Sterjen ustuvorligini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan chegaraviy kuchlanish σkr kattaligi sterjen materiali va geometrik o‘lchamlariga bog‘liq ekanligini aniqladik. Ustuvorlikka hisoblashda, ruxsat etilgan kuchlanishdagi kabi ehtiyot koeffitsienti kiritiladi. Mustahkamlikka nisbatan ustuvorlikdagi ehtiyot koeffitsienti kattaroq qiymatga ega, chunki bir qator tasodifiy kattaliklar – sterjen egriligi, markaziy bo‘lmagan yuk, tasodifiy yondan ta’sirlar kabi kattaliklarga bog‘liq bo‘ladi. Ustuvorlikdagi ruxsat etilgan kuchlanish [σy] mustahkamlikdagi
ruxsat etilgan kuchlanish bilan quyidagicha bog‘langan