Fossa pterygopalatina devorlari:
oldingi – tuber maxilla
orqa – processus pterygoideus
yuqori – ala major os sphenoidalis
medial – processus perpendicularis os palatina
lateral – m.pterygoideus medialis
Qizilo‘ngach qanday qilib qorin bo‘shlig‘iga kiradi?:
Diafragmaning o‘ng va chap oyoqlar o‘rtasida
Perforativ appenditsitda yiring tarqalish yo‘nalishini qanday sodir bo‘ladi?:
O‘ng bo‘ylama kanal orqali
Perforativ appenditsitda yiring odatda qay yerga tarqaladi?:
O‘ng jigar xaltasiga
Jigar xaltasiga
Lateral va medial ravoqsimon boylamlar nima hisobiga shakllangan?:
Kvadrat va bel fassiyalari
Churra darvozasi yonidan o‘tgan qaysi qon tomir «o‘lim toji» deb ataladi?:
Pastki qorin usti arteriyasining yopqich tarmog‘i
Qaysi churrani operativ davolash jarayonida jarroh «o‘lim tojiga» duch kelishi mumkin?:
Qisilgan son churrasida
Moyakning tushish jarayoni homila rivojlanishining qaysi oyidan boshlanadi?:
Homilalik hayotning 3–oyi oxiridan boshlab
Chov kanalining tashqi teshigidan qaysi nervlar chiqadi?:
N. ilioinguinalis et ramus genitalis n.genitofemoralis
O‘n ikki barmoq ichakning qaysi qismi orqasidan darvoza venasi o‘tadi?:
Pars superior orqasidan
Charvi xaltasining oldingi devori nima hisobiga hosil bo‘ladi?:
Kichik charvi, oshqozonning orqa devori va oshqozon–ichak boylami
Taloq arteriyasi qayerdan o‘tadi?:
Oshqozon osti bezining yuqori cheti bo‘ylab
O‘ng tutqich sinusi nimalar bilan chegaralangan?:
Yuqorida ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichi bilan
O‘ng tomonda ko‘tariluvchi chambar ichak bilan
Chapdan va pastdan ingichka ichak tutqichining ildizi bilan
Bel (Pti) uchburchagi chegaralarini va tubini aniqlang.:
Pastda – crista iliaca, medial tomonda – m.latissimus dorsi, lateral tomonda – m.obliqus abdominis externus; tubi – m.obliqus abdominis internus
Qorin parda orti kletchatka bo‘shlig‘ining yallig‘lanishida yiringli-yallig‘lanish jarayoni qaysi joylarga tarqalishi mumkin?:
To‘g‘ri ichak orti bo‘shlig‘iga
Diafragma osti kletchatkasiga
Qarama-qarshi tomonga
Qorin bo‘shlig‘i tomonidan o‘ng buyrakka yaqin joylashgan tuzilmalarni aniqlang:
Jigar va o‘n ikki barmoq ichakning pastki qismi
Ko‘tariluvchi yo‘g‘on ichak
Qorin bo‘shlig‘i tomonidan chap buyrakka yaqin joylashadi:
Oshqozon, oshqozon osti bezining dumi
Taloq, yo‘g‘on ichakning chap egriligi va chap yonbosh kanalning pariyetal qorin pardasi
Ureterning qorin old-yon devoridagi golotopiyasi?:
Qorin to‘g‘ri mushagining tashqi chetida aniqlanadi
Qorin aortasining oldida nimalar joylashgan?:
Oshqozon osti bezi
O‘ng buyrak venasi
Ingichka ichak tutqichining ildizi
Chap buyrak venasi
Siydik-tanosil diafragmasi nimalar hisobiga hosil bo‘ladi?:
Ikkita fassial varaqlar va oraliqning chuqur ko‘ndalang mushagi
To‘g‘ri ichak-pufak to‘sig‘i oldida tos bo‘shlig‘ida nima joylashgan (erkaklarda)?:
Siydik pufagi, prostata, urug‘ pufakchalari va urug‘ chiqarish yo‘llarining ampulalari
Ayollar chanoq bo‘shlig‘ida to‘g‘ri ichak-bachadon to‘sig‘idan orqada nima joylashgan?:
To‘g‘ri ichak
Qo‘ymich-to‘g‘ri ichak chuqurchasining chegaralarini aniqlang:
Oldinda – oraliqning yuza ko‘ndalang mushagi
Ichkarida – orqa chiqaruv teshigini ko‘taruvchi mushak
Orqada – katta dumba mushagi
Tashqarida – o‘tirg‘ich suyagi do‘mboqlari va ichki yopqich mushak
Spina bifida nima?:
Orqa miya kanalining bitmaganligi
Oshqozonning o‘ng arteriyasi qayerdan boshlanadi?:
Xususiy jigar arteriyasidan
Taloq arteriyasidan qanday tomirlar ajralib chiqadi?:
Chap me’da-charvi arteriyasi va oshqozonning kalta arteriyalari
Qorin old devorining orqa yuzasida lateral chuqurcha medial chuqurchadan nima bilan ajratilgan?:
Lateral kindik burmasi bilan
Kindik arteriyasi bilan
Darvoza venasi qayerda shakllanadi?:
Qorin parda orti bo‘shlig‘ida
Oshqozon osti bezi boshchasining orqasida
Oshqozon osti bezining orqa yuzasiga qanday tomirlar yondashib joylashgan?:
Yuqori tutqich arteriyasi, taloq va pastki tutqich venalari
Darvoza venasi
Yuqori tutqich arteriyasi va aorta
Belning to‘rtburchagi (Lesgaft–Gryunfeld to‘rtburchagi) orqali nimalar o‘tadi?:
Qovurg‘a osti arteriyasi, venasi va nervi
Varikotsele sababli bajariladigan Palomo operatsiyasida qaysi tomirlar bog‘lanadi?:
Moyak arteriyasi va venasi
Do'stlaringiz bilan baham: |