` MUNDARIJA
Kirish........................................................................................................................2
I BOB. Yorug’lik haqida umumiy tushunchalar……………………………….4
1.1 Yorug’lik haqida tushuncha......................................................................4
1.2 Yorug’likning qutblanishi……………………………………………...12
1.3 Malyus qonuni……………………………………………………….13
II BOB. Yorug’lik haqida qonunlar……………………………………………15
2.1. Geometrik optika qonunlari.Yorug’likning sinishi va qaytishi..............15
2.1 Yorug’lik dispersiyasi.............................................................................21
Xulosa.....................................................................................................................26
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................27
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning amalga oshirilayotganligi munosabati bilan umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi fizika ta’limi mazmunining yangilanishi, ularning yangi laboratoriya sinflari, yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanishi, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish fizika o’qituvchilariga alohida mas’uliyat yuklamoqda. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini yanada rivojlantirish uchun quyidagi talablar belgilab berilgan:
-akademik litsey, kasb-hunar maktablari va texnikumlar faoliyat ko`rsatishining normativ ba’zalarini ishlab chiqish va joriy etish;
-soha uchun oliy ta`lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
-o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- o`rta maxsus, kasb –hunar ta`limi o`quv muassasalari uchun ta`lim va kasb-hunar dasturlari, o`quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
-akademik litseylarning o`quvchilari mehnat faoliyati ko`nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish;
-kasb–hunar maktablarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan kasb- hunar, malaka talablarining ro`yxatini ishlab chiqish;
-akademik litseylar, kasb-hunar maktablari va texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Yuqorida sanab o`tilgan talablarning bajarilishi ta’lim tizimimizning o`rta bosqichida sezilarli darajada o`zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo`ladi, desak adashmagan bo`lamiz. Shuni ham ta’kidlab o`tish lozimki, biz oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalardan yuqori saviyani talab qilar ekanmiz, avvalo, ta’limning quyi va o`rta bosqichlariga yetarli darajada e’tibor berishimiz kerak. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida, akademik litseylarda, boringki, kasb – hunar maktablari va texnikumlarda berilayotgan ta’lim – tarbiya o`z faoliyatini professional ta’limda davom ettirmoqchi bo`lgan har bir o`quvchi uchun yetarli darajada bo`lsin, ya’ni maktab, akademik litsey, kasb – hunar ta’limi o`quvchilari uchun tuzilgan darsliklarda berilgan ma’lumotlar o`z navbatida oliy ta’limda mantiqiy izchillikda davom etsin. Aytmoqchimizki, ta’limning quyi va o`rta bo`g`inlarida berilayotgan bilimlar oliy bo`g`in uchun mos bo`lsin. Ana shunday bilimlardan biri fizika fanining yorug`lik hodisalariga oid bo`limida o`rganiluvchi “Yorug`likning to`lqin – zarra dualizmi” mavzusida o`z aksini topgan. Bu mavzuga doir ma’lumotlarni berish orqali biz o`quvchilar tasavvurida olamning yanada kengroq manzarasini yaratishimiz mumkin. Biz quyida ushbu mavzuni imkon darajasida batafsilroq yoritishga va iloji boricha ilmiy – ommabop tarzda yozishga harakat qildik. Zero, kurs ishimiz bilan tanishib chiqqan oddiy maktab o`quvchisi ham berilgan ma’lumotlarga tushuna olsin va o`zi uchun yangi bilimlarni kashf etsin.
Kurs ishi maqsadi. “Yorug’lik hodisalari” mavzusi va unga oid ma’lumotlarni yig`ish, o`rganish va tahlil qilish.
Kurs ishi obyekti. “Yorug’lik hodisalari”bo’limining strukturasi ,mazmuni va fizik tushunchalarini shakillantirish metodikasi
Kurs ishi predmeti. “Yorug’lik hodisalari”bo’limining strukturasi ,mazmuni va fizik tushunchalarini shakillantirish metodikasi mavzusini o’qitish usullari va metodlaridan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |