“ Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti” 5141900 «Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat»



Download 315 Kb.
bet26/27
Sana04.04.2022
Hajmi315 Kb.
#528570
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti

BOB BO`YICHA XULOSA

O`zbekiston mustaqilligi davrida aholining sihat-salomatligini yaxshilash, ayniqsa sog`lom ona-sog`lom bola shioriga amal qilish yo`lida beqiyos ko`p va ulkan tadbirlar olib borilayotganligi e`tibor hamda olqishlarga sazovordir. Bu yo`lda Respublika Prezidenti I.A.Karimovning chuqur ma`noli va keng qamrovli mulohazalari eng yuksak darajadagi omildir.


E`tirof etish lozimki, faqat shahar joylaridagina emas, hatto uzoq qishloqlarda ham bolalar bog`chalari talab darajasida sharoitlariga ega bo`lmoqda. Bunda bolalar yoshiga (guruh) qarab jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar va sport turlarining qismlari (elementlar) maqsadli tashkil etilmoqda. Bunda maxsus ishlab chiqilgan "Jismoniy tarbiya" dasturlaridan unumli foydalanilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya muassasalari uchun "Jismoniy tarbiya" dasturlari va uslubiy qo`llanmalar hamda tavsiyanomalarni ishlab chiqish, nashrdan chiqarishda atoqli olimlar K.M.Maxkamjonov, X.A.Meliev, X.Tulenova kabilarning xizmatlari kattadir.
Harakatli o`yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarii hisobga olishi hamda jismoniy mashqlarni mos ravishda belgilay olishi kerak.
Hozirgi texnika taraqqiyoti yuksalgan davrda bolalarning harakatga bo`lgan talabi uncha katta emas. Shuning uchun ham so`ngi paytlarda matbuot hamda televidenie orqali tibbiyot hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari gipodinamiya, ya`ni jismo-niy mashqlar, jismoniy mehnat, faol harakatning insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borayotganligi haqida tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa navbatida, asrimizga xos yurak-tomir xastaliklarining yildan-yilga ortishiga sababchi bo`lmoqda.
Harakat faolligining kamayishi, bog`cha yoshidagi bolalar uchun, ayniqsa xavflidir. Shuning uchun ham har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni jismoniy tarbiya tizimining eng boshlang`ich pag`onasi-maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasidan boshlash kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayot tarziga nazar tashlasak, bog`chada bolalar ko`p vaqtlarini rasm chizish, qo`l mehnati bo`yicha vazifalarni bajarishga turli ertak va hikoyalar tinglash, televizoр ko`rish, o`tirib o`yinchoqlar o`ynashga sarf qiladilar. Natijada harakat faolligi kamayadi va yuqorida aytib o`tilgan kasalliklar yuzaga keladi.


XULOSA

Yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va ta`lim berish O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilab berilgan.


Maktabgacha ta`lim yoshida bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning asab tizimi, suyak muskul sisitemalari jadal shakllanadi. Nafas olish organlari takomillashadi. Ana shu davrda sog`-salomatlik va to`laqonli jismoniy va ma`naviy kamolot uchun zamin yaratiladi. "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko`rsatilgan asosiy maqsad ham shu bo`lib hisoblanadi. Maqsadga qaratilgan jismoniy tarbiya kichkintoylarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ularning tabiiy atrofdagi narsa va xodisalar haqidagi bilimlari oshadi, joyni va vaqtni bilishi takomillashadi, xarakter xususiyatining ijobiy hislatlari tarkib topadi.
Chaqaloq dunyoga kelgach doimiy parvarishga ehtiyoj sezadi. Bolaning hayoti butunlay kattalarga bog`liq bo`ladi, ular bolaning sog`ligini saqlash va mustahkamlash mukammal jismoniy rivojlanish to`g`risida g`amxo`rlik qiladilar. Oqilona tashkil etilgan kun tartibi zaruriy gigiena qoidalarini bajarish, harakat jadalligi bolaning kayfiyatiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Bola sog`lom bo`lsa yaxshi uxlaydi, uning ishtahasi xam yaxshi bo`ladi.
Jismoniy tarbiyaning muhim vazifasi bola organizmini chiniqtirishdir. Chiniqtirish yo`li bilan bolalarning sog`ligini mustahkamlash ularning shamollashga va yuqumli kasalliklarga qarshilik ko`rsatish qobiliyatini oshiradi. Temperaturaning o`zgarishi va ob-havoning turli haroratlariga moslashish qobiliyatini oshirаdi.
Yuqoridagi mavzuni olishga kuzatishlar va olib borilgan suhbatlardan shu narsa ma`lum bo`ldiki bolalar bog`chasida harakatli o`yinlar kam o`ynatiladi. Shu sababli muammoni o`rganib chiqishga, yutuqlarni aniqlashga va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar kilish kerakligini o`rganib chiqish, muammoni yechimini topishga harakat qildim.
Anketa-savolnoma tuzib bu borada tarbiyachilarning fikr va mulohazalarini aniqlashga harakat qildim.
So`rovnamani Buxoro shahridagi 27, 28, 67, 85 sonli maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyachilari o`rtasida o`tkazdik. Bu ishda bizga Buxoro shahar hokimligi, xalq ta`limi bo`limi maktabgacha ta`lim mutaxassislari yaqindan yordam berdi. Jami bo`lib anketa-so`rovnamada 60 tarbiyachi qatnashdi.Tarbiyachilarning fikr va mulaxazalarini umumlashtirib quyidagi takliflarni kiritishni lozim o`ylaymiz:
1. Maktabgacha ta`lim muassasalari mutaxassislariga sport turlari bilan shug`ullanish uchun sharoiт yaratib, ularga amaliy-uslubiy yordam berish. Bu ishda etakchi mutaxassislarni jalb qilish, ya`ni sport bilan doimiy shug`ullanib kelayotgan tarbiyachilar, bolalar va o`smirlar sport maktablari mutaxassislari, umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan sportchi-o`qituvchilar, BuxDu jismoniy tarbiya fakulteti professor-o`qituvchilari.
2. Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilar vaa ota-onalar o`rtasida sport bo`yicha targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borish, ya`ni faxriy sportchilar, xalqaro musobaqa g`oliblari, respublika chempionlari, yetakchi sportchilar bilan suxbatlar va uchrashuvlar tashkil qilib o`tkazish.
3.Maktabgacha ta`lim muassasalari rahbariyati va yuqori tashkilotlardan tarbiyachilarga amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida suhbatlar, disputlar, ochiq mashg`ulotlar, ko`rgazmali chiqishlarni tashkil qilib o`tkazish. Bu ishda viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan boy tajriba ega bo`lgan yetakchi-mutaxassislarni va uslubshunoslarni jalb qilish.
4. Tarbiyachilar o`rtasida hozirgi kun talabiga javob beradigan dasturlar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, yangi adabiyotlarni tushuntirish borasida seminarlar tashkil qilib o`tkazish
5. Tarbiyachilarning fikrini inobatga olgan holda dasturga suvda, qumda, musiqa ohangida va predmet bilan o`ynaladigan harakatli o`yinlarni kiritish uchun viloyat va respublikada faoliyat ko`rsatayotgan yetakchi mutaxassislarni shu masalani o`rganib chiqish va shu asosda dasturga o`zgartirish kiritish yoki dastur tuzishga jalb qilish.
7.Maktabgacha ta`lim muassasalarida ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlab beruvchi oliy o`quv yurtlari, akademik-litseylar, kasb-xunar kollejlarida o`quv rejasidagi harakatli o`yinlarga ajratilgan soatlar sonini ko`paytirish.



Download 315 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish