni ishlab chiqarishdan
bo‗shatilishi ko‗zga tashlanadi. Ma‘lumki, ishlab chiqarish vositalari ishlab
chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va ularning qiymati tovar
mahsuloti qiymatiga astasekin o‗tib boradi. Asosiy fondlarning astasekin eskirish
qiymati o‗z o‗lchami bo‗yicha korxonaning yangi vositalar sotib olish hajmini
ta‘minlay olmaydi.
Fondlarning aylanishida asosiy fondlarning o‗zgaruvchan harakati ro‗y
beradi. Shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, bunda ba‘zi korxonalarda bo‗sh pul
mablag‗lari to‗planib qoladi, boshqalarida esa katta xarajatlarga ehtiyoj tufayli
mablag‗lar etishmovchiligi yuzaga keladi.
Xuddi shunday vaziyat aylanma fondlari harakatida ham vujudga keladi. Bu
erda ularning uzluksiz aylanishidagi tebranishlar yanada xilmaxildir. Dastavval bu
tebranishlar ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish davri
bilan mahsulotni sotish vaqti birbiriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi.
Mablag‗lar harakatidagi tebranishlar tovar mahsulotini jo‗natish bilan
bog‗liq xarajatlar tufayli ham vujudga keladi. Ma‘lumki, mahsulotni jo‗natish vaqti
bilan uni sotishdan olinadigan tushumning korxona hisob raqamiga kelib tushish
vaqti ko‗p hollarda to‗g‗ri kelmaydi. Bu hol turlicha sabablar tufayli yuzaga kelishi
mumkin. Masalan, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona bilan uni iste‘mol qiluvchi
korxona birbiridan muayyan masofada joylashganligi, mol sotib oluvchi korxonaning
ayni vaqtda tovar va xizmatlarga to‗lash uchun hisobkitob raqamlarida pul
mablag‗larining etarli emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqadi.
Fondlarning doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish
vaqti bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga
keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo‗lishi tabiiy
holga aylanadi. Bu munosabatlar mablag‗larning vaqtincha bekor turib qolishi
bilan bu mablag‗larga bo‗lgan ehtiyoj o‗rtasidagi qaramaqarshilikni bartaraf etadi.
Bunday munosabatlar odatda, kredit munosabatlar deb yuritiladi va kredit
munosabatlar asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‗lgan kredit tushunchasi
yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‗sh qolgan
mablag‗larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: