” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi fanidan


Ona tili o‘qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari



Download 4,88 Mb.
bet3/192
Sana09.07.2022
Hajmi4,88 Mb.
#763936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
OTOM 4-semestr yangi majmua 2021

Ona tili o‘qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari
Ona tili o‘qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir.
Ona tili o‘qitish metodikasining bosh vazifasi o‘quvchilarning o‘zbek tili lug‘at boyligini to‘liq o‘zlashtirib olishlarini ta’minlashdir.
Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o‘rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir. Tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi roli uzluksiz ortib boradi.
Til borliqni oqilona , mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari va formalari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog‘lash amalga oshiriladi.
Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog‘lanadi. Fikr nutqda shakllanadi va reallashadi. Tilni egallash va nutq o‘stirish bilan o‘quvchining fikrlash qobiliyati ham o‘sadi.
Turkiy filоlоgiya, хususаn, turkiy tilshunоslikning Rоssiyadаgi tаrаqqiyоti hаqidа bir qаnchа аsаrlаr yarаtildi. Bu аsаrlаr оrаsidа аkаd. А.N.Kоnоnоvning «Istоriya izuchеniya tyurskiх yazqkоv v Rоssii. Dо оktyabrskiy реriоd» nоmli аsаri о’zining mukаmmаlligi, fаktlаrgа bоyligi bilаn аjrаlib turаdi. Bu аsаrdа turkiy tillаrning Rоssiyadа о’rgаnishning аsоsiy bоsqichlаri, turkiy filоlоgiyaning еtаkchi mаktаblаri, turkiy tillаrni о’rgаnish jаmiyatlаri vа bu jаmiyatlаr а’zоlаrinin ilmiy fаоliyati аtrоflichа yоritilаdi.1
Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi.
Metodik fan sifatida ona tili o‘qitish metodikasi boshlag‘ich ta’lim standarti belgilab bergan vazifalarini amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga , erkin fikrlay olishi, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish metod va usullarini ishlab chiqadi.
Bilish nazariyasiga ko‘ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida, yana og‘zaki va yozma tarzidagi nutqiy aloqaga , to‘g‘ri yozuv va to‘g‘ri talaffuzga o‘tiladi. O‘quvchilar jonli nutqiy aloqaga to‘g‘ri talaffuz va to‘g‘ri yozuvni elementar nazariy ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar. Ular til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar. o‘rgangan, o‘zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tadbiq etadilar.
Maktabda ona tili o‘qitish metodikasining bunday yo‘nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi.
Ta’lim sohasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi.
Mazkur ta’lim tamoyillari, ya’ni;
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar , demokratik xarakterda ekanligi;
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
-umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi ;
- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
kabilar boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish metodikasining vazifalarini belgilab, aniqlashtirib beriladi.
Boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik , bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirib beradi.
O‘z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va shu asosida yaratilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» buning yorqin dalilidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimni yaratishdir.
«Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va milliy axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tamonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi».
Ona tili o‘qitish metodikasi ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limning bir bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi.Ta’limning bu bosqichida ta’limning yangicha tizimini va mazmunini shakllantirish uchun ham quyidagilar zarur:
-o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish:
-ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash.
1.Milliy dasturda ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish bo‘yicha quyidagi ko‘rsatmalar boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi oldidagi turgan dolzarb vazifadir: ”Zamonaviy axborot texnologiyalari” , kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televediniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi”.
2.«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Komissiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi. Bu vazifalar uzluksiz ta’limning boshlang‘ich ta’lim bosqichiga ham taalluqlidir. Ular quyidagilar:
- uzluksiz ta’limning tegishli turlari uchun davlat ta’lim standartlariga qo‘yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;
- umumiy o‘rta ta’lim uchun davlat ta’lim standartlarini va boshqa zarur normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- ta’lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash , bu ishga yirik olimlar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
- ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va
rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog‘lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash.
O‘zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan va uni rivojlanishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug’bek va boshqa ko‘plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma’rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to‘siqlar bo‘lmasin o‘z farzandlarini savodli bo‘lishini orzu qilganlar. Farzandlarini yoshligidanoq maktabga o‘qishga berganlar. Maktabdor domlalar o‘z usullari va tajribalariga asoslanib bolalarga saboq berganlar. Demak, O‘zbekistonda o‘qitishning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechgani yo’q. Ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo’l qo‘yilgan. Chunonchi, 20-yillarda maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo’l qo‘yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o’rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko‘nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi.
Savod o‘rgatishda yaxlit so‘z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlarni ta’minlamadi, puxta, to‘gri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi. Keyinchalik 1931 yil 5 - sentabr «Boshlang’ich va o‘rta maktab haqidagi, 25- avgust 1932 - yil «Boshlang’ich va o‘rta maktab o‘quv dasturlari rejimi haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo’l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o‘quv mashg’ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o‘qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o‘rgatishda analitik—sintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil o‘rgatishga, o‘quvchilarning har tomonlama savodli bo‘lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat berila boshlandi. O‘quvchilar va o‘qituvchining o‘quv mehnatni tashkil etishning asosiy shakli bo‘lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi.
50-90- yillar mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasida anchagina qo‘llanmalar yaratildi. Bu yillar mobaynida ona tili o‘qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o‘qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi. O‘zbek tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o‘zlashtirish jarayoniga va metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam berdi. Xuddi shuningdek, bu fanning rivojlanishiga o‘quvchilarning ommaviy ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davrdagi jurnallarda o‘nlab metodik maqolalar bosilib chiqdi.
1955 - yildan boshlab pedagogika institutlari boshida boshlangich ta’lim o‘qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila boshlandi. Bu ham ona tili o‘qitish metodikasining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni boshlangich sinf o‘qituvchilarining umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi o‘sadi. Institut qoshidagi kafedralarda ishlovchi ilmiy xodimlar metodik masalalarni chuqur, ilmiy asosda hal qilishga yordam beradilar.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ona tili o‘qitishga katta ahamiyat berila boshladi. Bunda 1989 - yil 21 - oktyabrda «O‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi haqidagi qaror» aloxida rol o‘ynaydi.
Ta’lim sohasidagi bu o‘zgarishlar ona tili o‘qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko‘plari ommaviy maktablarda amalga oshirilmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov davrida, birinchidan, o‘quvchiga, uning darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi o‘quv mehnatiga, u duch kelayotgan qiyinchiliklarga, uning ko‘nikma malakalarini va risvojlanish qonuniyatlarini o‘rganish metodikasiga ko‘proq ahamiyat berilmoqda, o‘qituvchi va o‘quvchi mehnati haqidagi fanga aylantirilmoqda.
Ikkinchidan, ta’lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mustaqilligini va o‘quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda. Uchinchidan, mavjud ta’lim tizimidagi tekshirishlar bilan bir qatorda o‘qitishning istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish maqsadida ham tekshirishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, fan sifatida ona tili o‘qitish metodikasining o‘z predmeti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo‘lib, bir qator fanlar o‘rtasida uning ma’lum o‘rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelab chiqadi.
K.D-Ushinskiy boshlanig’ich maktab o‘quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblaydi. «Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona tili bolaga ko‘p narsani o‘rgatadi, ….Bola ikki – uch yil ichida shuncha ko‘p narsa o‘rganadiki, ko‘p narsa bilib oladiki, 20 yil kuni bilan metodik jixatdan juda to‘g’ri o‘qiganda ham uning yarmicha o‘rgana olmaydi. Ona tilini ulug’ pedagogligi ham ana shundadir», deydi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Ona tili - nutq: o‘qish va yozish sohasidagi ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o‘z ona tilini o‘rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlikning , aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak , ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida rol o‘ynaydi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi hislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlangich sinfda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish