” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi fanidan



Download 4,88 Mb.
bet117/192
Sana09.07.2022
Hajmi4,88 Mb.
#763936
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   192
Bog'liq
OTOM 4-semestr yangi majmua 2021

MASHG`ULOT MAZMUNI:
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:


ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.Q.Abdullayеva va boshqalar. Savod o`rgatish.,T.,1996


2. Y.Abdullayеv .Hamrohim.,T, 1997.
3. Y.Abdullayеv. Sovg`a.T., 1998.
4. Y.Abdullaеv, Sh.Yo`ldoshеva. Yangi alifbo va imlo.T, 2000.
5. Husnixat daftari. 1-4-sinf uchun.T., 2017
6. G’ulomov M. Husnixat. T., O’qituvchi. 2016 yil


8-AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: Badiiy asarni tahlil qilish, tahlilning adabiy-badiiy asoslari. Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlarni tahlil qilish.
Dars mеtodi: tizimli tahlil mеtod, analitik-sintetik mеtod, suhbat metodi, aqliy hujum.


Dars jihozi: ko`rgazma, tarqatma, savoli kartochkalar, darsliklarlar, metodichkalar.


MASHG`ULOT RЕJASI:

  1. Badiiy asarning tahlil qilish, tahlil qilishning adabiy-badiiy asoslari.

  2. Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlar.

  3. Badiiy asarlarning janriy xususiyatlarini boshlang`ich sinflarda inobatga olish.



MASHG`ULOT MAZMUNI:
Bilish omillaridan biri bo‘lgan idrok kichik yoshdagi bolalarda o‘z xususiyatiga ko‘ra aniqligi, tozaligi, ravonligi va o‘tkirligi bilan boshqalardan keskin farqlanar ekan. Ular bir narsaga berilib, sinchkovlik bilan o‘rganishga intilishlari bois idrokning muhim jihatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Demak, ularning idroki maqsad uchun xizmat qiladigan istiqbolli faoliyat darajasiga ko‘tariladi. Bunday paytda o‘qituvchi uni omilkorlik bilan boshqarib, manbalarning muhim va nomuhim belgilarini ajratishni, diqqatni jamlash va taqsimlashni, materiallarni rejali va tartibli tahlil qilishni o‘rgatadi. Ta’lim jarayonida o‘quv materiallarini yaxlit anglash uchun uni ongli ravishda idrok qilish, ya’ni:

  • analiz va sintez;

  • qiyoslash;

  • umumlashtirish;

  • xulosa chiqarish kabi fikriy mezonlardan samarali foydalanish lozim bo‘ladi.

Agar shu mezonlarni badiiy asar tahliliga tatbiq etilsa, uslu- biyotchilar tomonidan ishlangan yo‘riqnomalarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim «O‘qish kitobi»da o‘rganiladigan badiiy asarlar quyidagi metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:

  1. Asar mazmunini tahlil qilish jarayoni bilan namunali o‘qish malakalarini shakllantirish ayni bir paytda olib boriladi. O‘qituvchi- larning matn mazmunini tushunishga doir bergan topshirig‘i o‘qish malakalarini takomillashtirishga ham daxldor bo‘ladi. Binobarin, Alibek Rustamovning «Bayroq nima?» (3-sinf) asarini o‘rganishda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ida nimalar mav- judligini so‘zlab bering» topshirig‘i asar mazmunini yoritadigan savollarga javob topishni talab etadi, ya’ni:

Savol: Millat uchun eng muhimi qaysi bayroq?
Javob: Davlat bayrog‘i.
Savol: U nimani bildiradi?
Javob: Xalqning mustaqilligini va xalqaro hurmatga ega ekanligini bildiradi.
Savol: Nima uchun Davlat bayrog‘i hurmat qilinadi?
Javob: Davlat bayrog‘i muqaddas hisoblanadi. U e’zozlanib asraladi va behurmat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Savol: Bayroq nimadan tayyorlanadi?
Javob: Bayroq gazmol parchasidan tayyorlanadi.
Savol-javobga tayyorlanish jarayonida o‘quvchilar matnni to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish bilan tushuntiradilar.

  1. Asarning g‘oyaviy mazmunini, uning timsollarini, sujeti va kompozitsiyasini, badiiy-tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quv- chi shaxsining kamol topishiga xizmat qiladi hamda uning bog‘la- nishli nutqini o‘stiradi. Chunonchi, «Asotirlar va rivoyatlar» kitobidan keltirilgan «Til qudrati» mavzusini (3-sinf) tahlil qilib, asarda til millatning asosiy boyligi, unda Vatan yashaydi, degan g‘oyani o‘quvchilarga yetkazish uchun to‘rt timsol (oqil odamning qizi, ikki farishta va donishmand) ishtirokidagi voqea bayoni ixcham sujet asosida yoritiladi. Asar tuguni ikki oshiq farishtaga ma’shuqa qizning ushbu aytgan gaplarida namoyon bo‘ladi: «Men yurt farzandi bo‘ladigan o‘g‘ilga ona bo‘lishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman».

Shu yerda muammoli savol tug‘iladi: «Qizning istagi nima edi?» Albatta, ma’naviyatning muhim tomonini o‘quvchiga anglatish, ya’ni ikkinchi farishta niyati bilan asoslashki, buni matn o‘qiganda his qilish oson kechadi: «Avloddan meros qoladigan asosiy boy- lik — til. Ona tili bor ekan —Vatan bor! Men o‘g‘limni tilga xiyonat qilmaslikka o‘rgataman»... Bu fikrni donishmand ma’qullaydi, ikkinchi farishta otalikka loyiq, deb topiladi. Asar yechimi o‘quv- chida mushohada uyg‘otadi, unga til qudratining yuksak mas’uliyatini yuklaydi.

  1. Asar mazmunini ongli idrok etish va tahlil qilishning zaruriy sharti — o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanishdir. Hayotiy tajriba deyilganda ikki narsa tushuniladi:

  1. shaxsning o‘zi ko‘rgan, bilgan, eshitgan narsalariga asosla- nishi;

  2. o‘qilgan manbadagi detalning hayotdagi muqobilini topa bilish, mavhumiyatini aql bilan tanish.

Masalan, «Odamlar orasini buzadigan chaqimchilikdan saqlaninglar» (3-sinf) deyilgan hadisning mazmunini anglashda, chaqimchilik yomon xususiyat ekanligini idrok etish va uning zara- rini o‘ziga yuqtirmaslik hissi o‘quvchilarda mavhumiyatni aql bilan tanishdagi hayotiy tajribasidir.

  1. Badiiy asar tahlilida o‘quvchilarning bilish istagini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish zarurati inobatga olinadi. «O‘qish kitobi» (3-sinf)dagi «Koinotga sayohat» nomli ikki qismli sarguzasht-ertakda (A. Umarov asari) Jahongir va Javlonning (aka- uka) sayyoralar sir-asroriga qiziqib, Jasur va Javdat ismli do‘stlari bilan birgalikda uchar ot — raketa yasab, uni «Istiqlol» deb nomlashgani bayon qilinadi. Aka-uka koinotga parvoz qilib, Yerdagi do‘stlariga qiziqarli xabarlar yo‘llashadi. Axborot oluvchi Javdat Yerni sharga o‘xshatilganini eshitib, bobomiz Abu Rayhon Beruniy to‘g‘risida kitobda o‘qiganlarini efirga jo‘natadi, ya’ni:

  • bobomiz Yerning sharga o‘xshashligini birinchi bo‘lib o‘rgan- ganlar;

  • Yerning dastlabki modeli — globusni yaratganlar;

  • Yerning yurtimizga qarama-qarshi tomonida ham quruqlik borligini — Amerikani Kolumbdan besh yuz yil avval kashf qilganlar.

Bundan tashqari, Jasurning: «Sizlar quyosh atrofida Yerdan boshqa yana sakkiz sayyora aylanishini bilasizmi?» savoliga Javdat javob beradi: «Ha, albatta. Bular — Merkuriy (Utorid), Venera (Zuhra), Mars (Mirrix), Yupiter (Mushtariy), Saturn, Uran, Neptun va Pluton sayyoralaridir».
Ko‘rinib turibdiki, bu ertak o‘quvchilarning atrof-muhit haqi­dagi bilimlarini yuzaga chiqarish bilan birga, ularda ilmiy dunyo- qarash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam bermoqda.
Asarni tahlil qilishda o‘qituvchining diqqat markazida turadigan omillardan yana bin — o‘rganilayotgan matnning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan emotsional ta’siridir. Agar asar voqealar bayoni hisobiga qiziq bo‘lsa-yu, undan muallifning ko‘targan hayotiy masalaga nisbatan hayajoni sezilmasa, o‘quvchining axloqiy- ma’naviy dunyosini boyitolmaydi. Aslida esa asar tahlilidan maqsad o‘quvchida fikr qo‘zg‘atish, uning hayotiy tajribasi muallif qayd etgan faktlarga yoki ichki tuyg‘ular aks ettirgan qalb manzaralariga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir.
Tahlil davomida asarning g‘oyaviy mazmunini yoritadigan obrazlilikka, badiiy nafosatga, tarbiyaviy-estetik qimmatga ahamiyat bermoqlik muhim. O‘qituvchi bola ruhiyatini to‘g‘ri anglagan me’mor sifatida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning iqtidoriga mos keladigan usul tanlab, interaktiv — o‘zaro hamkorlikdagi pedagogik texnologiya asosida darsni tashkillashtirishi maqsadga muvofiqdir.
Mashg`ulot davomida talabalarga mavzu yuzasidan aqliy hujum uyushtiriladi. Ulardan badiiy asar haqida tushuncha so`raladi. Badiiy asarning jozibasini his qilish uchun hissiy ta`sirchanlik omillari sharxlanadi.
Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni soddalashtirilgan tahlili yuzasidan talabalarga amaliy topshiriqlar beriladi. Berilgan topshiriqlar tekshirilgandan so`ng ularni yanada boyitishga diqqat qaratiladi.
Badiiy asarni tahlil qilishdagi ruhiy holatlarga qanday diqqat qaratish kerakligi va nimalarga e`tiborni tortish zarurligi qayta eslanadi va nazariy bilimlar amaliy boyitiladi.



Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish